USB 2,0 (Universal Serial Bus 2,0) universal ketma - ket (tashqi) shinaning 2,0 versiyasi. Yangi spetsifikatsiyaning ilgarigi USB 1,1 versiyasiga nisbatan asosiy afzalligi shaxsiy kompьyuter va tashqi qurilmalar o’rtasidagi aloqa vositalari o’tkazish chizig’ini ancha kengaytirishni ta`minlaydi, aynan 12 Mbit/sek dan to 480 Mbit/sek gacha kengaytiriladi, bu esa skanerlar bilan, tashqi tulovchilar bilan, raqamli foto va videokameralar bilan ishlashda samaradorlikni ancha oshiradi. Yangi spetsifikatsiya yangi portlar bilan ishlaydigan (oldingi o’tkazuvchanlik qobiliyati bilan) mavjud USB - qurilmalar bilan bir-biriga mos tushadigan bo’ladi.
RAID (Redundant Aray of Inexpensive Discs)-“RАYD” arxitekturasi (arzon diskli ZU lardagi rezervli massivlari). Bu texnologiya biror - bir to’lovchining ishdan chiqishi sodir bo’lganida ma`lumotlarni himoya qilishni ta`minlash uchun va shu bilan ishdagi uzilishlarni bartaraf etish uchun yaratilgan, masalan lokal tarmog’ini (LAN). Bu imkoniyat ma`lumotlarning ko’pligi hisobiga amalga oshiriladi.
Ushbu arxitektura maxsus PO yordamida bir vaqtning o’zida ikki va undan ko’p disklar bilan yuqori tezlikda ma`lumotlar uzatishga erishishga imkon beradi. Shu bilan birga kompyuter bir necha diskka baravariga yozadi va o’qiydi, demak unumdorlik samarasi oshadi.
Yuqori sifatli video yozish uchun foydalaniladi, hamda yuqori ishonchlilik tizimlari va ma`lumotlarni ehtiyot shart saqlashda ishlatiladi.
Mirroring - (aksini ko’rsatish) qaytarish, nusxa olish. Ehtiyot shart nusxa olish hisobiga ma`lumotlar saqlanishi ishonchliligini oshirish usullaridan biri.
Bir konrollyorga kamida ikkita HDD (asosiy va nusxa olish) ulanadi. Maxsus PO bir vaqtning o’zida ma`lumotlarni ikkala diskka yozishga imkon yaratadi. Uni o’qishda kontrollyor faylni bir qismini goh birinchi, goh ikkinchi to’plovchidan navbatma - navbat oladi. Biror - bir HDD da xato bo’lsa, ma`lumotni boshqasidan oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |