Litosfera yuzasining relyefi. Relyef to’G’risida tushuncha
Relyefning morfoskulptura tiplari maydoni, %
Download 3.39 Mb.
|
PLANETAR RELYEF SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq yuvilishini aniqlash
- A D A B I Y O T L A R
- GLYATSIAL VA NIVAL RELYEFI
- Mustaqil ish.
- MUZLOQ (KRIOGEN) O’LKALAR RELYEFI
Relyefning morfoskulptura tiplari maydoni, % (K. V. Pashkangdan, 1982)
58-rasm. Balkaning yuqori (1), o’rta (2) va quyi (3) qismlarining kesimi profili (Неклюкова Н. П. 1977) Mustaqil ish: 1. Suvayirg’ichning qabariq yonbag’ridan yuvilgan tuproq-gruntning miqdorini aniqlang (86-jadval). Bu ish quyidagicha bajariladi: jadval Tuproq yuvilishini aniqlash
Yonbag’irda maydoni 100 ㎡ (10m x 10m)bo’lgan hisoblash maydonchalari jratiladi. Har bir hisoblash maydonchasidan yuvilgan tuproq-grunt hajmini (m³) amiqlash uchun yuvilma jo’yakchalarning o’rtacha kengligini ularning chuqurligi, uzunligi va soniga ko’paytiriladi; 1 ga maydondan yuvilgan tuproq-grunt miqdori R=U x 100 formulasi bilan hisoblanadi: bu yerda R - yuvilish, m³/ga; U-100㎡ maydondan yuvilgan grunt hajmi, m³ ‘’hisobida. Yonbag’irning ko’ndalang profilini chizing va unda hisoblash maydonchalari bo’yicha tuproq-grunt yuvilishi darajasini ustunsimon diagrammada ko’rsating. To’g’ri botiq va to’lqinsimon yonbag’irlarda tuproq-grunt yuvilishining o’ziga xos xususiyatlarini qanday bo’lishini tushuntiring. < A D A B I Y O T L A R Воскресенский С.С. Динамическая геоморфология. Формирование склонов. Изд-во МГУ, М., 1971 Соболев С. С. Зашита почв от эрозии. М., 1961. Флейшман С. М. Сеи. <<Гидрометиздат>>, Л., 1978 GLYATSIAL VA NIVAL RELYEFI Maqsad: muzlik va qorning faoliyati natijasida hosil bo’lgan relyef shakllarini o’rganish. Pleystosen muz bosishi oblastlarining relyef shakllaribilan tanishish. Topshiriq: 1. Adabiyotlardan tog’ muzliklarning morena tiplarini aniqlang. Ularning hosil bo’lishini va relyefni shakllantirishdagi rolini tushuntiring. Tog’li o’lkalarda kar relyefining hosil bo’lishini tushuntiring. Karlar tog’ relyefinning evolyutsiyasida qanday rol o’ynaydi? Shularni amaliy ishlar daftaringizga yozib oling. Trog vodiyning relyef xususiyatlarini tasvirlang. Trogning ko’ndalang profilini chizing va unda trog vodiysi elementlarini ko’rsating. SSSR ning Yevropa qismi, Alp tog’lari va Shimoliy Amerikadagi pleystosen muzliklari va muzlik orasi davrlarining sxemalarini bir-biriga taqqoslang va ularni daftaringizga yozib oling (91-jadval). Dunyoning kontur kartasiga Yevrosiyodagi Britaniya, Skandinaviya, Shimoliy Ural, Novaya Zemlya, Taymir, Norilsk, Shimoliy Amerikadagi Kordilyera, Kivatin (62° sh.k., 98° g’ . u.), Labrador muz bosish markazlarini belgilang va maksimal muz bosishning janubiy chegaralarini chizing. Topshiriqni bajarishda Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerikaning tabiiy kartalaridan foydalaning. Mustaqil ish. 65- rasmdan morena do’nglari, oxirgi morenalar va zandr maydonlarini ajrating va ularning hosil bo’lishini tushuntiring. A D A B I Y O T L A R Щукин И. С. Общая геоморфология. Изд-во МГУ, М., Т. I, 1960, T. II, 1964. MUZLOQ (KRIOGEN) O’LKALAR RELYEFI Maqsad: ko’p yillik muzloq yerlardagi relyef shakllari bilan tanishish. Topshiriq: 1. a) Dunyoning kontur kartasiga Yer yuzidagi kriogen (muzloq) o’lkalarning chegaralarini tushiring va 92-jadval ma’lumotlari asosida materiklardagi ko’p yillik muzloqlar maydonlarini ustunsimon digramma chizib ko’rsating. Ko’p yillik muzloq yerning turli materiklardagi maydonini bir-biriga taqqoslang. Muzloq xillarining materiklar bo’yicha taqsimlanishida qanday farqlar bor? Muzloqlar xillarining hosil bo’lish sharoitlarini tushuntiring. Nima sababdan muzloq yerlar bir tekis tarqalmagan. b) Shimoliy yarimshardagi muzloq yerlarning chegaralari qaysi geografik kengliklar, daryolar va ko’llarning yaqinlaridan o’tadi? Qaysi daryolar muzloqlardan to’liq, qaysilari qisman oqib o’tadi? Muzloqlar daryolar oqim rejimiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Muzloqlarning tarqalishida tog’lar qanday rol o’ynaydi? Qaysi yirik shaharlar sidirg’a muzloq o’lkalarda joylashgan? Muzloq yerlar relyefi shakllarining klassifikatsiyasi bilan tanishing (93-jadval) va ularning hosil bo’lishini tushuntiring. Sidirg’a, ba’zi joylari erigan va orolsimon muzloq yerlar relyefida qanday farqlar kuzatiladi? Muzloq o’lkalarda uchraydigan yer osti muz tomirlarining hosil bo’lishini tushuntiring. Muz tomirlari relyefga qanday ta’sir ko’rsatadi? Ular qaysi rayonlarda ko’p uchraydi? Mustaqil ish. Muzloq relyefi shakllariga ta’rif bering. Ularning hosil bo’lishini tushuntiring va tarqalgan rayonlarni kartadan ko’rsating. 92-jadval Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling