12.2. Kolloid eritmalarni elektr va kinetik xossalari
Kolloid eritmalarda zarrachalarning shakli va o’lchami har xil bo’lib, ularda sodir bo’ladigan molekulyar - kinetik hossalari chin eritmalarnikiga nisbatan passivroq bo’ladi.
Diffuziya, Broun harakati, osmos va sedimentatsiya xodisalari kolloid eritmalar molekulyar - kinetik hossalarining asosini tashkil etadi.
1827 yili ingliz botanigi R.Broun gul changining suvda tarqal-ganligini mikroskop yordamida kuzatib, gulning chang zarracha-lari eritmada uzluksiz, tartibsiz harakat qilayotganini aniqladi.
Broun harakati zarrachalar o’lchami kichik bo’lsa kuchli, zarra-chalar o’lchami yiriklashgan sari, harakat kuchsizlanib to’xtaydi.
1.Bir zarracha broun harakatining sxemasi.
Kolloid eritmalarda zarrachalar soni malum hajmda chin eritmalarga nisbatan kam bo’lgani uchun ularda osmotik bosim kichik bo’ladi. Osmotik bosimni aniqlash bilan ularning molkulyar massasi aniqlanadi.
Donnan birinchi bo’lib colloid eritmaning osmotic bosimini aniqlagan. U eritmalarning osmotic bosim eritmaning konsentrasiyasiga emas balki elektrolitning ikki tomonda notekis tarqalishiga bog’liq bo’lishini isbotlagan. Vaqt o’tishi bilan elektrolit ionlari o’ngdan chap eritmaga o’ta boshlaydi va bu ionlar x bilan belgilanadi. Colloid anion o’zgarmaydi.
Natijada eritmalar muvozanatga kelganda sistema quyidagi ko’rinishga keladi.
2.rasm.Donan membrana potensiali
Donan membrana muvozanati liofob colloid va yuqori molekulyar eritmalarning osmotic bosimini aniqlashga keng qo’llaniladi. 1
Nefelometr. Kolloid eritmalarning kontsentratsiyasi va undagi zarrachalarning o‛lchami aniqlanadigan asbob nefelometr deyiladi.
Nefelometr (43-rasm) ikkita bir xil silindrik shisha idishdan iborat bo‛lib, biriga kontsentratsiyasi ma’lum standart zol, ikkinchisiga kontsentratsiyasi noma’lum zol to‛ldiriladi. So‛ngra ikki silindr yonidan yorug‛lik nuri o‛tkazilganda Tindal konusi hosil bo‛ladi. Zollardan sochilayotgan nur asbobning yuqori qismidagi oynaga tushadi va u okulyar orqali kuzatiladi. Okulyar ko‛zgusi doira shaklida bo‛lib, teng ikkiga bo‛lingan, uning bir yarmini standart eritmaning nurlari yoritsa, ikkinchi yarmini aniqlanadigan moddaning nurlari yoritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |