Lingvist oxirgi shakl 1-son indd
Download 1.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Lingvist OXIRGI SHAKL 1-son
E-pochta:
Iqtibos uchun: Dadaboyev, H.A. “Devonu lug‘otit turk” da taom tayyorlash uchun zarur buyumlar nomlarini ifodalovchi leksik birliklar xususida ”. O‘zbekiston: til va madaniyat. Lingvistika. 2023/1 (1): 4-15. 4 Uzbekistan: Language and Culture 2023/1 (1) olgan. Chunonchi, biron-bir xamir ovqat tayyorlash jarayoni tegirmondan chiqqan unni elakdan o‘tkazish bilan boshlangan. Mahmud Koshg‘ariy “elak” ma’nosining eskű leksik birligi bilan nomlangani, ayni chog‘da, leksemaning “g‘alvir” ma’nosini ham anglatishini qayd etgan (DLT,I,149). DTS da mazkur so‘z “supurgi”ni ifodalashi ko‘rsatilgan (184). “Devon”da “sovurmoq” ma’nosining es= fe’li yordamida anglashilganini hisobga olib (DLT,I,178), eskű yasamasining “elak, g‘alvir” ma’nosida ishlatilganini lug‘atshunos to‘g‘ri ta’kidlaganini e’tirof etish lozim.Boshqa birorta eski turkiy til yoki eski o‘zbek tili obidalari matnida bu leksik birlik mavjud emas. Ajdodlar turmush tarzida xamir ovqatlarning yetakchilik qilganligini lug‘atdan bilib olish mumkin. Xamir ovqatlar sirasiga űgrä “ugra oshi” (DLT,I,147), aֹwzuri “bug‘doy yoki arpa unidan tayyorlangan ovqat” (DLT,I,162), kömӓč “ko‘mach, kulda pishirilgan non” (DLT,I,51) kabilarni kiritish o‘rinli. Har qanday xamir ovqatni tayyorlashda o‘qlovning qo‘l kelishi sir emas. “Devon”da “osh xamir yoyish uchun ishlatiladigan uzun silliq tayoqcha” sememasi čanču so‘zi yordamida ochilgan (DLT,I,394). Qoraxoniylar davri eski turkiy tilda qo‘llanishda bo‘lgan ushbu leksik birlik xitoy tilidan o‘zlashgani bilan xarakterlidir (DTS,138). O‘zga manbalar tilida bu o‘zlashma ko‘zga tashlanmaydi. Bizningcha, eläk so‘zi (Tarjumon, 18b7, At-tuhfa, 33b11) eskű leksemasi o‘rnida faollashgani singari, oqlağu leksemasining ajdodlar maishiy leksikasidan mustahkam o‘rin olishi oqibatida (Tarjumon, 18b9) xitoycha o‘zlashmaning ishlatilishiga hojat qolmagan. Ta’kidlash joizki, ilk bor Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul- haqoyiq” asarida “yumaloq, dumaloq” ma’nosida qayd etilgan oqlağu (DTS,369) leksemasi “o‘qlov, o‘qlog‘I” ma’nosidagi sof turkiy leksik birlikning shakllanishida asos vazifasini o‘tagan. YA’ni umumiy- integral ma’noning xususiylashuvi natijasi o‘laroq, maishiy ma’no kasb etgan bu leksema hozirgi kunda ham qardosh turkiy tillarda faol qo‘llanishdan qolmagan (O‘TIL,II,528; TRSl,685; oklava). “Devon” matnida “qormoq, aralashtirmoq” ma’nosidagi yoğur= fe’lidan qurol oti yasovchi –ğuč affiksi bilan hosil qilingan yoğurğuč leksemasi “o‘qlog‘i” ma’nosida (DLT,I,455) oğlağu leksemasining sinonimi sifatida o‘z aksini topgan. “Suyuq ovqatni shopirish va suzish uchun ishlatiladigan uzun dastali ro‘zg‘or asbobi, yog‘log‘i” sememasi hozirgi o‘zbek tilida Download 1.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling