Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
- Bu sahifa navigatsiya:
- tegena
cho‘mich motivlangan so‘zi bilan ifodalanishi barchaga ma’lum.
“Suyuqlikka, suvga yoki yumshoq narsaga botmoq, cho‘kmoq” (O‘TIL,II,386) ma’nosini ifodalovchi cho‘mmoq fe’li o‘zagidan hosil 5 “Devonu lug‘otit turk” da taom tayyorlash uchun zarur buyumlar nomlarini ifodalovchi leksik birliklar xususida qilingan maishiy so‘z bildirgan tushuncha Mahmud Koshg‘ariy zamonida čömčä yasamasi bilan ifodalangan (DLT,I,394). Lug‘at muallifining ta’kidicha, mazkur so‘z o‘g‘uz qabilalari tiliga xos bo‘lgan. “Devon”da “sho‘ng‘imoq” ma’nosi čom= (DLT,II,34) va čöm= (DLT,II,34) fe’l variantlari bilan anglashilgani urg‘ulangan. Birinchi fe’l variantining čomur= “sho‘ng‘itmoq, cho‘mdirmoq” (DLT,II,89) kauzativ darajasidan yuzaga chiqqan čomurmïš derivati Turfon matnlarida ilk bor “cho‘mich, yog‘log‘i” ma’nosida qayd etiladi (DTS,153). Sh.Rahmatullayevning fikricha, “Devon” tilida ishlatilgan čömčä so‘zi čöm= fe’liga- (u) č affiksni qo‘shish bilan yasalgan čöműč // čömič so‘ziga kuchaytirish ma’nosini ifodalovchi -ä qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan, ya’ni čömič+ -ä › čömčä (O‘TEL,I,444). Izlanishlar oqibati čömčä shaklining XIV asr Xorazm obidalaridan “Nahj ul-farodis” (SUYa,II,522), arab tilida bitilgan risolalardan “Tarjumon” (18b4), čömči shaklining esa “At-tuhfa” (33b6) matnida qaydlanishi leksik birlikning turk dunyosi arealida keng tarqalgani to‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. So‘zning hozirgi o‘zbek tilida keng qo‘llanuvchi cho’much fonetik shakliga dastavval Sayfi Saroiyning “Guliston bit-turkiy” asarida duch kelish mumkin: čöműč sapï birlän közin čïqarma (SUYa,II,521). Mazkur fonetik shaklda leksema qirg‘iz tilida ham ishlatiladi (KRSl,871), so‘zning çömçe shakli “yog‘och cho‘mich, yog‘och yog‘log‘i” ma’nosida hozirgi turk tilida qo‘llanishda qolmoqda (TRSl,199). Shu o‘rinda, hozirgi turk tilida “cho‘mich” ma’nosi shuningdek, kepçe leksik birligi bilan ham nomlanishini aytib o‘tish maqsadga molik (TRSl,533). Hozirgi qozoq tilida “suyuq ovqat va suv quyishga mo‘ljallangan sopli idish” sememasi šömiš leksemasi va uning ma’nodoshlari ojau va baqïraš so‘zlari bilan anglashiladi (QTSS, 606). Mahmud Koshg‘ariyning kuzatishlariga qaraganda, qarluq, qipchoq va butun ko‘chmanchilar tilida suv hamda suv kabi narsalarni botirib oladigan asbob, ya’ni cho‘mich susğaq yasamasi bilan atalgan (DLT,I, 437). Qadimgi turkiy tilda “urilmoq, tegmoq” ma’nosini ifodalagan sus= fe’lidan (DTS, 514) hosil qilingan mazkur motivlangan leksik birlik o‘zga eski turkiy til manbalarida qayd etilmaydi. Tol novdasi yoki simdan to‘qilgan, ugra, chuchvara, shilpildoq va hokazo urdan tayyorlangan ovqatlarni suzishga mo‘ljallangan cho‘michsimon ro‘zg‘or buyumining “Devon”da čavlï so‘zi bilan nomlanishi, kanjaqlar tilida ishlatilgan bu leksema quyuq ovqatlardan biri tutmochni suzishda qo‘l keladigan asbobni anglatishi, mazkur buyum xo‘l novdalardan cho‘mich shaklida to‘qilishi bayon etilgan 6 Hamidulla DADABOYEV (DLT,III,446). XIV asr arab tilida bitilgan “Tarjumon” matnida ham aks etgan čavlï (18b5) so‘zi hozirgi o‘zbek tilida yuqoridagi ma’noda o‘z o‘rnini saqlab qolgan (O‘TIL,II,376). Odatda shilpildoq, tutmoch, osh singari quyuq taomlar laganga suzilgan holda dasturxonga tortilgan. “Lagan” ma’nosi “Devon”da yoğrï motivlangan leksik birligi bilan anglashilgan: Aš tatïğï tuz yoğrïn yemäs - Ovqatning mazasi tuz bilan, biroq uni laganlab yeb bo‘lmaydi. Mahmud Koshg‘ariy ushbu so‘zning “tog‘ora” ma’nosini ham kasb etishini ta’kidlagan(DLT,III,38). “Qovurma ovqat pishirish uchun xizmat qiladigan, gir atrofi qayrilgan yassi metall idish” sememasi Qoraxoniylar davri eski turkiy tilda sač leksemasi yordamida anglashilgani “Devon”da aks etgan (DLT,III,161). Qadimgi turkiy tilga oid uyg‘ur (turk) yozuvida bitilgan tibbiyotga tegishli manbalardan birida ham qo‘llangan ushbu leksemaning (DTS,478), “Tarjumon” matnida ayni ma’noda ishlatilganini kuzatish mumkin (18,b13). Ming yillik tarixga ega bu so‘zning hozirgi turk tilida sac fonetik shaklida saqlanib qolganligi xarakterlidir (TRSl,741). O‘zbek tilida forscha-tojikcha tova(tāva) o‘zlashmasining faollashuvi asl turkiy sač leksik birligining iste’moldan qolishiga sabab bo‘lgan. O‘zlashmaning taba shaklida ilk bor “Nahj ul-farodis” matnida qo‘llanganini (SUYa,II,368) hisobga olib, so‘zning XIII-XIV asrlarda turkiy tillar so‘z boyligidan o‘rin olgani xususida fikr yuritsa bo‘ladi. Lug‘at tuzuvchsiining ta’kidicha, kanjaklar tilida körkä leksemasi mavjud bo‘lib, “kosa” ma’nosini ifodalash uchun xizmat qilgan (DLT,I,405). “Qadimgi turkiy til lug‘ati”da bu leksema “yog‘och lagan” (derevyannoye blyudo) tarzida izohlangan (DTS,318). Boshqa manbalarda ushbu leksema qayd etilmadi. Hozirgi qardosh adabiy turkiy tillarda bu so‘z kuzatilmaydi. “Katta chuqur to‘garak idish”, ya’ni “tog‘ora” ma’nosi “Devon”da teknä so‘zi bilan ifodalangan (DLT,I,408). J.Klosonning lug‘atida mazkur so‘zning eski o‘zbek tilida tegene/tekene fonetik shakllarda ayni ma’noda qo‘llangani aytilgan (Clauson, 484). Hozirgi qardosh turkiy tillar, xususan, tatar, uyg‘ur, ozarbayjon, qirg‘iz, no‘g‘ay, boshqird, gagauz, qozoq tillarida “idish”, “tog‘ora, jom, xamir tog‘ora”, “kosa, tovoq” ma’nolarini ifodalash vazifasini ado etmoqda. O‘zbek tilida tegena fonetik shaklidagi so‘z, “tegirmon toshlari orasidan chiqayotgan un tushib yig‘iladigan gardishsimon joy”ni anglatadi (O‘TIL, II, 151). Sh.Usmonovaning fikricha, təknӓ leksemasi qadimgi turkiy tilda qo‘llangan tekirti//təgirmi “yumaloq” (DTS, 548-550) so‘zining kontaminatsiyasi natijasida 7 “Devonu lug‘otit turk” da taom tayyorlash uchun zarur buyumlar nomlarini ifodalovchi leksik birliklar xususida hosil qilingan. Hozirgi qozoq tilida tegene “osh, suv quyish uchun yasalgan chuqur katta idish” sememasi bilan tegesh, kersen, shara, astau leksemalarining sinonimi hisoblanadi (QTSS, 537). Hozirgi turk tilida tekne: 1) tog‘ora, jom; bir tomoni yopiq bochka; 2) kema korpusi; kema; 3) havza; 4) yerning quyi qatlami hamda 5) harf terish dastgohi ma’nolari bilan polisemantik so‘zlar qatoridan o‘rin olgan (TRSl,843) . “Surx novda, chiviq, sim va shu kabi narsalardan to‘qilgan idish” sememasi (O‘TIL,II,7) “Devon”da ma’nodoshlik qatorini yuzaga chiqargan sögän // sűgän (DLT,I,383) va savdïč: Ol savdïč ördi - U savat to‘qidi (DLT,I,183) leksemalari bilan ifodalangan. Keyingi so‘zdan “savatli bo‘lmoq” ma’nosidagi savdïčlan= fe’lining yasalishi (DLT,II,271) narsa-predmet otini bildiruvchi savdïč leksik birligining eski turkiy tilda faol bo‘lganligini isbotlaydi. “Uch tomoni yopiq bo‘lib, ichiga o‘t yoqiladigan, ovqat pishirish uchun ustiga qozon o‘rnatiladigan qurilma” (O‘TIL, II, 525) sememasi lug‘atda nafaqat umumturkiy, shuningdek umumoltoy xarakterdagi Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling