Linuks operatsion tizimi tarixi (muallif: Ilhom Teshaboyev)


O’z shaxsiy kompyuteringni o’zing yig’ -I (muallif: Aleksandr Suchkov)


Download 1.13 Mb.
bet5/29
Sana09.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1179944
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Linuks operatsion tizimi tarixi

O’z shaxsiy kompyuteringni o’zing yig’ -I (muallif: Aleksandr Suchkov)


nashr etildi: 21-03-2003 | rukn: Sharh va fikr-mulohazalar





Аyrimlar «sof insoniy» sifatlarni jonivorlarga ham xos xislat deb ko’rsatishni yaxshi ko’radilar. Masalan, mushuklar haqida gapirganda, bu jonivorlarning takobirligini nazarda tutib, ular: «o’z xohishiga ko’ra istagan erlarida yuraveradilar» - deb aytamiz, bunda mazkur jonivorning biror narsani tanlashda juda mustaºil va hech qanday buyruqni yoki insonlar tomonidan turli tarbiyaviy harakatlarga o’rgatishni tan olmasligini nazarda tutamiz.


Аslida esa odam «o’z bilganicha yashaydi, xohlagancha yuradi» (uchadi, suzadi), ya`ni o’zi (anglab etib) ongli ravishda istaganini tanlaydi, mushuk esa har holda idroki bilan emas, balki «jonivor» instinkti bo’yicha harakat qiladi. Misol uchun kompyuterni olaylik. Bundan 10 -12 yillar avval barcha ishlab chiqaruvchi mamlakatlar tayyor kompyuterlarni haridorlarga taklif etganlar, ayniqsa, Аrrse kompaniyasi, agarda esingizda bo’lsa, bu kompaniyaning (logotipi) savdo belgisining yuqori qismida o’ng tomonidan tishlab qo’yilgan rangli olma rasmi tasvirlangan edi. Shu sababli ba`zan uni «tishlangan kemtik olma» deb atashgan. Biroq bu nom unga aslo to’g’ri kelmaydi, chunki ishlab chiqargan kompyuterlari juda ham yaxshi bo’lgandi. Ularni modifikatsiyalashtirishning hech qanday imkoniyati bo’lmagan, OS (operatsion sistemasi) oldindan o’rnatilgan, monitori, klaviatura va sichqonchasi, ba`zan printeri ham firmaning o’ziniki bo’lgan. Barcha modellari juda aniq haridorga taklif etilgan, agarda Sizning kompyuteringiz masalan, faqatgina ilmiy hisoblash ishlari uchun mo’ljallangan bo’lsa, unda Sizga musiqa tinglash va boshqa bir multimediyalardan foydalanishning hech qam imkoni bo’lmaydi. Bu kompyuterlarda faqatgina avvaldan belgilangan ishlarnigina bajarish mumkin edi. Boshqa hech bir operatsiya bajarib bo’lmasdi. Lekin baxtimizga erkin ijod kabi tushunchalar bor.
Hozirgi kunga kelib, (shuni aytish kerakki, iste`molchilarning talablarini inobatga olgan holda ) kompyuter ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi barcha mamlakatlarda ko’plab turdagi kompyuter qismlarini ishlab chiqarishmokda. Ularni faqatgina to’g’ri tanlab olish, bir - biriga ulash, mustahkamlash kifoyadir. Sizning shaxsan o’zingiz tanlab, yig’ib olgan kompyuteringiz ishga tayyor bo’ladi (uni o’zingiz o’z xohishingizga qarab tanlab «shaxsan» yig’ganingiz uchun bo’lsa kerak bugungi kunda Shaxsiy kompyuter deb ataladi.).
Bu maqolani yozishdan maqsad – ShK shaklini, imkoniyatlari va ishlab chiqaruvchilariga qarab, barcha qismlarini to’g’ri tanlab olishda (biroq umuman olganda uni xatto yigib olishingiz mumkin.) o’z kompyuter olamingizning ijodkori bo’lib qolishingizda Sizga yordam berishdan iborat, chunki kompyuterlar texnologiyasida uning qismlari bilan bir yil bo’lsa ham shug’ullanmagan inson rivojlanishdan ancha ortda qolib ketadi, lekin bu holni tuzatish mumkin.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling