Linuks operatsion tizimi tarixi (muallif: Ilhom Teshaboyev)


CD-ROM haqida ikki og’iz suz


Download 1.13 Mb.
bet18/29
Sana09.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1179944
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
Linuks operatsion tizimi tarixi

CD-ROM haqida ikki og’iz suz.

Xar bir zamonaviy kompyuterda CD-ROM diskovod bo’lishi kerakligini menimcha, hamma bilsa kerak.


CD-privodlar ishlab chiqarish texnologiyasi o’zining yuqori nuqtasiga ko’tarildi, shuning uchun biz kompyuterga aynan qaysi CD-ROMni qo’yishni o’ylab o’tirmasak ham bo’ladi. Deyarli hamma diskovodlarda tezligi bugungi kunda 52-X ni tashkil etadi, bu esa juda ham etarli. Аmmo disketlarning hajmi ko’pchilik hollarda komppyuterdan kompyuterga ma`lumotlarni ko’chirib o’tish uchun kamlik qiladi. USB flash drive dan foydalanish mumkin, ammo uni shunchaki kimgadir berish mumkin emas, balki ma`lumotlarni albatta «kuyish» kerak. Аgarda arxiv qilish yoki fotosuratlar albomi bo’lsachi, unda nima qilish kerak. HDD ham ma`lumotlar saqlash uchun ishonchli qurilma emas. Bunday holatda bugungi kunda yagona to’g’ri yo’l bu kompyuterga CD-RW diskovodiniurnatishdir, unda o’qish ham mumkin, bir marta yozish bilan CD-R diskiga yozish mumkin, CD-RW disklariga yozish-qayta yozish mumkin. CD-RW diskovodlarining narxi 60 dan 90$ tashkil qiladi (CD-ROM diskovodining narxi taxminan 35$).
Diskovodlarning narxi uning o’qishi, yozishi, yozishi - qayta yozishi (va albatta ishlab chiqaruvchi) tezlik xarakteristikalariga bog’lik bo’ladi. CD-RW eng tezkor diskovodlar 48X24X48 parametrlarga ega (shuning uchun ularni qo’rqmasdan “jivopistsy-jivo pishut”, tez yozuvchilar deb atash mumkin). Tarqatuvchilarning narxlari: CD-R (bita marotaba yozish uchun) - bir dollardan arzon) CD-RW uchun esa (ko’p marta yozish - qayta yozish) ikki dollar atrofida turadi. Аgarda siz kamroq yozsangiz - qayta yozsangiz, unda katta bo’lmagan tezlikka ega CD-RW ni tanlashingiz mumkin va bir oz tejab qolasiz, oxirgi paytlarda DVD-ROM diskovodlari paydo bo’la boshladi, ular oddiy CD kabi va DVD kabi o’qishlari mumkin, bu kompyuterda DVD video standartli filmlar ko’rishga imkon beradi. Lekin yanada yangi CD-RW+DVD-ROM diskovodlari juda ma`qul hisoblanadi, ular CD va DVD disketlaridan ukiy oladi, hamda CD-R, CD-RW diskovodlarida yozadi va yozib- qayta yozib ola - oladi. Ular tezkor xarakteristikalilari 90-100$ atrofida turadi.
Shuni ham esda tutish kerakki yozish va qayta yozish tezligi faqatgina diskovodga bog’lik emas, disklarning o’ziga ham bog’lik bo’ladi, ularning idishiga yozish tezligi ko’rsatilgan bo’ladi. Bugungi kunda Verbatim ishlab chiqaradigan 12X tezlikka ega (xatto 20X ham bor) (CD-R, CD-RW) disketlari yoki Emtec (BASF) disketlari eng yaxshisi hisoblanadi. Shpindelida nomi yuk, yuztadan bo’lgan disklar ham yozadi,lekin juda sekin (va har doim ham emas).





Yozishning o’rtacha vaqtini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin: 74 minutni (650Mbaytli disk) yoki 80 minut (700 Mbaytli disk) diskovodning harakteristikasiga bo’lasiz (disk ham mos kelishi sharti bilan) plyus ikki minut «finalizatsiyaga».


Masalan, diskingiz CD-R hajmi 650 Mbayt, diskovodning o’qish tezligi 24X, unda butun diskning yozishi vaqti quydagicha hisoblanadi: 74 min/24+2min=taxminan 5 minut.
Bu usuldan CD-RW disklarida ham foydalanish mumkin, lekin format kilish vaqtini ham qo’shish kerak bo’ladi.
Ishlab chiqaruvchilar haqida. CD-RW diskovodlari ishlab chiqaruvchilaridan eng yaxshilari quyidagilar hisoblanadi: NEC, Teac, Plextor, ASUS, Mitsumi.
LG, Samsung, SONY, Panasonic ishlab chiqargan diskovodlar ham yomon ishlamaydi.
MSI kompaniyasi ham diskovodlar ishlab chiqarishni boshladi. shunday qilib xohlasangiz o’z kompyuteringizning hammasini ASUS yoki MSI bazasida yig’ishingiz mumkin.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling