Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1,18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Irsiy ko‘rsatkichlar
- Atrof muhit.
Jismoniy rivojlanish – organizm morfologik va funksional imkoniyatlarining
rivojlanish jarayonlari hamda rivojlanish ko‗rsatkichlari hisoblanib, bu ko‗rsatkichlarni irsiy va tug‗ma holda yoki harakat faolligi, mashg‗ulotlar ta‘siri hamda tashqi ta‘sirlar oqibatida rivojlanishini izoxlaydi. Jismoniy rivojlanish darajalarini baholashda uch hil shakldagi ko‗rsatkichlar baholanadi: 1. Tana tuzilishining ko‗rsatkichlari – tana uzunligi, tana og‗irligi, qomatni shakllanishi, tana qismlarining uzunligi va hajmlari, muskul tizimining 16 shakllanganligi, yog‗ qatlamlarining qalinligi. Bu ko‗rsatkichlar tana tuzilishi morfologiyasini belgilaydi. 2. Tayanch harakat apparati tizimi faoliyatining ko‗rsatkichlari hisoblangan jismoniy fazilatlar kuch, chidamlilik, tezkorlik, chaqqonlik va egiluvchanlik sifatlarini rivojlanish darajalari. 3. YUrak qon tomir, nafas olish, asab, ovqat xazm qilish va ayirish organlari faoliyatining ko‗rsatkichlari, modda almashinuvi va immunitetning shakllanish darajalari. 25 yoshga qadar inson organizmining morfologik ko‗rsatkichlari hamda organlar faoliyatining takomillashib borishi kuzatiladi. 45-50 yoshdan jismoniy rivojlanish ko‗rsatkichlarida o‗zgarishlar sodir bo‗lmaydi. Keyingi davrlardan organizm jismoniy rivojlanish darajalarida susayishlik kuzatiladi. Tana tuzilishi hajmlarining kichrayishi, tana vazninig kamayishi, qomat holatining buzilishi, bo‗y uzunligi pasayishi, muskul ko‗rinishlarining o‗zgarishi mumkin. Inson jismoniy rivojlanish jarayonlari irsiy ko‗rsatkichlarga, atrof muhit ta‘sirlariga hamda hayot tarzi va jismoniy faollikka bog‗liq holda bo‗ladi. Irsiy ko‘rsatkichlar organizm faoliyati va tana holati xususiyatlarida hamda salomatlik ko‗rsatkichlarida namoyon bo‗ladi. Asab tizimining shakllanishi, tana tuzilishi, qomat shakli va jismoniy rivojlanish darajalariga o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Irsiy ko‗rsatkichlar jismoniy rivojlanishgning dastlabki natijalarini belgilashi mumkin xolos. Jismoniy rivojlanishning asosiy ko‗rsatkichlari hisoblangan muskul tizimi, tayanch harakat apparati faoliyati, jismoniy fazilatlar rivojlanganlik darajalari turmush tarzi, atrof muhit ta‘siri hamda harakat faolligi darajasiga bog‗liq bo‗ladi. Atrof muhit. Jismoniy rivojlanish darajalariga muhim ta‘sir etadigan omillardan biri turmush tarzi, ovqatlanish tartibi va tarkibi, uning quvvatlik darajasi, sifati hisoblanadi. SHuningdek yashash sharoiti, iqtisodiy ta‘minlanganlik darajasi, oiladagi ma‘naviy muhit, tibbiy nazoratning tashkil etilishi, zararli odatlarning mavjudligi, iqlim hamda ekologiyaning ta‘siri ham jismoniy rivojlanish ko‗rsatkichlarida aks etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling