Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi. Lizingning afzalliklari va kamchiliklari
Dt «Hisoblangan foizlar» 6000 Kt
Download 143.5 Kb.
|
Lizing-hisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish.
Dt «Hisoblangan foizlar» 6000
Kt «Pul mablag`lari» 6000 Hisobot davriga kelib (masalan, 1-chorak yakuniga ko`ra) shu davr uchun hisob-langan foiz qo`rinishidagi xarajat uskunani ijaraga olgan korxonaning moliyaviy hisobotiga kiritilganda. Dt «Yakuniy moliyaviy natija» 18000 Kt «Foiz ko`rinishidagi xarajat» 18000 Joriy ijara muddati tugab, uskuna mulk egasiga qaytarilganda Kt «Joriy lizing shartnomasiga asosan olingan asosiy vositalar» yozuvi rasmiylashtiriladi. Aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish. Bu usul korxonalar moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan va aylanma mab-lag`lari etmayotgan paytda juda qo`l keladi. Chunki aktivlarni qayta ijaraga olish sharti bilan sotish bitimida kompaniya o`z aktivlarini boshqa tomonga sotishi va o`zga tomon ularni qaytadan sotuvchi kompaniyaga ijaraga berishini ko`zda tutilgan bo`ladi. Buning evaziga sotuvchi korxona: xujalik faoliyatini davom ettirish uchun ma`lumso`mmadagi mablag`ga ega bo`ladi: faoliyatida ishlatiladigan asosiy vosita ijara holida o`ziga qaytib keladi; ijara to`lovlari shaklida soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish imko-niyatiga ega bo`ladi. Odatda aktivlar bozor qiymatiga yaqin narxda baholanadi va sotiladi. Mulkni qaytadan ijaraga olish sharti bilan sotish bo`yicha bitimlarini hisobga olishning tartibi ijara turiga bog`liqdir. Agar aktivlarni qaytadan ijaraga olish sharti bilan sotilishi moliya-lashtirilgan ijara hisoblansa, unda bunday bitim, ijaraga beruvchi tomonidan aktivlarni kafolat o`rnida ushlab turgan holda, ijarachini mablag` bilan ta`-minlash usuli hisoblanadi. Shu sababli sotuvdan olingan tushumning balans qiy-matidan oshgan qismini sotuvchi-ijaraga oluvchi birdaniga daromad sifatida tan olmasligi lozim. Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlariga asosan bunday tushum muddati uzaytirilgan daromad sifatida tan olinib, asosiy vositaning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qilinishi lozim. Agar mulkni qayta ijaraga olish sharti bilan sotilishi joriy ijara hisoblansa va shartnoma joriy baholar bo`yicha belgilangan bo`lsa, bu holda yuzaga kelgan har qanday foyda yoki zarar mulkni odatdagi sotish muomalalari kabi dar-hol tan olinishi lozim. Agar sotish bahosi asosiy vositaning joriy qiymatidan pastroq bo`lsa, har kanday foyda yoki zarar ijara muddati mobaynida tan olib boriladi. Agar mulkni qayta ijara olish sharti bilan sotish bitimi joriy ijaraga taalluqli bo`lib, ijara to`lovlari va sotish qiymati mulkning joriy qiymatidan kelib chiqib belgilangan bo`lsa, bu holda yuzaga kelgan har qanday daromad yoki zarar mulkni oddiy sotish muomalalari kabi darhol tan olinadi. Agar sotish bahosi joriy qiymatdan past bo`lsa, yuzaga kelgan zararni qop-lash muddati uzaytiriladi va u lizing to`lovlariga mutanosib ravishda hisobdan chiqarib boriladi. 5-misol. Kompaniya qoldiq qiymati 500 ming so`m bo`lgan uskunani lizinga beruvchiga 400 ming so`mga sotdi. Sotib oluvchi tomon esa bu uskunani sotuvchi kor-xonaga 400 ming so`mga qayta ijaraga berdi. Bu holatda oradagi 100 ming so`mlik farqni tan olish muddati uzayti-riladi. Download 143.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling