Lingvist oxirgi shakl 1-son indd


očaq so‘zi bilan ham ifodalangan (DLT,I, 95). Ushbu motivlangan  leksema (ot+čuq) ilk bor Turfon matnlarida očuq


Download 1.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/123
Sana02.12.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1779748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son

očaq so‘zi bilan ham ifodalangan (DLT,I, 95). Ushbu motivlangan 
leksema (ot+čuq) ilk bor Turfon matnlarida očuq tarzida ishlatilgan 
(DTS, 362). “Oltun yoruq” so‘z boyligida leksemaning qadimgi otčuq 
fonetik shakli qo‘llangan (DTS, 373). Mahmud Koshg‘ariy očaq so‘zi 
asosida yasalgan očaqlïğ “o‘choqli”- Očaqlïğ ev -o‘choqli uy (DLT,I, 
164); očaqlïq: 1) “o‘choqli”- Očaqlïq yer - o‘choqli yer (DLT,I,166); 2) 
“o‘choq uchun mo‘ljallangan ”: Očaqlïq titik “o‘choq qilinadigan loy” 
(DLT,I,166), očaqlan= “o‘choq qurmoq” leksik birliklari haqida ham 
ma’lumot keltirgan. XIV asr Xorazm obidalari tilida očaq va undan 
yasalgan derivatlarning birortasi ham ko‘zga tashlanmaydi. “At-
tuhfa”da očaq (30b5) hamda uning ma’nodoshi sačaq (30b5) qayd 
etiladi. 
Insonlarga statsionar xizmat ko‘rsatuvchi o‘choqdan farqli 
ravishda dala o‘choqlari ham ajdodlar tomonidan kundalik turmushda 
foydalanilgan. Qozon yoki idish osib qo‘yib, taom pishiriladigan 
uchoyoq, dala o‘chog‘i” ӧrkűč so‘zi bilan ifodalangan (DLT,I, 121). 
Mazkur so‘zdan hosil qilingan ӧrkűčlӓn= “o‘choqqa o‘rnatmoq”- 
Ašïč ӧrkűtlӓndi - Qozon o‘choqqa o‘rnatildi (DLT,I, 303) fe’lining 
lug‘atdan o‘rin olishi, dala o‘chog‘i bilan bog‘liq tushunchalarning 
keng qamrovligini ko‘rsatadi. Ӧrkűč so‘ziga “bir yerdan ikkinchi 
yerga ko‘chiriladigan ko‘chirma o‘choq” ma’nosidagi kӧčűrmä očaq 
(DLT,I, 452) birikmasi ma’nodosh bo‘lgan, desak xato qilmaymiz. 
Ko‘chma o‘choqlarning qanday narsadan yasalganini faraz qilish 
mumkin, xolos. Ular uch oyoqli ekanligi, bir joydan boshqa joyga 
8
Hamidulla DADABOYEV


ko‘chirishda qulay bo‘lishi zaruratidan kelib chiqib, o‘choq mis, temir
yoki boshqa ma’dandan yasalgan, degan mulohazani o‘rtaga tashlash 
mumkin. Keyingi davr manbalari tilida ӧrkűč leksemasi ishlatilgan 
emas. U xitoy tilidan turkiy tillarga o‘zlashgan tagan leksemasining 
faollashuvi natijasida iste’moldan chiqib ketgan. Odatda uch oyoqli 
ko‘chma o‘choqlarga qozon (ašïč, buqač) yoki chovgun osilib
tagidan o‘t yoqilgan. Uch oyoqlarning balandligi yarim gaz, ya’ni 50 
sm atrofida bo‘lgan (DLT,III, 391). Kezi kelganda “ovqat pishirish yoki 
suv isitish uchun belgilangan idish” ma’nosini ifodalovchi (O‘TIL, 
II, 593), hozirgi turkiy tillar va shevalarda keng qo‘llanuvchi qazan 
(ESTYa, V, 186-187) leksemasining Qoraxoniylar davri eski turkiy 
tilda ishlatilmaganligi, bu so‘zning XIII-XIV asrlardan e’tiboran 
iste’molga kirganligi, (SUYa, II, 583), “Tarjumon”da ham qazan, ham 
qazğan (18 v1) shakllarida keltirilganini ta’kidlash o‘rinli. 
Non yopish, pishirish jarayoni aksariyat yer tandirda amalga 
oshirilgan. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, yer tandir temirchi 
o‘chog‘ining qo‘rasiga o‘xshatib qurilgan va awran (اڨرڼ) so‘zi bilan 
ifodalangan (DLT,I, 133). Mazkur leksik birlik boshqa manbalarda 
kuzatilmaydi. XIV asr turkiy til obidalarida non yopishda qo‘l 
keladigan o‘choq fors-tojik tilidan o‘zlashgan tandur so‘zi bilan 
anglashilgan. Ushbu o‘zlashmaning Sayfi Saroyi qalamiga mansub 
“Guliston bi-t turkiy” asarida uch marta (SUYa, II, 337), “Qisasi 
Rabg‘uziy” matnida tanur fonetik shaklida o‘n ikki bor ishlatilgani 
o‘zlashmaning faolligi darajasi xususida mulohaza yuritish imkonini 
beradi. 
Rabg‘uziy asaridagi Oğlanï emgӓklӓb tanurğa tűšdi - 
O‘g‘li emaklab tandir ichiga tushdi (172r16) gapidagi tanur 
o‘zlashmasining “yer o‘choq” ma’nosini ifodalayotgani shaksiz. 
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonida ushbu o‘zlashma 
“tandir”ni anglatadi (ANATIL, III, 182).
Hozirgi o‘zbek tilida “nonni chakishlash uchun dastali yog‘och 
kaltakka bir tekisda sim qoqib yoki parranda patlarini dastalab 
bog‘lab yasalgan uy-ro‘zg‘or asbobi” sememasi chakich so‘zi bilan 
ifodalanadi (O‘TIL, II, 350). Keltirilgan semema “Devon”da tikűč 
leksemasi yordamida anglashilgan (DLT,I,339). “Sanchmoq, tiqmoq, 
teshmoq” ma’nosiga ega tik= fe’lidan yasalgan ushbu leksik birlik 
boshqa birorta eski turkiy til manbalarida mavjud emas.
Mahmud Koshg‘ariyning lug‘atida biror narsani to‘g‘rash, 
kesish, maydalash jarayonida ishlatiladigan buyum nomlarini 
atovchi leksemalar xususida ham qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan.
“Dastaga o‘rnatilgan yassi va uzun tig‘li ro‘zg‘or asbobi” 
9
“Devonu lug‘otit turk” da taom tayyorlash uchun zarur buyumlar nomlarini ifodalovchi 
leksik birliklar xususida


sememasining hozirgi o‘zbek tilida pichoq leksemasi bilan 
anglashilishi hammaga ma’lum (O‘TIL,I, 589). “Devon”da ushbu so‘z 
bičӓk fonetik shaklida keltirilgan va “pichoq” tarzida izohlangan 
(DLT,I, 366). Ushbu shakl va ma’noda bu so‘z “Qutadg‘u bilig” 
matnidan ham o‘rin olgan (DTS, 98). Bičӓk leksemasi XIII-XIV asr 
eski turkiy til obidalarida tez-tez ko‘zga tashlanuvchi bïčhaq fonetik 
variantiga nisbatan kam ishlatilgan.Masalan, “Qisasi Rabg‘uziy” 
matnida so‘zning ilk shakli atigi bir marta qo‘llangani holda (89r17), 
keyingi shakl o‘n uch bor ko‘zga tashlanadi. Xorazm manbalari (SUYa, 
I, 260) va “At-tuhfa”da (19a4) leksema faqat keyingi fonetik shaklda 
qayd etiladi. Tahlil etilayotgan leksemaning etimologiyasi borasida 
turkiyshunoslikda ikki xil dunyoqarash mavjud. M.Ryasyanen so‘zning 

Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling