Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
KAJT mazmunini belgilaydigan omillar
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
KAJT mazmunini belgilaydigan omillar:
- Mexnat turlari; - Mexnat sharoitlari; - Mexnat xususiyatlari; - Kabiy kasalliklar va toliqishlarning xususiyatlari. 166 SHuningdek KAJT rejalashtirishda mexnat va dam olish tartibi, ishchanlik qobiliyatini o‗zgarib turishi, shaxsiy xususiyatlarni hisobga olish kerak. Asosiy mexnat turlari – aqliy va jismoniy mexnat shakllarida bo‗ladi. Jismoniy mexnat – muskul guruhlari yordamida tashkil etiladigan faoliyat bo‗lib hisoblanadi. Jismoniy mexnat asosini insonning maqsadga yo‗naltirilgan jismoniy harakat faoliyati tashkil etadi. Aqliy mexnat – bosh miya faoliyati yordamida axborotlarni o‗zlashtirish, tahlil etish uchun diqqatni, xotirani va fikrlash kabi aqliy qobiliyatlarni namoyon qilish jarayoni bo‗lib hisoblanadi. Aqliy mexnat jarayoni kamharakatlilik bilan ifodalanadi. Aqliy va jismoniy mexnatni ajratish mumkin emas, barcha muskul guruhlari faoliyatida ham aqliy fikrlash jarayonlari amalga oshadi. SHuningdek aqliy mexnat jarayoni ham butun organizmning o‗zaro muvofiqlikdagi faoliyatida tashkil etiladi. SHunga qaramay bir mexnat jarayonida jismoniy yuklamalar ta‘siri ishtirok etsa, ikkinchi mexnat jarayonida aqliy yuklamalar ta‘siri amalga oshadi. Bu jarayonlar jismoniy va aqliy yuklamalarni me‘yorlash, ularning organizmga salbiy ta‘sirlarini bartaraf etish hamda kasbiy kasalliklarni va jarohatlanishlarni oldini olishga yordam beradi. Sanoat texnikasining rivojlanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizasiya va avtomatizasiya qilinishi jismoniy quvvatning kam sarf etilish va aksincha aqliy faoliyatning ko‗payishiga olib kelmoqda. Aqliy mexnatning hajmi ortib borishi hisobiga jismoniy mexnat jarayonlari keskin qisqarib bormoqda. Gipodinamiya – kamharakatlilik inson sog‗ligida salbiy ta‘sirlar ko‗rsatib uning o‗quv va mexnat faoliyati samaradorligini pasayishiga sabab bo‗lmoqda. Keyingi yillarda jamiyat taraqqiyoti natijasida gipodinamiyani vujudga kelishi bilan insonlarning bevaqt o‗lim darajasi ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlardan AQSHda bevaqt o‗lim darajasi yaxshi rivojlanmagan mamlakatlarga nisbatan 10 baravar ko‗p bo‗lib hisoblanadi. Inson organizmi ming yillik tarixiy davrlarda jismoniy mexnat va harakatlar natijasida shakllanib, takomillashib keldi. Endilikda esa jamiyat taraqqiyotidagi 167 yutuqlar kamharakatlilikka olib kelib, asrlar davomida shakllangan jismoniy rivojlanish tamoyillariga to‗sqinlik qilmoqda. Uzoq vaqt o‗tirib ishlash, kam harakatlilik oyoqlar va tana qismlarining harakatsiz qolishiga olib kelib, sog‗ligimizga putur etkazmoqda. Kam harakatlilik bilan kuchli asabiylashish inson organizm uchun eng havfli omil bo‗lib hisoblanadi. Kun davomidagi jismoniy harakatlar organizmni zamonaviy jamiyatning salbiy ta‘sirlaridan himoya qila oladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling