Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
salčï bichӓk izofasi bilan ifodalangani lug‘atda izohlangan (DLT,III,
446). Kezi kelganda, lug‘atda “oshxona” ma’nosining ašlïq (DLT,I, 137), “oshpaz” sememasining esa salčï (<sal= “solmoq, tashlamoq”) derivatlari bilan ifodalanganini ta’kidlash lozim. Har ikki leksik birlik faqat “Devon”da qo‘llangani bilan xarakterlanadi. “Qutadg‘u bilig” matnida “oshpaz”ma’nosini anglatgan aščï yasamasi Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida mavjud emas. Ushbu hodisa eski turkiy adabiy tilida “oshpaz” ma’nosi uchun meyor sifatida aščï derivati olinganidan dalolatdir. “Go‘sht osib qo‘yiladigan bir necha ilgakli moslama; changak, qanora” sememasi (O‘TIL, II, 550)ni ifodalash uchun eski turkiy tilda etlik (et+lik) ) yasamasining ishlatilgani “Devon”da aksini topgan. Ilk bor Turfon matnlarida “go‘sht do‘koni”ma’nosini anglatgan ushbu so‘z (DTS,188) lug‘atda shuningdek “etli, bo‘ydor, semiz” hamda “so‘yish uchun tayyorlangan qo‘y” ma’nolarini ham bildirgan (DLT,I,127). 11 “Devonu lug‘otit turk” da taom tayyorlash uchun zarur buyumlar nomlarini ifodalovchi leksik birliklar xususida “Devon”dan ovqatlanish uchun zarur anjomlar nomini ifodalovchi leksik birliklarga ham o‘rin ajratilgan. Eski turkiy tilda ovqat tanavvul qilish uchun zarur ro‘zg‘or buyumlaridan biri qašuq so‘zi bilan ifodalangan: Quruq qašuq ağïzqa yaramaz - Quruq qoshiq og‘iz yirtar (DLT,I, 364). Leksemaning bu davrda qašïq shakli ham ishlatilganini qašïqla= “qoshiq bilan yemoq” (DLT,III, 350) harakat fe’lining mavjudligidan bilib olish mumkin. Ko‘rilayotgan so‘z etimologiyasi xususida turkologiyada keragidan ortiq mulohazalar borligini hisobga olib, bu masalaga takror diqqat qaratmasdan, uning “kurak, chilcho‘p”, “eshkak” kabi ma’nolarda hozirgi turkiy tillarda ishlatilayotgan qalaq so‘zi bilan gomogen ekanligi borasidagi fikr o‘rtaga tashlanganini ta’kidlaymiz. Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling