Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Qašuq so‘zi asosida voqelangan qašuqla=
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
Qašuq so‘zi asosida voqelangan qašuqla= “qoshiq bilan yemoq”
(DLT,III, 350), qašuqlan= “qoshiqli bo‘lmoq” (DLT,II,312), qašuqluğ “qoshiqli, qoshiq solingan”, qašuqluğ ayaq “qoshiqli idish” (DLT,I,457) kabi yasamalar muayyan uyani shakllantirgan. Ushbu so‘zlar uyasidan o‘rin olgan qašïqlïq műƞűz birikmasi ajdodlar qoshiq qilishda hayvon shoxidan foydalanganliklari to‘g‘risida hukm chiqarishga asos bo‘ladi. “Devon”da ilk bor qayd etilgan so‘z “Tarjumon”(18b6), “At-tuhfa” (33b8), “Guliston bit- turkiy” (160a6) matnida qašuq shaklida ishlatilgan. “Turli ovqatlar bilan to‘la dasturxon” sememasi eski turkiy tilda tergű yasamasi bilan ifodalangan (DLT,I,403). Ter= “yig‘moq, to‘plamoq” fe’lidan –gű affiksi bilan hosil qilingan mazkur so‘zning tergi shakli ham “dasturxon” ma’nosini anglatgan: Tilin tergigӓ tegir - Shirin, yoqimli so‘z bilan kishi dasturxonga yetishadi (DLT,I,404). Keyingi leksik birlik “Qutadg‘u bilig” matnida ham “dasturxon”ni bildiradi: Yer erkӓn ašïğ tartma tergi űzӓ - Yer ekansan dasturxon ustidan ovqatni (oldingga) tortma (4498). Aynan Yusuf Xos Hojib asarida tergi ayaq juft so‘zi “dasturxon-lagan” ma’nosini anglatishga xizmat qilgan: Kirib ӧtrű tergi ayaq bašlasa - Kirib o‘tirib dasturxon- laganga bosh bo‘lsa (2839). Mahmud Koshg‘ariyning guvohlik berishicha, xonlar bayram yoki to‘y paytida o‘ttiz gaz balandligida dasturxon bezashgan va fuqarolar undagi taomlarni talash qilishgan. Bunday dasturxon kӓnčliyű leksik birligi bilan nomlangan (DLT,III,433). Ushbu so‘zning boshqa turkiy manbalarda mavjud emasligi, uning jonli so‘zlashuv tili yoxud biror shevaga oidligi xususida mulohaza yuritishga izn beradi. “Ichi chuqur qilib yog‘ochdan qilingan idish” sememasi “Devon”da lağun leksemasi bilan anglashilishi qaydlangan. Mahmud 12 Hamidulla DADABOYEV Koshg‘ariy bunday yog‘och tovoqning sut, qatiq va shunga o‘xshash narsalar ichish uchun mo‘ljallanganini ta’kidlagan (DLT,I,389). Mazkur so‘z hozirgi o‘zbek tilida keng ishlatiladigan lagan so‘zining ko‘hna fonetik shakli hisoblanadi. Sh.Rahmatullayevning fikricha, lağun so‘zi ho- zirgi o‘zbek tiliga ma’nosi o‘zgargan tarzda yetib kelgan va “quyuq ovqat solinadigan katta yassi idish” ma’nosini kasb etgan. Tovush jihatdan ham muayyan o‘zgarishga uchragan so‘z tarkibidagi g‘ undosh g undoshiga almashgan, shundan so‘ng birinchi bo‘g‘indagi a unlisi til oldi ä unlisiga, keyin ikkinchi bo‘g‘indagi u unlisi ham til oldi ű unlisiga almashgan: lağun>lagun>lägűn>lägän (O‘TEL, I, 233). Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o‘zbek shevalari tilida lagan leksemasi deyarli dastlabki ma’nosini saqlab qolgan, ya’ni «kosadan katta ichi chuqur sopol idish, tovoq» tarzida qo‘llanishda davom etmoqda (O‘TIL,I,425). Farq laganning yog‘och yoki loydan tayyorlanganida, xolos. Hozirgi turk tilida leğen so‘zi “katta tog‘ora” ma’nosida qo‘llanib kelmoqda. Mazkur idish asosan biror bir narsani yuvishda ro‘zg‘or buyumi vazifasini o‘taydi. “Turkcha-ruscha lug‘at”da leğen leksemasi etimologik jihatdan forscha o‘zlashma, deb ko‘rsatilgan (TRSl,587). Mahmud Koshg‘ariy yegű neƞ (DLT,II, 73) va yegӓsi neƞ (DLT,II, 73) birikmalarining “ovqat yeydigan narsa, ya’ni tovoq, lagan” ma’nosini ifodalashini ham nazardan qochirmagan. Har ikki perifraza ye= “yemoq” fe’lidan –gű hamda -gӓsi qo‘shimchalari bilan yasalgan va ular neƞ “narsa” leksemasi bilan sintagmatik munosabatga kirishgan. Hozirgi qozoq tilida legen “yuz-qo‘l yuvishga mo‘ljallangan metall idishni ifodalaydi” (QTSS, 611). Xullas, Mahmud Koshg‘ariyning buyuk dahosi natijasi o‘laroq, dunyo yuzini ko‘rgan “Devonu lug‘otit turk” XI-XII asrlar eski turkiy jonli so‘zlashuv hamda adabiy tilda ovqat tayyorlash uchun zarur buyum-anjom nomlarini ifodalovchi leksemalar tizimi shakllangani, ushbu mikroguruhga kirgan so‘zlarning asosiy qismi hozirgi qardosh turkiy tillar so‘z boyligda saqlanib qolganligini ta’kilash imkonini beradi. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling