ISSN 2181-922X 4
—15
LINGVISTIKA
“Devonu lug‘otit turk”da taom tayyorlash uchun
zarur buyumlar nomlarini ifodalovchi
leksik birliklar xususida
Hamidulla
Dadaboyev
1
Abstrakt
“Devonu lug‘otit turk” so‘z boyligida Qorahoniylar davlatida hayot
kechirgan turfa turkiy urug‘lar jonli so‘zlashuv nutqi hamda ilk eski turkiy
adabiy tilda qo‘llanishda bo‘lgan maishiy leksikaga salmoqli o‘rin ajratilgan.
Ushbu maqolada qardosh turkiy tillar maishiy leksikasining mavzuiy
guruhlaridan ovqat tayyorlash jarayonida qo‘llanadigan uy-ro‘zg‘or
buyumlari nomlarini anglatuvchi so‘zlarning
shakllanish va rivojlanish
bosqichlarini belgilashda Mahmud Koshg‘ariyning buyuk dahosi tufayli
yuzaga chiqqan qomusiy asarning o‘rniga diqqat qaratilgan.
Kalit so‘zlar: mikroguruh, sinonim, ko‘chma ma’no, shakldosh, jonli
so‘zlashuv tili, sintagmatik munosabat, qardosh turkiy tillar.
Kirish
Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida izohlangan uy-ro‘zg‘or
buyumlari nomlarini ifodalovchi so‘zlarning soni salmoqli bo‘lib, ular
187 tani tashkil qiladi. Bu leksik-semantik guruhni shakillantiruvchi
leksemalarni ikki, ya’ni: a) oshxona anjomlari va b) uy-ro‘zg‘or
buyumlari nomlarini anglatuvchi mavzu guruhchalarga bo‘lib tahlil
qilish maqsadga muvofiq. Shu
nuqtai nazardan, “Devon”da aksini
topgan taom tayyorlash jarayonida xizmat qiladigan oshxona
anjomlari nomlarini ifodalovchi so‘zlar
tahlilini amaliga oshirish
ajdodlar tilida ishlatilgan leksik boylikning tadrijiy taraqqiyotini
belgilashga xizmat qiladi.
Asosiy qism
Oshxona buyumlari ichida muayyan taom turini tayyorlash
jarayonida zarur hisoblangan narsa-buyumlar nomlarini anglatuvchi
maishiy leksika elementlari ham “Devon” so‘z boyligidan o‘rin
1
Dadaboyev Hamidulla Aripovich – filologiya fanlari doktori, Alisher Navoiy nomi-
dagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Do'stlaringiz bilan baham: