Litosfera yuzasining relyefi. Relyef to’G’risida tushuncha


Download 3.39 Mb.
bet1/12
Sana13.09.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1676571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PLANETAR RELYEF SHAKLLARI


IV bo’lim. LITOSFERA YUZASINING RELYEFI. RELYEF TO’G’RISIDA TUSHUNCHA
Relyef deb litosfera yuzasining geometrik shakllari yig’indisiga aytiladi. Relyef litosferaning suv, muzlik, havo va organizmlar bilan murakkab o’zaro aloqasi natijasida hosil bo’ladi. Litosfera yuzasi relyefning vujudga kelishi, tuzilishi, rivojlanish tarixi va o’zgarishini geomorfologiya fani o’rganadi. Relyef geografik qobiqning asosiy komponentlaridan biridir.
Yer yuzasining har bir qismi bir necha marta o’zaro takrorlanuvchi va almashinuvchi hamda har bir relyef elementlaridan tuzilgan alohida relyef shakllaridan iborat bo’ladi. Masalan, balandlik relyef shakli bo’lsa, balandlikning yonbag’ri, etagi va tepasi relyef elementlaridir.Relyef shakllari balandlik yoki cho’kma, ochiq jar, balka, sodda yoki murakkab, ko’tarilgan yoki pastqam va hokazo bo’lishi mumkin.
Relyef shakllarining ularning katta-kichikligiga ko’ra planetar, megashakl, makroshakl, mezoshakl, mikroshakllarga va nanorelyefga ajratiladi.
Relyef endogen va ekzogen jarayonlarning o’zaro natijasida shakllanadi va rivojlanadi (75-jadval) Relyefning yirik shakllari – planetar, mega va makro, ayrim hollarda mezoshakllari endogen kuchlar ta’sirida vujudga keladi. Ularning hosil bo’lishi litosfera xususiyatlariga bog’liqdir. Relyefni shakllantiruvchi endogen va ekzogen jarayonlar taxminan teng kuchga ega bo’lib, ular o’zaro bog’langan. Ekzogen jarayonlar o’zining faoliyati davomida endogen relyefni murakkablashtiradi yoki soddalashtiradi. Bu jarayonlarning o’zaro ta’siri relyefning rivojlanish xarakteriga bog’liq. Ekzogen jarayonlarning faoliyati oqibatida akkumulyativ va denudatsion relyef shakllari tarkib topadi.
Akkumulyativ shakklar material to’planishidan (morena tepaliklari, barxanlar, dyunalar), denudatsion shakllari esa materialni olib ketilishidan (jar, soyliklar) hosil bo’ladi. Relyef shakllari kelib chiqishiga ko’ra geotektura, morfostruktura, morfoskulptura, elementlariga bo’linadi.Geotektura planetar va megarelyef shakllari bo’lib, ular endogen jarayonlar natijasida vujudga keladi. Morfostruktura makrorelyef shakllari, ular endogen va ekzogen jarayonlarning o’zaro birgalikda ta’siri natijasida hosil bo’ladi. Bunda endogen jarayonlar asosiy rol o’ynaydi. Morfostruktura shakllari relyefda ifodalangan geologic strukturalaridir. Morfoskulptura mezo, mikrorelyef shakllari bo’lib, ular asosan ekzogen omillarning faoliyati natijasida vujudga
keladi.
O’xshash tuzilishga ega bo’lgan va hududda muayyan tartibda takrorlanuvchi, kelib chiqishiga ko’ra bir-biri bilan bog’liq bo’lgan relyef shakllari reyefning genetik tiplari deb ataladi. Relyefning har bir tipi relyef hosil qiluvchi muayyan omillar faoliyatida tarikib topadi. Relyefni hosil qiluvchi omillarga qarab, flyuvial, karst, eol va boshqa xil relyef tiplari ajratiladi.
Relyefni o’rganish katta amaliy ahamiyatga egadir. Relyefni geomorfologiya fani o’rganadi. Geomorfologik tadqiqot ishlari foydali qazilmalarni qidirishda, turli qurilishlarni loyihalashda, suv va shamol eroziyasiga qarshi kurashish ishlarida, umuman tabiatdan ratsional foydalanishda qo’l keladi.
75-jadval
Endogen va ekzogen jarayonlarning tiplari va ularning energiya
manbalari (Н.В. Башенинадан, 1967 )
Relyef hosil qiluvchi jarayonlar Jarayonlarning energiya manbalari

Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling