Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b


Download 4.27 Mb.
bet60/193
Sana03.11.2023
Hajmi4.27 Mb.
#1742191
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   193
Bog'liq
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)

Naflilik funksiyasi. Avstriya iqtisodchilar maktabi namoyondalari K.Menger, E.Bem-Baverk, F.Vizerlar birinchilar qatorida talab bilan narx, tovar zaxirasi va uning miqdori o`rtasidagi bog`liqlikni aniqlashga o`ringanlar. Aniqlanishicha, cheklangan resurslar sharoitida ularning hajmi narxiga ta′sir qiluvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ular ketma-ket iste′mol qilinadigan biror ne′matdan olinadigan nafning iste′molchi uchun kamayish xususiyati mavjudligi to`g`risidagi qonuniyatni aniqlashgan. Masalan, chanqagan inson bir stakan mineral suvni zo`r qoniqish bilan ichadi, ikkinchi stakan suv birinchi stakan suvga nisbatan kamroq, uchinchisi esa - ikkinchisiga nisbatan kamroq naf beradi. Bu holat toki oxirgi stakan suv beradigan naf nolga teng bo`lguncha davom etadi. Bunda umumiy naf (total utility) ortib boradi, lekin har bir keyingi stakan suvdan olinadigan qo`shimcha, ya′ni chekli naf (marjinal utility) kamayib boradi.
Iste′molchi harakatini aniqroq tahlil qilish uchun naflilik funksiyasidan foydalanamiz. Naflilik funksiyasi - iste′molchining iste′mol qiladigan ne′matlar hajmi bilan, uning ushbu ne′matlarni iste′mol qilish
natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi: TU f x1, x2 ,..., xn , bu

yerda TU- umumiy naflilik darajasi; x1 , x2 ,..., xn - 1, 2, ..., n - ne′matlar hajmi.


Naflilik nazariyasi ilgari surilgan davrda ko`pchilik iqtisodchilar ne′matlar narxini shakllanishi asosida ularning nafliligi yotadi degan fikrda bo`lishgan. Unga ko`ra ne′matning iste′molchi uchun nafliligi qancha yuqori bo`lsa, narxi shuncha qimmat va aksincha nafliligi qancha past bo`lsa, narxi ham shuncha arzon bo`ladi. Ammo naflilik nazariyasi tanqidchilari XVIII asrdayoq bu g`oyaga qarshi ―suv va olmos paradoksi‖ni ilgari surishgan. Unga ko`ra, barcha uchun hayoriy zaruriyat sanalgan suv - eng maksimal, hayot kechirish uchun unchalik zarur bo`lmagan olmos esa – minimal naflilikka ega. Shunga mos suvning narxi maksimal darajada qimmat va aksincha olmosning narxi minimal darajada arzon bo`lishi kerak. Ammo amaliyotda buning aksini ko`rish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ne′matlar narxi bilan naflilik o`rtasida bog`liqlik mavjud emas. Bu savolga to`g`ri javob keyinchalik naflilikning ikki darajasi, ya′ni umumiy va chekli naflilik farqlangan hamda narx bilan ne′matning zaxirasi o`rtasidagi bog`liqlik aniqlangandan so`ng topildi.
102
Hamma gap shundaki, suv zaxiralari tabiatda mo`l, olmos esa juda kam uchraydigan noyob va taqchil resurs sanaladi. Shunga mos suvning narxi arzon, olmosniki esa esa qimmat. Buni quyidagi rasmdan ham ko`rish mumkin (6.3-rasm).

P D P D S



Download 4.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling