Linuks operatsion tizimi tarixi (muallif: Ilhom Teshaboyev)
Bunday “ona” (materinskaya plata) har kimga ham to’g’ri keladi
Download 1.13 Mb.
|
Linuks operatsion tizimi tarixi
Bunday “ona” (materinskaya plata) har kimga ham to’g’ri keladi
EpoX kompaniyasi mana necha yildirki juda ham yaxshi platalar ishlab chiqaradi. Quyida keltiriladigan materinskaya platani kandaydir texnik yangilik deb aytish mumkin emas, lekin MBEP – 4 PER+(chipset 845 PE) misolida bugungi kunda hozirgi foydlalanuvchining kompyuterga ishtiyoqi va talablari qanchalik ilgarilab ketganini ko’rsatish mumkin. Shunday qilib bu plata i 845 PE chipsetida qurilgan bo’lib, Intel Pentium 4 zamonaviy protsessorlarini Nyper – Threading texnologiyasi bilan ta`minlaydi, PC 2700 DDP SDRAM (333) (sig’imi 2 GG baytgacha) xotirani ta`minlaydi. AbP 4x porti, 5 slot PCI, Ultra DMA 133 va IDE RAID (0.1, 0+1) ta`minlovchi kontrollerni IDE – kontrollerga ega, bundan tashqari ultra zamonaviy Extra Serial ATA portiga (to’g’ri komplektda kabeli faqat bitta) (aytmoqchimanki men bu standart uchun diskavodni ham ko’rganim yo’q).
Fire Wire (IEEE 1394) 400 Mbit/sek ikkita portiga. 10/100 lan integrallashtirilgan tarmoq kartasi, o’rnatilgan olti kanallli ovozga va xatto oltita USB 2.0 portiga egadir. Mana sizga materinskaya plata. Yana bir qator kichik qo’shimchalari mavjud: POST tadbiridan o’tishda xatolarni raqamlar bilan ko’rsatib turuvchi LED-displeyidan indikator, va nihoyat benetooth radiointerfeys bloki. Tasavvur qila olayapsizmi benetooth interfeysiga ega (foto videokamera, boshka yana nimalar bilan deysiz) printer bilan komplektda, shnurlari va kabtllarini gapirishning ham keragi yo’q.
Shunday qilib hammasi tartib bilan, qutisi juda chiroyli xatto Britaniya qirolichasiga sovg’a qilsa ham bo’ladi. Plataning o’zi juda e`tiborga loyiq, hammasi batartib va chiroyli. Chipsetni sovutib turuvchi tiniq plastikli kuler e`tiborni o’ziga tortadi. Keyin ma`lum bo’lishicha u yana ichidan och - ko’k rangda nur sochib turar ekan. Ishlash bo’yicha qo’llanma albatta, o’z ingliz tilida yozilgan, lekin umuman hammasi tushunarli. Shnurlar alohida qiziqish uyg’otadi. Serial ATA kabelini biz umuman birinchi bor haqiqiysini ko’rib turibmiz – kichkina, juda ixcham (to’g’ri sinab kurishning iloji yo’q) UDMA – 133 kabeli esa umuman hayron qoldiradigan darajada (dahshat). Gap shundaki hozirgi kompyuterlar ichida ancha issiq, IDE shleyf – lentalar korpus ichida havo aylanishiga imkon bermaydilar, yana UMDA 133 ning yuqori chastotaliligi uchun shleyfni ekran bilan himoyalavshga to’g’ri keladi (to’siqlar halaqit qilmasligi uchun). Shunday qilib, komplaekda UDMA 133 shnuri ham bor edi, u guyoki trubka ichiga joylashtirilgandek, havo ham aylanadi, ekran ham bor. Personalь kompyuterni yigish hech qanday qiyinchiliksiz o’tdi. Uning unumdorligi haqida hech narsa deya olmayman, platani maxsus testdan o’tkazmadik (undan tashkari Pentium 4. 3,06 GGts protsessorlari yuk edi). Lekin plata hujjatlarda ko’rsatilgan hamma narsani bajara oladi, deb ayta olaman. Аytish esimdan chiqibdi bu “go’zal” 130$ turadi, albatta, Toshkentda emas. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling