Litosfera yuzasining relyefi. Relyef to’G’risida tushuncha


Download 3.39 Mb.
bet4/12
Sana13.09.2023
Hajmi3.39 Mb.
#1676571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PLANETAR RELYEF SHAKLLARI

Mustaqil ish. 1. Daftarga quyidagi relyef shakllarining sxematik rasmlarini chizing:
a) Balandlikning va tog’oldi zonasi yaxshi ifodalangan tog’ning profili va plani (izoginslar yordamida):
б) to’g’ri, botiq, qabariq, zinapoyali yonbag’irlarga va tepasi yassi, gumbazli, o’tkir qirralari tog’ tizmalarining profili;
в) dovon, egari bo’lgan tog’ tizmasining bo’ylama profili;
д) qiya, yassi, qabariq, botiq, to’lqinsimon tekisliklar profili. Topshiriqda uchraydigan hamma tushunchalarning ma’nosini eslang va ta’rifini yozing.

  1. To’g’ri va teskari relyefning farqlarini tushuntiring.Ular qanday sharoitda hosil bo’ladi?

  2. o’zingiz yashaydigan joyda relyefning qaysi tiplari mavjud va ular qanday hosil bo’lgan?

A D A B I Y O T L A R
Борисевич Д. В. Генетическая классификация форм рельефа. <<Геоморфология >> , №3,M.,1970.
Рельеф Земли. М.,<<Наука>> , 1967.

RELYEF HOSIL QILUVCHI OMILLAR


Maqsad: endogen va ekzogen jarayonlarning tiplarini va ularning relyef hosil qilishdagi rolini o’rganish.
Topshiriq. 1. 75-jadval ma’lumotlaridan foydalanib , endogen jarayonlarning har bir tipiga ta’rif bering va ularning relyef hosil qiluvchi rolini tushuntiring.
2. Qatlamli strukturalarning (55-rasm) relyefning shakllanishidagi rolini tushuntiring . Relyefning hosil bo’lishida tog’ jinslarining xususiyatlari qanday rol o’ynaydi ? Qatlamli struktura relyefi qanday tektonik o’lkalarda keng tarqalgan?

55-rasm. Qatlamli struktura va relyef ( Д.Г.Пановдан 1966):
а-qatlamli tekislik; б- kanyon: b-zinapoya tekislik: г -bazalt qoplamli qoldiq balandlik; д- konsekvent daryo vodiysi.


3.Relyefning burmali struktura tiplari (antiklinal, sinklinal, yotiq, og’ma,yelpig’ich- simon va to’nkarilgan burmalar) ning rasmlarini chizing va ularni hosil bo’lish sharoit- larini tushuntiring. Burmali strukturalar qanday qilib relyef shakllarini hosil qiladi?
Bunday strukturalar qanday tektonik o’lkalarda ko’p uchraydi?
4.Relyefning yoriqlari struktura tiplari (graben , gorst, siljiqlar ) rasmlarini chizing va ularning relyef hosil qilishdagi rolini tushuntiring. Yer yuzidagi yirik grabenlarni kartadan ko’rsating. Ularning joylashishida qanday qonuniyatlar kuzatiladi?

  1. 75-jadval ma’lumotlaridan foydalanib , ekzogen jarayonlarning har bir tipiga ta’rif bering va ularning relyef hosil qilishdagi rolini tushuntiring.Denudatsiya , denudatsiya yuzasi nima? Denudatsion va akkumulyativ relyeflar bir-biridan qanday farq qiladi?

Ular qanday sharoitlarda hosil bo’ladi ?

  1. 78-jadvaldan Yer yuzidagi denudatsiya miqdorini ko’rib chiqing (qavs ichida antropogen denudatsiya berilgan).Quruqlikda denudatsiyaning qanday tiplari asosiy rolni o’ynaydi ? Quruqlikdagi umumiy denudatsiya miqdorining qancha qismi to’ldiriladi. Quruqlikdagi umumiy denudatsiyaning qancha qismi antropogen denudatsiyaga to’g’ri keladi ? Antropogen denudatsiyaning miqdori qaysi tabiiy denudatsiya miqdoriga tenglashadi?


Download 3.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling