Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Voleybol o‘yini taktikasi
- Stol tennisi.
To‘p qabul qilish: To‗pni pastdan qabul qilish usuli himoya harakatlarining
asosiy shakllaridan biri bo‗lib hisoblanadi. O‗yinga kiritilgan birinchi to‗pni ko‗p hollarda ikki qo‗lda pastdan qabul qilish usulidan foydalaniladi. To‗pni qabul qilishda sakrash, qadamlash va kichik qadamlar bilan yugurish bajariladi. Oxirgi qadamlarga tayangan holda qo‗llar juftlanib oldga cho‗ziladi. Kaftlarni yarim musht holda bir biriga yaqin holda tutish mumkin. Tayanch oyoqni tizzalarda bir oz bukib oldga qo‗yish ham muvozanatni saqlashga katta yordam beradi. To‗pni bir qo‗lda qabul qilish to‗p o‗yinchining yon tamonidan o‗tayotganda hamda unga bo‗lgan masofa uzoq bo‗lganda qo‗llaniladi. To‗pga o‗yinchi intilish va qadamlab tashlanishi mumkin. SHuningdek oldidan kelayotgan to‗pga etib olish uchun ham bir qo‗lda qabul qilishda tashlanish harakati bajariladi. Voleybol o‘yini taktikasi - o‗yin taktikasi hujum va himoya taktikalaridan iborat bo‗ladi. Taktik harakatlarga o‗rgatishda to‗pni qabul qilish va hujum kombinatsiyalari tuzish malaka va ko‗nikmalari shakllantiriladi. Hujum harakatlari hujum zarbalari bilan bir qatorda aldov harakatlari, fintlar va soxta harakatlar bo‗lishi mumkin. Hujum uyushtirishda ikki va undan ko‗p o‗yinchilar ishtirok etadilar. Taktik harakatlar yakka, guruh va jamoa taktik harakatlariga bo‗linadi. Taktik tayyorgarlikda quyidagi uslubiy tavsiyalarga katta e‘tibor qaratish kerak: 1. o‗yinchilarda taktik fikrlashni, maydonni ko‗ra bilishni, murakkab harakatlar va usullarni o‗ylab topa olish va qo‗llash malakalarini shakllantirish. 2. hujum va himoyada harakatlarni mustaqil hamda hamkorlikda bajarish, tashabbuskorlik sifatlarini rivojlantirish. 3. o‗yinchilarda o‗yin sharoitlariga muvofiq hujum va himoya harakatlarini bir hil maxorat bilan bajara olish saviyalarini takomillashtirish. Stol tennisi. Oliy ta‘lim muassasalar talabalar jismoniy tarbiya darslari jarayonlarida stol tennisi mashqlariga o‗rgatishga ham alohida e‘tibor qaratilgan. 143 Stol tennisi o‗yin talabalar organizmini jismoniy rivojlantirish, sog‗liklarini mustahkamlash bilan bir qatorda axloqiy va ma‘noviy ruhiy iroda sifatlarini tarbiyalashga ham katta yordam beradi. Stol tennisida ham bir vaqtda ikki kishi yoki to‗rt kishi o‗ynashi mumkin. O‗yinchilardan bittasi tselluloiddan yasalgan koptokni o‗yin qoidalariga amal qilgan holda raketka bilan urib, raqib tomonga o‗tkazadi. Qabul qiluvchi o‗yinchi esa koptok stoldan birinchi sakrab chiqishi bilanoq uni urib, raqib tomonga qaytaradi. O‗yinchilar shu tarzda navbatma-navbat koptokni o‗z tomonida stoldan birinchi sakrab chiqqanidan keyin raketka bilan qaytarib o‗ynaydilar. Stol tennisi ma‘lum o‗lchamli va ma‘lum balandlikdagi to‗g‗ri burchakli stolda o‗ynaladi. Stol o‗rtasidan to‗r bilan teng ikkiga bo‗lingan bo‗lib, o‗yinchilar uning shu ikki tomonida o‗ynaydilar. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling