Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Не удовлетворившись купленным для Кумуш и
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
Не удовлетворившись купленным для Кумуш и
Зайнаб атласом, Узбек-аим решила, что эта, здешняя, уже одета, а та-гостья все-таки, нужно купить ей ещё китайского шелка, и сшила ещё одно платье для маргиланки. Потом, подумав, что одного чесучового халата маловато, отдала свой собственный дорогой парчовый халати прибавила к нему ещё свою калмыцкую косынку, которую так и не удосужилась носить с первых лет замужества [“Мinuvshiye dni”: 2009, 338], [“Мinuvshiye dni”: 2015, 295]. Bu yеrda tarjimon xonatlas so‘zini transliteratsiya usulida атлас deb ifodalagan, mursakni халат, sallani косынкa deb tar- 129 jima qilgan. Халат va косынкa so‘ zlari tashqi ko‘rinish jihatidan, egniga va boshga kiyiladigan vazifasi jihatidan o‘xshatilgan, biroq uning o‘zbek madaniy kiyimi ekanligi, ularni tikishdagi alohida uslu- blar o‘z aksini topmagan. Demak, har bir millatda faqat shu elatning urf-odatlari bilan bog‘liq milliy koloritdagi kiyim-kechaklar mavjudki, bu kabi nom- lar(realiyalar)ni boshqa tilda analoglar bilan almashtirib bo‘lmaydi. Masalan, hindlarning sari va sindusi, yapon ayollarining xonboki, o‘zbeklarning paranji va mahsisini analogik tarjima qilish mumkin bo‘lmagani kabi [Sirojiddinov va b.: 2011, 81]. Xulosa Realiyalarning ma’lum xalq madaniyatini ifodalovchi birliklar ekanligini inobatga olib, ularning asl mohiyatini tarjimada aks ettir- ish muhimdir. Buning uchun realiyalarni transliteratsiya qilib, ularn- ing ma’no-mazmunini havola qilish, izohlash, sharhlash kabi usullar- dan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ma’lumki, muqobillik asliyatdagi vaziyatni tarjimada to‘liq aks ettirishga bo‘lgan harakatdan yuzaga chiqadi. Tarjimonlar mat- nni o‘z tilida qayta yarata turib, asliy matn qanday tushunilgan va ta’sirlanilgan bo‘lsa, tarjima matnni o‘quvchi ham shunday taassur- otga ega bo‘lishiga harakat qilganlar. Biroq ikki til egalari o‘rtasidagi lisoniy, madaniy, ijtimoiy va hokazo farqlar tarjimaning faqat lingvis- tik o‘lchovlarga tayanib amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymagan. Tarjima- da muqobil tushunchalarni berish va o‘quvchi tomonidan asliyatdagi ma’noni aynan qabul qilishiga imkon berish uchun tarjimonlar rus tili boyliklaridan ham unumli foydalanganlar. Umuman olganda, biror bir millat yoki xalqqa, xususan, o‘zbek xalqining urf-odatlari, madaniyati, turmush tarziga taalluq- li realiyalarni tarjima qilish har bir tarjimondan nafaqat o‘z tili va an’analarini, balki o‘girilayotgan til egalarining urf-odati, madaniya- ti, san’ati va turmush tarzini ham chuqur bilishni talab qiladi. Tarji- mon bu bilimga ega bo‘lmas ekan, asliy matnning mazmuniga putur yеtkazishi, bu bilan uning ta’sirchanligini ham, tushunarliligini ham yo‘qqa chiqarishi mumkin. Adabiyotlar Аbdulla Qodiriy. 2004. Oʼtkan kunlar. Toshkent: Sharq NMAK. Sirojiddinov, Sh., Odilova G. Badiiy tarjima asoslari. – T., 2011. B.84. Xolmanova, Z. va b. 2018. Lingvokulturologiyaga oid tushunchalar tadqiqi. Toshkent. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2000. I jild. Toshkent. “O‘tkan kunlar” asaridagi kiyim-kechakni ifodalovchi realiyalar tahlili Абдулла Қодирий. 2009. Минувшие дни. Тошкент: Ипак Шарқ. Абдулла Қодирий. 2009. Минувшие дни. Тошкент: Узбекистан. Ожегов, С. 1935. Толковий словар русского язика. Москва. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling