Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

O‘ynaladigan joy. YOpiq bino ichidagi yoki ochiq joydagi o‗lchamlari 
kamida 7,75 X 5 metr bo‗lgan maydoncha stol tennisi o‗ynash uchun xizmat qilishi 
mumkin.
Stol. To‗rtburchakli, bo‗yi 274 sm, eni 152 sm, balandligi 75 sm bo‗lishi 
kerak.Stolning usti uning butun yuzasi bo‗ylab koptok bir xil sakraydigan darajada 
silliq va tekis bo‗lishi lozim. Stol asosi mastahkam va turg‗un bo‗lishi kerak. 
Stolning usti to‗q yashil, ko‗k yoki qora rangga bo‗yaladi. Stolning ustki 
taxtasining chetlariga va o‗rtasidan uzunasiga oq chiziqlar chizib qo‗yiladi.
To‘r. To‗r stol yuzasini teng ikkiga bo‗lib turadi. To‗rning balandligi stolning 
butun eni bo‗ylab, bir xil-15,25 sm., uzunligi 183 sm. bo‗lishi, ya‘ni uning 
ustunchalari stolning yon chiziqlaridan 15 sm. chetda turish kerak. Stol tennisi 
uchun odatda yashil rangli va ustki chekkasi eni 15 millimetrga teng qalin oq tasma 
bilan o‗rab tikilgan to‗qima to‗r ishlatiladi. 
Raketka. Raketkaning o‗lchamlari, og‗irligi va materiali qoidalar bilan 
cheklanmagan, ixtiyoriy bo‗lishi mumkin. Koptokni uradigan yuzasi maxsus 
g‗adir-budir rezina bilan qoplangan raketka keng tarqalgan. 
Koptok. Koptok oq tselluloiddan dumaloq qilib yasalgan bo‗lib, diametri 
3,63-3,83 sm., og‗irligi 2,40-2,53 gr. bo‗ladi. 


144 
Raketkani ushlash usuli. Stol tennisida ham o‗yin texnikasi raketkani to‗g‗ri 
ushlay bilishga bog‗liqdir. Raketka ushlashning bir necha xil usullari bor. 
Raketkani kurakchasidan chap qo‗l bilan ushlab turib o‗ng qo‗lga raketka 
dastasining assosi bosh va ko‗rsatkich barmoqlar orasidagi burchakning uchiga 
tushadigan qilib solish kerak. So‗ng barmoqlar qisiladi. Bunda raketka to‗g‗ri 
ushlangan bo‗ladi. Raketkani ana shunday ushlaganda koptok xoh o‗ngdan, xoh 
chapdan kelsin, u osongina urib qaytaraveradi. Koptok o‗ng tomondan raketkaning 
bosh barmoq yuzasi bilan, chap tomondan esa qarama-qarshi yuzasi bilan uriladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling