Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1,18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik. (KAJT) – talaba yoshlarni maxsus
yo‗naltirilgan jismoniy tarbiya vositalari yordamida kasbiy faoliyatga amaliy jismoniy tayyorgarliklarini tashkil etish. KAJT asosiy mohiyati har bir kasb o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, mutaxassislar kasbiy tayyorgarliklari turli shakldagi jismoniy va ruhiy tayyorgarliklarni talab etadi. Oliy ta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya tadbirlari yosh mutaxassislarni kasbiy tayyorgarliklarini tashkil etishda etarli darajada ta‘sirga ega bo‗la olmaydi. SHuning uchun kasbiy xususiyatlarga muvofiq bo‗lgan harakat malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish va takomillashtirish uchun muhim bo‗lgan maxsus jismoniy va ruhiy sifatlarni rivojlantirishga katta e‘tibor qaratish kerak. Ko‗plab kasb turlari aqliy mexnat shakllarida bo‗lib, ishchi hodimlar ish vaqtlarini doimo o‗tirib yoki bir joyda bo‗lib o‗tkazadilar. Bunday holat ularning tayanch harakat apparati tizimida salbiy o‗zgarishlarga olib keladi. Bo‗yin, umurtqa pag‗onasi atrofi va bel – tos muskullarining doimo statik zo‗riqish holatida bo‗lishi, asabiy zo‗riqishlar ishchanlik samaradorligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Mexnat jarayonlarining bunday salbiy ta‘sirlari mutaxassislarda bosh og‗riqlari vujudga kelishi, muskul tonusini pasayib ketishi, qorin, bel, orqa va oyoq muskullarini zaiflashuvi, qomatning va nafas olish ritmlarini buzilishi, yurak qon tomir tizimi, qon aylanishi, modda almashinuvi va ovqat xazm qilish a‘zolari faoliyatida salbiy o‗zgarishlar sodir bo‗lishiga olib keladi. 27 Aqliy mexnat bilan shug‗ullanuvchi kasb egalariga aqliy mexnat samaradorligini ortirish, kasalliklarni oldini olish maqsadida kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik jarayonlarida ochiq havoda yurish, yugurish mashqlari, sport va harakatli o‗yinlar bilan shug‗ullanish tavsiya etiladi. SHuningdek muskul guruhlari kuchini rivojlantirish uchun trenajerlarda mashqlar, umurtqa pag‗onasi va barcha bo‗g‗imlar harakatchanligini ta‘minlash uchun gimnastika mashqlari bajarish ham maqsadga muvofiq bo‗ladi. Ishlab chiqarish jismoniy madaniyati: ishlab chiqarish jismoniy madaniyatining asosiy ahamiyati ishlab chiqarish samaradorligini ortirishga qaratilgan. Jismoniy mashqlar va sport harakatlaridan o‗rinli foydalanish ishchi hodimlar charchoqlarini barataraf etishga, oragnizmlarini tez tiklanishiga yordam beradi, buning natijasida ishlab chiqarish samaradorligi ortadi. Aqliy mexnat jarayonlarida bir necha daqiqali tanaffuslarda jismoniy mashqlar va harakatlar bilan shug‗ullanish, organizm umumiy tonusini ortiradi, xissiyotlarni va kayfiyatlarni yaxshilaydi. Bu bilan aqliy mexnatda ijodkorlik va samaradorlik ortib, charchash va toliqishlarning oldi olinadi. Ishlab chiqarish jismoniy madaniyati shakllariga kirish gimnastikasi, jismoniy mashq bajarish tanaffuslari, jismoniy mashq bilan shug‗ullanish daqiqalari, tushlik vaqtidagi va ishdan keyin jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanish mashg‗ulotlarini kiritish mumkin. Kirish gimnastikasi – ishchi hodimlarning ish faoliyatini boshlashdan oldin jismoniy mashqlar bajarish shakllari bo‗lib, ish faoliyati davomida bo‗ladigan jismoniy va aqliy yuklamalarga organizmni tayyorlanishiga yordam beradi. Mashg‗ulotlar 5-10 daqiqa davom etib, 6-8 ta umum rivojlantiruvchi mashqlardan iborat. Mashqlar kompleksi organizm tizimlari va organlari faoliyatini kuchaytirib mexnat samaradorligini ortiradi. Aqliy mexnat hodimlariga tayanch harakat apparati tizimi barcha muskul guruhlari bilan bir qatorda bilak va panja muskullarini rivojlantirish mashqlaridan foydalanish kerak. Download 1,18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling