Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Birinchi guruh – sportchilardan yuqori darajada jismoniy va ruhiy zo‗riqish 
talab etadigan sport turlari. Bu sport turlarida sport natijalari sportchining shaxsiy 
sport maxoratiga bog‗liq bo‗ladi. Bu guruh sport turlariga sporti o‗yinlari engil 


32 
atletika, gimnastika, yakka kurash turlari, og‗ir atletika, suzish va shu kabi sport 
turlarini kiritish mumkin. 
Ikkinchi guruh – texnik sport turlari hisoblanib, sportchilar maxsus 
harakatlanish vositalari avtomobil‘, motosikl, motochang‗i, yaxta, samolet va shu 
kabilarni boshqaradilar. Bu sport turlarida texnik harakatlanish vositalarini 
boshqarish malakasi yuqori darajada ekanligi baholanadi; 
Uchinchi guruh – nishonga o‗q uzish harkatlari bilan cheklanadigan sport 
turlari – kamondan, miltiq va to‗pponchadan o‗q uzish, darts va shu kabi sport 
turlari; 
To‘rtinchi guruh – sportchilarni model‘ – konstruktorlik faoliyatlari 
qiyoslanadigan sport turlari – aviamodel, avtomodel va dronlar boshqarish kabi 
sport turlari; 
Beshinchi guruh – harakat faoliyati bajarilmaydigan, abstrakt fikrlash va 
tafakkur namoyon qiluvchi sport turlari – shashka va shaxmat kabi sport turlari. 
Zamonaviy sport – ijtimoiy soha bo‗lib, jamiyatda muhim o‗rin tutadi hamda 
sport sohasidagi jarayonlar ilmiy asoslanishi zarur bo‗ladi. Jismoniy 
madaniyatning boshqa jabhalariga nisbatan sport sohasi o‗ziga xos xususiyatlarga 
ega: 
1. 
Sport jismoniy qobiliyatlar hamda ba‘zi jismoniy harakat malaka va 
ko‗nikmalarni takomillashtirishning muhim vositasi bo‗lib hisoblanadi. Sport 
mashg‗ulotlari jarayonlarida sportchilarning umumiy va maxsus sport tayyorgarligi 
maksimal darajada takomillashtiriladi. Bunday yuksak natijalarga erishishda ilmiy 
va uslubiy jihatdan asoslangan sport tayyorgarlik tizimi, ko‗p yillik sport 
mashg‗ulotlari, musobaqalar va bellashuvlar jarayonlaridagi muvaffaqiyatlar va 
ularning rag‗batlantirishning ahamiyati muhim.
2. 
Sport faoliyati ixtiyoriy hisoblanib, sportchilar o‗zlarining bo‗sh 
vaqtlarida sport bilan shug‗ullanadilar. Faqatgina professional sport – sportni kasb 
qilishlik bundan mustasno.
3. 
YUksak natijalarga yo‗naltirilgan sport faoliyati ishirokchilari 10 
yoshdan 30 yoshgacha bo‗lgan sog‗lom yoshlardan iborat bo‗ladi. 


33 
4. 
Sport mashg‗ulotlari sportning bir turi bo‗yicha ixtisoslashtirishga 
katta yordam bersada, har tamonlama jismonan barkamol bo‗lishni ta‘minlay 
olmasligi mumkin. 
Sport tizimi hozirgi kunda quyidagi yo‗nalishlarda rivojlanib bormoqda: 
— 
Tayanch sport tayyorgarliklari – umumiy o‗rta ta‘lim tizimi, o‗rta 
maxsus va oliy ta‘lim tizimi hamda bolalar va o‗smirlar sport maktablarida sport 
mashg‗ulotlari; 
— 
Kasbiy amaliy sport tayyorgarliklari – kasbiy faoliyatga amaliy 
jismoniy tayyogarlikni ta‘minlovchi sport mashg‗ulotlari; 
— 
Tiklanish sport tayyorgarliklari – maroqli dam olish, sog‗lom turmush 
tarzi olib borish maqsadida sog‗lomlashtiruvchi sport mashg‗ulotlari va 
tadbirlarida ishtirok etish; 
— 
YUksak natijalarga erishish sporti – sport turlarida maksimal yuqori 
natijalarga erishish, musobaqalarda chempion bo‗lish, yangi rekordlar o‗rnatish. 
Inson ommaviy sport mashg‗ulotlarida ishtirok etishda o‗z hayot va kasbiy 
faoliyatini inobatga oladi. SHuning uchun sport maxoratini ortirishda ba‘zi talablar 
shakllanadi. Mexnat faoliyati bilan shug‗ullanayotgan ishchi hodimlar muntazam 
sport tayyorgarliklarini ortirib bora olmasligi mumkin. CHunki mashg‗ulotlardan 
so‗ng jismoniy toliqishlar kun davomida ishchanlik qobiliyatini susayishiga, tez 
charchashga olib kelishi mumkin. SHunga qaramay sport mashg‗ulotlariga vaqt 
ajratib, o‗z sport maxoratini muntazam takomillashtirib boruvchi sportchilar ham 
uchrab turadi. 
YUksak natijalarga erishish sporti – sport turiga bo‗lgan qiziqishlar 
munosabati bilan sport bellashuvlarda, musobaqalarda yuksak natijalarga 
erishishga, shu bilan jamiyatda tanilish baxtiga erishish, jamoa, mamlakat nufuzini 
yuqori darajaga ko‗tarishga yo‗naltirilgan faoliyat bo‗lib hisoblanadi. Sport 
faoliyati bu yo‗nalishda umr davomida bo‗ladi yoki sportda yuksak natijalar 
namoyon qila olish davrlarini o‗z ichiga oladi. Bunday natijalarga erishishda har 
kuni va bir necha marta sport mashg‗ulotlarida ishtirok etish, to‗g‗ri dam olish, 


34 
sokin uyqu, sifatli ovqatlanish, organizm jismoniy toliqishlarida maxsus tiklanish 
vositalardan foydalanish talab etiladi. 
YUqori natijalarga erishish sporti bir necha yo‗nalishda tashkil etiladi. 
Havaskorlik sporti, kasb qilingan – professional sport, professional – tijorat sporti 
va boshqalar. Professional sport va professional tijorat sporti tadbirkorlik 
qonuniyatlari asosida shakllanib boradi va rivojlanadi. Professional sportchilar uch 
guruhga bo‗linadilar. 
Birinchi guruhga olimpiada o‗yinlari va jahon chempionatlarida g‗oliblikka 
erishishga hamda tijorat musobaqalarda qatnashishga intiluvchi sportchilarni 
kiritish mumkin. 
Ikkinchi guruh a‘zolari tijorat musobaqalarida va bellashuvlarda ishtirok 
etishni ko‗zlagan, olimpiada va jahon chempionatlarida g‗olib bo‗lgan yuqori 
malakali sportchilar kiritiladi. 
Uchinchi guruh a‘zolari yuqori malakali sport faxriylari bo‗lib, tijorat 
musobaqalari, tadbirlari va namoyishlarida faxr bilan ishtirok etib keladilar.
Sportning asosiy funksiyalari: 
— 
Takomillashtirish – sport sohasida yangiliklar yaratish, yangi 
rekordlar va yutuqlarga erishish, xalqaro miqyosda nufuzga erishish; 
— 
Siyosiy – xalqlar o‗rtasida tinchlikni mustaxkamlash, vatanparvarlik 
ruhida tarbiyalash, mashhur sportchilarni ommaviy siyosiy va jamiyat tadbirlariga 
jalb etish; 
— 
Ijtimoiy – yoshlar va aholini ta‘lim va tarbiya jarayonlarini tashkil 
etish hamda organizmlarini sog‗lomlashtirish; 
— 
Iqtisodiy – mamlakatda sport harakatini rivojlantirishni moddiy 
ta‘minlash, tashqi iqtisodiy aloqalarni o‗rnatishga ko‗mak berish. 
Hozirgi rivojlangan jamiyatda jismoniy madaniyat va sport tizimi shunday 
muhim vazifalar va funksiyalarni amalga oshiradi. 


35 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling