Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b
Download 4.27 Mb.
|
Lim vаzirligi toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti b. T. Sаl-www.hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.5. Monopolistik mehnat bozori
- 17.14-rasm. Sof monopol mehnat bozorida monopolistning ish haqiga va bandlikka ta′siri
- Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya.
- 17.15-rasm. Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya
- 17.6. Ish haqi stavkalari differentsiasiyasi (tabaqalashuvi)
- Ish haqi, W, S
haqini We dan WN ga qisqartirishga erishadi. Shunday qilib, monopsonist bir vaqtning o`zida ham ishchilar sonini qisqartirib, ham ish haqini pasaytirib, o`z foydasini MCNWN to`rtburchak yuziga teng bo`lgan miqdorda oshiradi. 17.4. Minimal ish haqi Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o`rnatiladi. Ko`p hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o`rnatiladi. Bunday holda umumiy o`rtacha ish haqi oshadi, lekin ishchilarni ishga yollash soni qisqaradi. Minimal ish haqini o`rnatilishini va uni oshirilishini kasaba uyushmalari ham ko`pincha talab qilib chiqadilar. Minimal ish haqi ko`proq malakasiz ishchilar va ish topa olmagan ishchilarga salbiy ta′sir ko`rsatadi. Nima uchun deganda, malakali ishchilarga talab har doim mavjud bo`ladi, shu sababli ular minimal ish haqining oshishidan yutadilar. Umuman, minimal ish haqining ortishi, ish bilan band bo`lgan aholining yuqoriroq daromad olishini ta`minlaydi. Minimal ish haqi oshganda, mehnatga haq to`lashning barcha stavkalari qaytadan ko`rib chiqiladi va oshiriladi (17.13-rasm). 301 Wmin
LM Le LN L 17.13-rasm. Minimal ish haqi va bandlik Minimal ish haqi o`rnatilmaganda ishchilarning bandlik darajasi va ish haqi muvozanat holat ( E nuqta) orqali aniqlanadi. Muvozanat holatda ish bilan Le ishchi band bo`ladi va u We miqdorda ish haqi oladi. Minimal ish haqini muvozanat ish haqidan yuqori qilib belgilanishi We , ish bilan band bo`lgan ishchilar sonini LM gacha qisqartiradi (Nima uchun deganda, firma bu narxda kamroq ishchi yollaydi). H nuqta nоrasmiy mehnat bozorini ifodalaydi, WH nоrasmiy bozordagi ish xaqi. 17.5. Monopolistik mehnat bozori Amalda kasaba uyushmalarini monopolist deb qarash mumkin. Ular ishchilarga o`z ta′sirini o`tkazib, mehnat taklifini qisqartirib, ish haqini oshirishga harakat qiladilar. Faraz qilaylik, kasaba uyushmalari sof monopolist. Ushbu holat 17.14-rasmda keltirilgan.
17.14-rasm. Sof monopol mehnat bozorida monopolistning ish haqiga va bandlikka ta′siri 302 Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat E nuqtada o`rnatiladi va Le ishchi ish bilan ta`minlanib, We ish haqi oladi. Mehnat bozorida kasaba uyushmasi monopol hokimiyatga ega bo`lganligi uchun, u band bo`lgan ishchilar sonini Le dan LM ga qisqartirib, ish haqini We dan WM ga oshirishi mumkin. Ishchilar oladigan al`ternativ foyda (iqtisodiy renta) ANMWM to`rtburchak yuziga teng. Mehnat bozoridagi ikki tomonlama monopoliya. Bunday bozorda monopsonist firmaga ishchi kuchini taklif qiluvchi monopolist (kasaba uyushmasi) turadi. Ikki tomonlama monopolistik bozordagi holat quyidagi 17.15-rasmda ko`rsatilgan. W MRC WN N SL E We WM M E DL
oladi. Lekin, monopsonist firma ish bilan band bo`lgan ishchilar sonini Le dan LM gacha qisqartirib, ish haqini We dan WM gacha qisqartirishga 303
harakat qiladi. Kasaba uyushmalari (monopolist) ish kuchi taklifini qisqartirib, ( LN gacha), ish haqini WN gacha ko`tarishga harakat qiladi. Shunday qilib, ish bilan band bo`lgan ishchilar sonining nisbatan kichik o`zgarishga LM LN ish haqlarining (ushbu yondashishda) bir-biridan juda katta farq qilishi to`g`ri keladi WM WN . Ushbu vaziyatda ish haqining qanday bo`lishi, qarama-qarshi turgan monopolistik va monopsonik kuchlarga bog`liq. Ko`rinib turibdiki, ish haqi muvozanat ish haqi We ga ham yaqinlashishi mumkin. 17.6. Ish haqi stavkalari differentsiasiyasi (tabaqalashuvi) Biz yuqoridagi mulohazalardan ish haqini o`zgarmas deb qaradik. Amalda o`rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo`yicha ham, tarmoqlar bo`yicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo`yicha ham farq qiladi. Masalan, avtomobilsozlik tarmog`ida ishlaydigan ishchilarning o`rtacha ish haqi, qurilish sohasida ishlaydigan ishchilarning o`rtacha ish haqlaridan farq qiladi, xuddi shunday kimyo tarmog`idagi o`rtacha ish haqi ham engil va oziq-ovqat sanoatidagi o`rtacha ish haqidan farq qiladi. Yuqori kategoriyali vrach past kategoriyali vrachga qaraganda ko`proq maosh oladi. Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma`lumoti, bilimi, tajribasi, malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular oladigan daromadlarga har-xil ta′sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab chiqarishning inson hayoti uchun zararli bo`lishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qo`shimcha ish haqida o`z ifodasini topadi. Quyidagi 17.16-rasmda ishning og`irligi va zararligi uchun to`lanadigan qo`shimcha ish haqi ko`rsatilgan. Bu yerda og`ir ishni bajaruvchi, qo`shimcha W W2 W1 ish haqi oladi, W2 W1 W . Iqtisodiy renta. Biz yuqorida resurs qanchalik ko`p cheklangan bo`lsa, uning narxi ham shunchalik yuqori bo`lishini ko`rgan edik. 304
W1 SL=MR L2 L1 L 17.16-rasm. Har xil ish sharoitidagi ish haqi Shuning uchun ham yuqori malakali mutaxassis har doim ortiqcha ish haqi oladi. Ushbu ortiqcha ish haqi iqtisodiy renta bo`lib, u ishchining qobiliyati yoki yuqori malakasi uchun to`lanadi. Tarmoq mehnat bozorini ko`rib chiqaylik (17.17-rasm). W SL Iqtisodiy renta Wе E W0 D Le L 17.17-rasm. Iqtisodiy renta Muvozanat sharoitida ( E nuqta) ishchilar We ish haqi
Lekin, malakali ishchilar W0 ish haqi olib ishlashga tayyor bo`lsalar ham We ish haqi olayaptilar (demak, ular oladigan iqtisodiy renta We W0 ga teng bo`ladi). Minimal ish haqi (mehnat narxi) bilan bozorda shakllangan ish haqi o`rtasidagi farq iqtisodiy rentani tashkil etadi. 17.17-rasmda barcha 305 W0 E1E2W1 W0 EWe ishchilar uchun ushbu ko`rsatkich uchburchak yuziga teng. Shuning uchun ham raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda iqtisodiy rentaning bo`lishi, tarmoqqa yangi ishchilarni kirib kelishini rag`batlantiradi. Raqobatlashuvchi tarmoqda uzoq muddatli oraliqda mehnat taklifi chizig`i absolyut elastik (gorizontal) bo`lgani uchun iqtisodiy renta bo`lmaydi. Lekin, noyob mutaxassislarning etishmasligi, iqtisodiy rentani uzoq muddatda ham saqlanib qolishiga olib keladi (amalda ishlab chiqarishda noyob mutaxassislarni jalb qilish uchun, ularga qo`shimcha ish haqi belgilanadi). Estrada yulduzlari, kino yulduzlari, mashhur sportchilar iqtisodiy renta oladilar. Quyidagi 17.18-rasmda ushbu holat ifodalangan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling