Linuks operatsion tizimi tarixi (muallif: Ilhom Teshaboyev)


Korpus, klaviatura, sichqoncha


Download 1.13 Mb.
bet19/29
Sana09.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1179944
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
Linuks operatsion tizimi tarixi

Korpus, klaviatura, sichqoncha

Ma`lumki korpuslar uch turda bo’ladi: «yotgan holda» - desktop, turgan holda-mini tower va turgan holda-middle tower, zamonaviy kompyuter uchun eng ko’p tarqalgan va qulay korpus aynan middle tower hisoblanadi. Korpusning quvvat manbayi bloki kompyuterga kiruvchi hamma qurilmalar iste’mol qiladigan quvvatni ta`minlab berishi kerak (monitordan tashqari - u alohida ulanadi). Bugungi kunda blok pitaniya iloji boricha 300W kuvvatga ega bulishi kerak, lekin past chastotali protsessorlar va past tezlikka ega HDD lar (u agarda bitta bo’lsa) va CD-RW mavjud bo’lmasa blok pitaniya 250 W bo’lishi ham mumkin. Korpus na faqat chiroyli balki qulay ham bo’lishi kerak. Yon tomonllari oson va alohida olinsa va ularda havo yaxshi aylanishi uchun teshiklari bo’lgani yaxshi. Pentium 4 yukori chastotali protsessorlar va ayniksa Athlon bazasida, bir necha HDD,CD-RW dan foydalanilgan va kuchli videokartaga ega juda ham ko’p qurilmalar qaratilgan kompyuterlarda issiq havoni tashqariga haydash uchun albatta qo’shimcha ventilyator(lar) urnatish kerak. Bunday ventilyatorlar uchun deyarli hamma zamonaviy korpuslarda o’rnatish joylari ko’zda tutilgan (ba`zalarida esa ventilyatorlar o’zi ham o’rnatilgan).







Yomon korpus bugungi kunda taxminan 25$ turadi, ular yupqa ishlangan (u dirillab turadi) va blok pitaniyasi yomonroq. Bugungi kunda yaxshi korpus 40-45$ turadi. Аgarda korpusning old tomonida USB raz`yomi bo’lsa u juda qulay bo’ladi, unda kompyuterni turgan joyidan qimirlatib o’tirmay osongina raqamli fotokamerani ham va yana bir boshqa narsani ham bemalol ulasa bo’ladi. (USB raz`yomi odatda korpusning orqa tomonida bo’ladi).


Kompyuter klaviaturasi bugungi kunda odatda PS/2 interfreys bo’ladi, lekin hozir USB interfeysi ham uchrab turadi, xatto simsiz ishlaydiganlari ham (odatda radio). Toshkentda sotiladigan klaviaturalardan Genius kompaniyasi ishlab chiqargan klaviaturalar yaxshi hisoblanadi. Klaviaturaning klavishalari nisbatan yumshoq, uning asosi esa mustahkam bo’lgani yaxshi, tekst terilganda egilib ketmaydi.




Klaviaturada agarda kaftni qo’yish joyi bo’lsa juda qulay bo’ladi (qo’llar kamrok charchaydi). Kimki juda ko’plab tekstlar yozadigan bo’lsa (ergonomik) klaviatura haqida o’ylab ko’rgani yaxshi, u katta hajmga ega ko’rinishda bo’lib va ikki bo’lakka ajratilgandek tashkil topgan (uni Mikrosoft kompaniyasi ishlab chiqqan, lekin uxshashlarini ko’pchilik ishlab chiqaradi).





Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling