Litosfera yuzasining relyefi. Relyef to’G’risida tushuncha
Download 3.39 Mb.
|
PLANETAR RELYEF SHAKLLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Okeanlar tagi va relyefining asosiy elementlari
Dunyodagi yirik cho’llar
EOL RELYEF Maqsad: shamolning ishi natijasida hosil bo’lgan relyef shakllari bilan tanishish. Topshiriq: 1. 94-jadval va atlas kartalaridan foydalanib, dunyoning kontur kartasiga yer sharidagi yirik cho’llarni tushiring va unda cho’llarning litologik (shartli belgilar bilan) va termik (bo’yoqlar bilan) tiplarini ko’rsating. Relyefning yardanglar, tosh qo’ziqorinlar, tosh ustunlar, barxanlar, shanol soylliklari, piramidal dyuna, taqirlar, ko’zanak qumlar, marza qumlari, do’ng qumlar, to’p-to’p qumlar, quruq cho’kmalar, sho’rxoklar, cho’l quyundisi shakllarini shamol ishining qanday tiplariga kirishiga qarab, 95-jadvalga yozing. jadval
Cho’l sharoitida hosil bo’ladigan lyef shakllarini tasvirlang. Ularning hosil bo’lishini tushuntiring va tarqalgan rayonlarini kartadan ko’rsating. Mustaqil ish: Bironta cho’lni tanlab olib, unga quyidagi planda tarif yozing: geografik o’rni, litologik va termik tipi, hosil bo’lish sharoiti, relyefning umumiy xususiyati, relyef shakllarining ta’rifi. A D A B I Y O T L A R Петров М. П. Пустыни земного шара. Л.Б 1973. Федерович Б. А. Лик пустыни. <<Молодая гвардия>>. М., 1954. QIRG’OQLAR RELYEFI Maqsad: okean va dengiz qirg’oqlarining relyef shakllari bilan tanishish. Topshiriq. 1. a) Darsliklardan qirg’oq shakllari klassifikatsiyasini o’rganing va qirg’oqlar turli tipininng hosil bo’lishini daftaringizga yozib oling. b) Darsliklar va dunyoning tabiiy geografik atlasi (FGAM) dan foydalanib, dunyoning kontur kartasiga turli tipdagi qirg’oqlarni (fiord, shxera, dalmatsiya, rias, liman, laguna, uzilma, marjon) chizing. 2. Biror qirg’oq tipini tanlab, unga quyidagi plan bo’yicha ta’rif yozing: qirg’oq tipi, qanday hosil bo’lishi, parchalanganlik darajasi, morfologik xususiyatlari, uchraydigan rayonlari. A D A B I Y O T L A R Леонтьев О. К., Рычагов Г. И. Общая геоморфология. <<Высшая школа >> , М., 1979. Леонтьев О. К., и др. Геоморфология морских берегов. Изд-во МГУ, М., 1975. OKEAN TAGINING RELYEFI Maqsad: Okean tagining megarelyefi va uning turli zonalari relyef xususiyatlari bilan tanishish. Topshiriq: 1. Adabiyotlar, atlasva 66-rasmdagi kartadan foydalanib, okean tagi relyefining quyidagi elementlarini ajrating va ularning qaysi zonalarda joylashganliginini aniqlang: suv osti kanyonlari, materik sayozligi, materik yonbag’ri, chekka dengizlarning soyliklari, materik etagi, chuqur cho’kmalar, suv osti o’rtalik tizmalari va qirlar, okean soyliklari. Quyidagi savollarga javob bering: Okean tagida yer po’stining qanday tiplari uchraydi? Okean tagi zonalarining relyefida qanday farqlar kuzatiladi? Dunyoning kontur kartasiga okean tagi relyefining elementlarini tushiring (96-jadval). Relyef elementlarining joylashishida qanday qonuniyatlar kuzatiladi? Turli okeanlarning relyefida qanday o’xshashlik va farqlar bor? Okean cho’kmalari qanday o’rganiladi? Okean tagidagi o’rtalik suv osti tizmalarining planetar sistemasiga quyidagi plan bo’yicha ta’rif bering: O’rtalik tizmalar qanday geologik va geomorfologik xususiyatlarga ega? Rift zonalari nima va ular qayerlarda joylashgan? O’rtalik tizmalarning joylashishida qanday qonuniyatlar kuzatiladi? Gayotlar nima? Ular o’rtalik tizmalardan qanday farq qiladi? jadval Okeanlar tagi va relyefining asosiy elementlari (K.V. Pashkangdan, 1982)
O’tish zonasining relyefiga quyidagi tartibda ta’rif yozing: O’tish zonasining relyefi qanday elementlardan tashkil topadi? Uning relyefida o’ziga xos qanday xususiyatlar mavjud? Bu zona yer po’stining qaysi tipiga to’g’ri keladi? Bennioff-Zavariskiy zonasi qayerga joylashgan va u qanday xususiyatlarga ega? Nima sababdan kuchli yer qimirlashlar va so’nmagan vulqonlar shu zonada joylashgan? A D A B I Y O T L A R Леонтьев О. К. Дно океана. <<Мысль>>, М., 1977. Леонтьев О. К. Ричагов Г. И. Общая геоморфология. << Высшая школа>>, М., 1979 GEOMORFOLOGIK KARTA Maqsad: geomorfologik kartalar bilan tanishish va ular bilan ishlash. Topshiriq: 1. Dunyoning geomorfologik kartasining (физико-географический атлас мира, 18-19- betlar) shartli belgilari va uning tushuntirish tekstidanfoydalanib, shartli belgilarning tuzillishi va Yer relyefining asosiy yirik tiplarining (geotektura, morfostruktura va morfoskulptura) kartada ko’rsatilishi prinsiplari bilan tanishishing. Dunyoning geomorfologik kartasidan qadimgi qalqonlar, qadimgi va yosh platformalar, turli yoshdagi burmlanish oblastlariga xos bo’lgan megarelyef shakllarini aniqlang va ularning joylashishidagi qonuniyatlarni tushuntiring. Kartadan materiklar sayozligi, o’tish zonasi va okean tagida keng tarqalgan morfostrukturalarni aniqlang. Kartadan quruqlikdagi va Dunyo okeani tagidagi morfoskulptura relyefining joylashishidagi asosiy qonuniyatlarni aniqlab, tushuntirib bering. Download 3.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling