Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

bič= fe’lidan –(a) q qo‘shimchasi ishtirokida yasalgan desa, A.fon 
Gaben va K.Brokelman bičӓk//bïčaq ni bi “pichoq” + kichraytirish 
affiksi –čaq dan tashkil topganligini e’tirof etishgan. E.Sevortyan 
ham ikkinchi etimologiyani ma’qul topgan. Qardosh turkiy tillarning 
aksariyatida turli fonetik shakllarda ishlatilayotgan bu leksik birlik 
o‘zining asl ma’nosida qo‘llanishda davom etmoqda. Faqat yoqut 
tilida u shuningdek, “tig‘, xanjar, qilich” ma’nolarini ham ifodalaydi 
(ESTYa, II, 160). Yuqorida keltirilgan semema Mahmud Koshg‘ariy 
lug‘atida bïčğu leksemasi bilan ham anglashilgan. Lug‘at muallifi 
ushbu yasamaning yuzaga kelishini mana bunday izohlaydi: Fe’llarga 
-ğu qo‘shilib, uni qurol otiga aylantiradi. Bu xususiyat turkiy tillarning 
hammasiga ham umumiydir. Bïč= (kesmoq) fe’lining o‘zagiga -ğu 
qo‘shilib yasalgan “narsalarni kesuvchi asbob” ma’nosidagi bïčğu 
so‘zi shunga misoldir (DLT,I, 52). Qadimgi turkiy til bitiklaridan 
birida “pichoq” ma’nosi uchun bi bïčaq juft so‘zi ishlatilgan. “Oltun 
yoruq” tilida bi bïčğu “qilich”ni bildiradi (DTS, 97). XIII asrdan bïčğu 
leksemasining ma’no qurilishida o‘zgarish yuz beradi va u “arra” 
ma’nosini ifodalash vazifasini bajaradi. Keyingi ma’noda leksema 
“Tarjumon”da bïčqu (25a5), “At-tuhfa”da ham bïčqu (48b 9), ham 
bïčqï (33 b3), Xorazm manbalarida bïčqï (SUY, I, 260) shakllarida 
qo‘llangan. “Arra” ma’nosida mazkur leksema hozirgi qardosh turkiy 
tillarning asosan o‘g‘uz va qipchoq guruhlarida bïčhqï, bïčxï, bički, 
bičkű singari shakllarda ishlatilmoqda (ESTYa, II, 160). 
Bïč= “kesmoq” fe’lidan hosil qilingan bïčğuč derivati 
“Devon”da “qaychi” ma’nosini ifodalash uchun ishlatilgan (DLT,I,421). 
“Tarjumon”da bu leksema bïčquč shaklida keltirilib, u turkmancha 
so‘z tarzida izohlangan (24v13 ). Hozirgi o‘zbek tilida bu so‘z mavjud 
emas.Hozirgi turk tilida bïčğuč// bïčquč anglatgan ma’no makas 
so‘zi yordamida ifodalanmoqda (TRSl., 598). 
10
Hamidulla DADABOYEV


Lug‘at muallifi pichoq qismlari, turlarini ifodalashda 
qo‘llangan leksik birliklarni ham asarida aks ettirish yo‘lidan borgan. 
Chunonchi, bičӓk boynï birikmasi “pichoq dastasi” sememasini 
anglatgan birikmani shakllantirishda ishtirok etgan boyun so‘zi 
boshqa kesuvchi qurollarning nomlar bilan, xususan, qïlïč istilohi 
bilan sintagmatik munosabatga kirishgan va “qilich sopi, dastasi”ni 
bildirgan (DLT,III, 183). Hozirgi o‘zbek tilida bo‘yin so‘zi “ba’zi 
asboblarning ingichka qismi, bo‘g‘iz” (O‘TIL,I,159) ma’nosida ham 
ishlatilmoqda. 
Lug‘atda “pichoq dastasi” ma’nosi sap so‘zi bilan ham 
ifodalanganining guvohi bo‘lamiz: Nečä yitig bičäk ersä öz sapïn 
yanumas – Pichoq qancha o‘tkir bo‘lsa ham, o‘z sopini yo‘nmaydi 
(DLT,I,366). XIV asr obidalaridan faqat “Qisasi Rabg‘uziy” matnida 
ikki bor ishlatilgan bu so‘z (222r14) hozirgi o‘zbek tilida “ba’zi 
asboblarning qo‘l bilan ushlanadigan qismi; tutqi, dasta, band”ni 
anglatadi (O‘TIL,II,68). Hozirgi turk tilida sap so‘zining sematik 
ko‘lami kengayib, olti ma’no kasb etganiga qaramay, birlamchi 
“band, tutqi, dasta” ma’nosini saqlab qolgan (TRSL, 751). 
“Go‘sht va xamirlar kesiladigan dudama pichoq” sememasi 
“Devon”da qïƞraq yasamasi bilan anglashilgan. Muallifning 
ta’kidlashicha, qo‘sh tig‘li bu pichoq turi qassoblarning sotur nomli 
asbobiga o‘xshagan (DLT,III, 393). O‘zga eski turkiy til obidalari tilida 
mazkur leksik birlik qayd etilmaydi.
Oshxonada bevosita oshpaz, ya’ni salčï tomonidan 
mahsulotlarni tozalash, kesish maqsadida ishlatiladigan pichoq 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling