Liston davlat universiteti
Download 1 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi
3. Safar dar vatan (vatanda, o’z yerida turib safar qilish) – solikning yomon ahloqdan yaxshi xulqqa, bashariy sifatlardan ilohiy sifatlarga yo’nalishi. Darvish bir murshidi komil topgunga qadar jismonan sayohat qilishini bildiradi. Naqshbandiylar fikricha, sayru suluk chog’ida solikni umidsizlikka tushirib, qiyinchilik keltirib chiqargani uchun murid murshidi komil topgach sayohat qilmasligi maqsadga muvofiqdir. Bu tamoyil sayru suluk martabalarini bosib o’tishni o’zida mujassam etadi;
4. Xilvat dar anjuman (jamoat ichida turib yakkalanish) – zohirda xalq bilan, botinan Haq bilan birga bo’lish. Solik moddiy borlig’i bilan xalqqa aralashib, turli bashariy va ijtimoiy faoliyatlarda qatnashib, hayot talab qilayotgan amallarni ijro etayotib, qalban doimo Allohning huzurida ekanini bir lahza bo’lsa-da, esdan chiqarmasligidir. Bu hol doimiy zikr ma’nosini ham bildirib, zikrda erishiladigan eng oxirgi bosqich – maqomdir. Bahouddin Naqshband Naqshbandiyaning tamalini «xilvat dar anjuman» tashkil etishini ta’kidlagan. «Xilvatda shuhrat bor, shuhratda esa ofat bor» deya Naqshbandiyada xilvatga ko’p rag’bat ko’rsatilmaydi. Shu bois bu tariqatda suhbat va xalq bilan aralashib, ularning dardlariga sherik bo’lib, Haq roziligi yo’lida xalqqa xizmat qilish muhim o’rin tutadi. Naqshbandiyada Qur’ondagi «Shunday kishilar bordirlarki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to’kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg’ul qila olmas» (Nur; 24-37) oyati ushbu holga ishora qiladi deb ta’kidlanadi; 5. Yodkard (eslash, zikr etish) – Allohni yod etib, boshqa narsalardan ko’ngilni uzish. Naqshbandiyada bu zikrning usuli quyidagichadir: murid o’zini huzur ichra shayxining ko’ngli ro’parasida tasavvur qilib, ko’zi – og’zini yopadi, tilini tanglayiga yopishtirib, tishlarini bir-biriga jipslab, nafas olmay, xoksorlik bilan qalban «kalimai tavhid»ni zikr qiladi. Bir nafas olib – chiqarishda uch daf’a zikr etishga urinadi va hokazo. Naqshbandiya tariqatining eng mashhur shahobchalari: ahroriya, mazhariya, mujaddidiya va xolidiya. Mujaddidiyaning asoschisi Ahmad as-Sirhindiy Ibn Arabiyning vahdat al-vujud falsafasini tanqid qilib, vahdati ash-shuhudni yoqlab chiqqan. Sunniylik aqidasiga zid kelmaydigan tasavvufiy tushunchaga ega bo’lgan Imom Rabboniyning eng mashhur asari «Maktubot» turkchaga ilk bor Mustaqimzoda Sulaymon Sa’diddin tomonidan o’girilgan va Istambulda nashr etilgan. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling