64
Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1)
ISSN 2181-922X 64—74
Pragmatik lingvistikaning shakllanishi va
matnning lingvopragmatik tadqiqi
Muhabbat Madaminova
1
Abstrakt
Ushbu maqolada
til nafaqat olam lisoniy tasvirini aks ettirish vo-
sitasi, balki o‘zining funksional, kommunikativ jihatlari bilan muhimligiga
e’tibor qaratila boshlanganligi bilan xarakterliligi, shu tariqa, antropotsen-
trik tamoyillar negizida tilning inson hayotidagi o‘rni va til taraqqiyotida
inson omili dixotomiyasi lingvistik pragmatikaning shakllanishiga zamin
hozirlagani, agar ilgari tadqiqot predmeti so‘z va jumlalarning formal tabi-
atiga, immanent variantlariga ko‘proq e’tibor qaratilgan bo‘lsa, pragmatika
so‘zlashuvning kommunikativ mazmunini tadqiqot obyektiga aylantirgan-
ligi
tadqiq qilindi.
Kalit so‘zlar:
pragmatika, sintaktika, semantika, pragmema,
inter-
pretator, belgi, designat
,
pragmasemantika.
Kirish
So‘nggi o‘n yilliklarda olib borilgan tadqiqotlarning umumiy
tendensiyasi – til nafaqat olam lisoniy tasvirini aks ettirish vosita-
si, balki o‘zining funksional, kommunikativ jihatlari bilan muhiml-
igiga e’tibor qaratila boshlanganligi bilan xarakterlidir. Shu tariqa,
antropotsentrik tamoyillar negizida tilning inson hayotidagi o‘rni va
til taraqqiyotida inson omili dixotomiyasi lingvistik pragmatikaning
shakllanishiga zamin yaratdi. Agar ilgari tadqiqot predmeti sifatida
so‘z va jumlalarning formal tabiatiga, immanent variantlariga asosiy
e’tibor qaratilgan bo‘lsa, pragmatika so‘zlashuvning kommunikativ
mazmunini tadqiqot obyektiga aylantirdi.
«Pragmatika» atamasi (yunoncha «faoliyat», «harakat»
ma’nosida) semiotika – belgilarning umumiy nazariyasi asoschilar-
idan biri bo‘lgan Ch.Morris tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan
[
Мorris 1983, 601-602
]. Olim Charlz Pirs g‘oyalarini rivojlantirgan
holda semiotikani uch qismga ajratdi:
1
Madaminova Muhabbat Sotvoldiyevna – Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU
O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD).
Do'stlaringiz bilan baham: |