Linuks operatsion tizimi tarixi (muallif: Ilhom Teshaboyev)


Hyper – Threading texnologiyasi yoki bir SRU doirasida “ikki protsessorlik”


Download 1.13 Mb.
bet8/29
Sana09.02.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1179944
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
Linuks operatsion tizimi tarixi

Hyper – Threading texnologiyasi yoki bir SRU doirasida “ikki protsessorlik”



Intel korporatsiyasining aytishicha, bu texnologiyasi (2002 yilning 14 noyabrida rasmiy ravishda e`lon qilingan) oz emas ko’p emas, balki “ahamiyati bo’yicha 386\387, Pentium yoki Pentium pro protsessorlari yangi mikroarxitekturasi paydo bo’lishi kabi ilgarigi voqealar teng hisoblanagan Inteldan navbatdagi mikrorevolyutsiya hisoblanadi. Biz davr voqeasi guvohlari bo’ldik. Аynan shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchi keng ommaga multiprotsessorning kirib kelishining guvohi bo’ldik” (Аleks Karabuto). Oddiy qilib aytganda Hyper – Threading texnologiyasi bir protsessorning ishlashini u ikkita “shartli” protsessorning bir vaqtda ishlayotgani kabi “tashkil” etib beradi. Bizga allaqachon (masalan menga Pentium 4 dan boshlab) ish joyi uchun personal kompyuterlar uchun ikki protsessorli konfiguratsiyalar ma`lum, ya`ni bitta “materinskaya” platada ikkita protsessor turishidan xabarimiz bor.


Biz zamonaviy operatsion sistemalarda (bugun xatto Microsoft Windows turkum oilasi uchun ham multizadachnost (ko’p masalalarni bir vaqtning o’zida bajarish) vazifalari mumkindir, OS Linux yoki Unix ga o’xshashlarning boshidan ko’p masalaligini aytmasa ham bo’ladi ) xatto odddiy ofis dasturlarida bir vaqtning o’zida matn muharririda bir necha hujjatlarni tahrir qilish, jadval va ma`lumotlar lokal bazasida ishlar olib borish (Excel va Access), printerda xujjatlarni chop etish, elektron pochta bilan ishlash va kimningdir Web-saytini kurib chikish mumkin va bu jarayonlar «bir tekisda», doimiy qum soati paydo bo’lishlarisiz olib boriladi. Bu esa hamma vazifalarning bir nechasi baravariga va bir vaqtda bajarilishi mumkinligi bilan ifodalanadi.



Ilgari bitta protsessor (bu rasman shartli ravishda bo’lsa ham) bir vaqtning o’zida, aytaylik bir masalani bajara oladigan edi. Shuning uchun mutaxassislar Intel Pentium yoki АMD Athlon XP bazasida ishlovchi, nisbatan qimmat bo’lmagan ikki protsessorli stantsiyalarni yiqqanlar. Ha, to’g’ri men yanglishganim yo’q, aynan XR. Аgarda yanglishmasam Athlon XP 1600 gacha (balki shuning uchun ham ularni kunduzi chiroq yoqib topa olmaymiz).


Birinchi bo’lib АMD marketologlarining aqllari ishlab qoldi, ular arzon bo’lgan Athlon XPlarda ko’p protsessorlikni ta`minlashni (aslida esa ikkiprotsessorlikni) “o’chirib” qo’ydilar va sotuvga ancha qimmatroq (balki qandaydir unumdorlikka egadir) Athlon MP protsessorlarni taklif etdilar (MR- ko’p protsessorlilikni bildiradi).
Buning natijasida hozirgi kunda АMD Athlon MP 1600 protsessori 118 $ turadi, xuddi shunday, lekin “delyonniy” (kesilmagan) Athlon XP 1600 –56 $ turadi. Narxlar roli rosa ikki barobar qimmat. Umuman hammasi АMD da ishlovchi inson farovonligi uchun. Intel da ikki protsessorlik bo’yicha yana ham chigal vaziyat yuzaga kelgan.
Pentium 4 dan boshlab (Willamette yadrosi ham, Northwood yadrosi ham) ko’p protsessorlilik ta`minlanmagan. Faqatgina serverlar va ishchi stantsiyalar uchun mo’ljallangan Intel Xeon (Foster (Willamette) protsessor yadrolari yoki Prestonta (Northwood)) qimmat professional protsessorlarida ikki protsessorlik ta`minlandi. (Intel Xeon MR protsessorida- turttagacha protsessorlar). Аna shu holatda Pentium 4 da ikki protsessorlik protsessor raz`yomi darajasida “uzib” qo’yilib erishilgan. (ba`zi bir natijalar oddiy izolyatsiya qilib qo’yilgan), shuning uchun ishchi stantsiyalarni hamma uchun eski (lekin juda yaxshi, sifatli) Pentium !!! bazasida yig’ishga to’g’ri keldi.



Yana yangi Hyper – Threading texnologiyasiga qaytadigan bo’lsak, yana bir narsa ma`lum bo’ladiki, u hech qanaqa yangi emas, chunki Hyper – Threading ishlashini ta`minlovchi hamma kerakli apparatni bloklar Northwood (ishlab chiqarilishi boshlanishi-2002 yil yanvar) yadrosidagina mavjud bo’lmay, balki ancha “qadimgi” Pentium 4 ning Willamette 0,18 mkm protsessor yadrosida hamma mavjud bo’lgan, bu protsessor 2002 yilning yanvar oyidan e`lon qilingan. Xali eslayman, Intel ning Toshkentdagi bahorgi seminarida men yangi R4 ikki protsessorlik konfiguratsiyani ta`minlanmasligini eshitib hayron bo’lgan edim. Intelning vakillari bu masala bo’yicha hech narsa aytishni istamadilar, nima uchun ular hech gap aytmaganlarini keyin hayot ko’rsatib berdi. Men sizga aytsam 2002 yilning 14 noyabridan Pentium 4 3,06 GGts protsessoridan boshlab Hyper – Threading texnologiyasi oxiri ish joyi personalь kompyuterlari dunyosiga ham kirib keldi, uning narxini hisobga oladigan bo’lsak (taxminan 600$) u bizga hali zamon etib kelishini o’ylamasa ham bo’ladi. Hyper – Threading texnologiyasining fizik xususiyati shundan iboratki, protsessor kristaliga bir necha kichik bloklar qo’shimcha qilinadi, ular bitta mavjud protsessorga (bir konveerli va L2 ikkinchi darajasini kesh xotirali) operatsion sistemada ikki logik protsessorlar kabi tanib olish va ishlash imkonini beradi, ya`ni ikkita shartli ravishda mavjud turli protsessorlar o’rnini bosadi.





Imkoniyatlarning asosiy qismidan ushbu vaziyatda birgalikda foydalaniladi, lekin ba`zilari takrorlanadi (nusxa olinadi) va ajratiladi. O’ylab chiqilishicha, kristall hisoblash imkoniyatlarini ikkita «logik» protsessorlar o’rtasida bo’lib bir vaqtning o’zida ikki masalani ishlab chiqadi. Hyper – Threading texnologiyasi birinchi masala bilan mashg’ul b¢lmagan resurslarni ikkinchi masala instruktsiyalarini bajarishda ishaltish yo’li bilan protsessor ishsiz qolishi vaqtini kamaytirishga yordam beradi.


Аmmo protsessordan ikkita parallel masalalarning birgalikda foydalanishi ko’p jihatdan dasturiy ta`minlanganlikka bog’liq bo’ladi. Ko’plab zamonaviy Hyper – Threading texnologiyasidan foydalanganda harakatlanish tezligi 20-30 foizga usishiga erishishga imkon beradi, ba`zi qo’shimchalarda esa 60-70 foizgacha ortadi. Аmmo ba`zi qo’shimchalarda Hyper – Threading ni kullash tizimining ishlashi xatto sekinlashishi ham mumkin. Umuman olganda esa Hyper – Threading ning mahsuldorligining o’sishi yuqori taktli chastotalarda ancha sezilarli bo’ladi (bir qo’shimcha xotiradan ma`lumotlar kelishini ko’rib turgunicha, boshqasi protsessor resurslaridan foydalanishi mumkin). Balki shuning uchun ushbu texnologiyani Intel aynan 3,06 GGts protsessorlaridan boshlab qo’llashni amalga oshirilgandir.



Hyper – Threading texnologiyali yangi Intel protsessorlarini siz qo’llay olishingiz uchun quyidagi shartlarni bajarishingiz kerak:


• Tizimli platalarda shu texnologiyani ta`minlovchi va 533 MGts-850E , 845RE, 845GE, 845GV, 845E (yangilangani VYuS) va 845G yangi nomi (stepning V) Intel mikrosxemalari to’plami qo’llanilgan bo’lishi kerak. Boshqa ishlab chiqaruvchilarda ham yaqin oradabu texnologiyani ta`minlovchi tizimli logikalar to’plami paydo bo’lsa kerak (Hyper – Threading dan foydalanish litsenziyasi bepul). Plata yangilangan BIOS va kerakli drayverlarga ega bo’lishi kerak.
• Tizim Hyper Threading dan foydalanish uchun moslashtirilgan operatsion tizim bilan boshkarilishi kerak. Bu ish MS Windows XR (Rgo va NE ) va Linax 2,4x dasturida tulaligicha amalga oshirilgan, lekin Windows 2000 dasturida bu texnologiyadan foydalanishda bir oz kiyinchiliklar mavjud (bir qator masalalarni bajarish xatto sekinlashmokda).
Hyper Threading texnologiyasi haqida www ferra. gu saytida to’la ma`lumot olish mumkin. Men esa bu texnologiya biz uchun uzoq kelajakda deb tasavvur qilaman, chunki bu texnologiyani ta`minlovchi yagona 3,06 GGtsli Pentium 4 taxminan 600$ turadi. Bu mablag’ga esa АMD Athlon MP ikki protsessorini va sistemali ikki protsessorli platani ham sotib olish mumkin. O’sha kunlar ham kelar, ko’ramiz.






Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling