Liston davlat universiteti
O’tilgan mavzu bo’yicha savollar
Download 1 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-mavzu: Musulmonlik haq – huquqlari va vazifalari Reja
O’tilgan mavzu bo’yicha savollar
1. Islom dinining ilmga munosabati qanday? 2. Ilm to’g’risidagi oyatlardan keltiring. 3. Ilm to’g’risidagi hadislardan keltiring. 4. Islomda diniy va dunyoviy ilmla uyg’unligi qanday? Adabiyotlar: Jo‘raev U., Saidjonov I. Dunyo dinlari tarixi. – T.: 1998. 105-109-bb. Qur’oni Karim. – T.: 2001. –544 b. Islom. Ensiklopediya. – T.: 2004. -313 b. Muhammad Sodiq Muhammad YUsuf. Imon. – T.: 1992. 10-31; 28-148-bb. Qur’on hikoyatlari. – T.: 2002. Mavlyanov U. «Islom dini asoslari va ma’naviyati» kursidan o‘quv-uslubiy majmua. – Guliston: 2007. 28-35-bb. Xoluq Nurboqiy. Qur’oni karimning ilmiy mo‘‘jizalari. – T.: 1999. Muhammad ibn Muhammad al-G‘azzoliy. Ihyou ulumid-din. Ilm kitobi. Birinchi kitob. – T.: 2003. 119-145-bb. Islomiyat va ilm. – T.: 2004. 3-36-bb. 10-mavzu: Musulmonlik haq – huquqlari va vazifalari Reja: Ota – ona hamda farzandlarning haq-huquqlari va vazifalari. Davlat rahbarlari va ra’iyatning haq – huquqlari, vazifalari. Musulmonlarning haq – huquqlari va vazifalari. G’ayridinlarning haq – huquqlari va vazifalari. Alloh taolo shariatning ezgu buyruqlarida adolatga rioya qilish hamda har bir haq – huquq egasining haqini kamsitmay va oshirib ham yubormay ado etishni lozim deb hisoblagan. Adolat nomi bilan payg’ambarlar yuborilgan, Alloh kitoblari nozil bo’lgan, dunyo va oxirat ishlari bayon etilgan. Adolatning mazmuni – har bir haq egasining haqini berish, har bir insonni o’z maqomiga qo’yish uning insoniy haq huquqlarini ado etish demakdir. Bu haq – huquqlar Islom ulamolari ta’rifi bo’yicha o’nta bo’lib, ular quyidagilardan iborat: Alloh taoloning haq – huquqlari; Payg’ambar alayhissalomning haq – huquqlari; Ota – onaning haq – huquqlari; Farzandlarning ota – onalardagi haq – huquqlari; Qarindosh urug’larning haq – huquqlari; Er – xotinning haq-huquqlari; Hokimiyat va raiytning haq-huquqlari; Qo’shnilarning haq-huquqlari; Musulmonlarning haq-huquqlari; G’ayridin xalqlarning haq-huquqlari. Har bir kishi ota-onasining farzandlaridagi haqini inkor etolmaydi. Ota-ona bolaning vujudga kelishi sababchisi bo’lgani uchun ham ularning farzandlik haqlari bor. Ota-ona bolani yoshlikdan ardoqlab avaylab o’stiradi, uning rohati uchun qayg’uradi. Qur’oni Karimda: “Insonga ota-onaning xizmatini ado etishni buyurdik, onasi uni kundan kun og’irlashib borayotganida mashaqqat bilan o’z qornida ko’targan, sut emizish davri esa ikki yil, menga va ota-onaga shukur qil va mening huzurimga qaytarsan” deyiladi. Alloh Taolo Qur’oni Karimda ota-onani hurmat qilish va ularni qadriga yetishni,buyuradi. Farzandga odob axloq o’rgatish, uni kasb-hunarli qilib tarbiyalash, balog’atga yetsa, qiz bo’lsa kuyovga uzatish, o’g’il bo’lsa o’ylantirish kabi sermashaqqat vazifalarni bajaradi. Quroni Karimda: “Parvardigoring hukm chiqaradiki, faqat unga ibodat qilgaysan va ota-onaga yaxshilik qilgaysan, agar ulardan biri yoki ikkovi sening huzuringda keksayib kuch quvvatdan ketsa, ularni jerkima va ularni malol olma, ularga muloyim va yumshoq so’z ayt, rahmdillik yuzasidan ular oldida kamtarinlik qil va “kichikligimdan meni tarbiya qilganlari parvardigor ularni o’z rahmatingga ol, deb duo qil” Ota-onaning haqlarini bajo keltirish esa, ularga xoh so’z bilan, xoh fe’l bilan yaxshilik qilishdir, xoh ashyo, xoh gap bilan ularning dillarini shod qilish. Agar sen o’z ota-onangga xizmat qilgan bo’lsang, sen ham qariganingda bolalaring xizmatini ko’rarsan. Agar kimki o’z ota-onasiga oq (gunohkor) bo’lgan bo’lsa uning bolalari ham unga oq bo’ladilar. Chunki hadisi sharifda aytilganki, kimki birovga zulm qilgan bo’lsa o’zi ham bir kun shu zulmga uchraydi. Ota-onaga yaxshilik qilishni va ularning xizmatlarini ado etishni Rasululloh sallAllohu alayhi va sallam Alloh yo’lida qilinadigan g’azot (jihod) bilan tenglashtirilgan. Har bir farzand keksayib qolgan onasi yoki otasining xizmatini bajo keltirsa, Alloh yo’lida islom uchun xizmat qilayotgan fozillar bilan barobar ajr va savobga ega bo’lar ekan. Sahih al-Buxoriyda Abdulloh ibn Ma’sud raziyallohu rivoyat qildilar: “Hazrat Rasulullohdan so’radim: “Allohga qaysi amal ma’qulroqdir?” Rasululloh: “Ota-onaga yaxshilik qilish”, dedilar. Men: “Yana qaysi amal?” deb so’radim. Rasululloh: “Alloh yo’liga g’azot qilish”, dedilar. Shu asnoda bir kishi kelib, g’azotga chiqishga Rasulullohdan ruxsat so’radi. Rasululloh: “Ular xizmatini qilsang g’azot qilgan bo’lasan”, dedilar” “Sunani Abu Dovud”da quyidagi hadisi sharif keltirilgan Ansoriylardan yana bir kishi kelib: “Yo rasululloh! Ota-onam o’kib ketgandan keyin ham ularga yaxshilik qilishim kerakmi?” – dedi. Rasululloh: “Oriyja 4 narsa bilan xizmat qilishing kerak.” Biri ularning haqiga duo qilish, istig’for aytish, ularni ahd va va’dalarini bajarish, ularni do’stlarini hurmat qilish va qarindoshlar oralarini yaxshilash. Mana shular ota-onangning o’lganlaridan keyin senga qolgan haqlaridir”, dedilar. Shariatda ota-onani hurmat qilish g’oyasi ktng targ’ib qilinishining hikmati shuki, ota-onaga farzabdbibg itoat qilishi natijasida farzand odobli va intizomli bo’lib o’sadi. Intizom esa kishining butun umri bo’yi kerak bo’ladigan yaxshi xislatidur. Bolaning ota-onaga itoat qilishi lozimligi har bir ota-onaning o’ziga ham qo’shimcha vazifalarni yuklaydi. Ota-onaning oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytiradi va bola oldida o’zlarini ma’lum yuqorilikda tutishga majbur qiladi va bolasidan ko’ra bilimdonroq va kasb-hunarda yuqoriroq bo’lishga da’vat etadi. Hozirgi zamonimizda nisbatan tezlik bilan taraqqiyot cho’qqilariga chiqib borayotgan Janubiy-sarqiy Osiyo mamlakatlarining tajribasida shuni ko’ramizki, u yerdagi xalqlar qadimdan o’z ajododlari va ota-onalarini hurmat qilish odatiga o’rganganlar, bu ularning intizomli bo’lib tarbiya olishiga imkon yaratgan. Shuning uchun jahon olimlari bu haqiqatga o’z diqqatlarini qaratib kelmoqdalar. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling