Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujum va himoya taktikalari
O‘yinchilar vazifalari – himoya chizig‗i o‗yinchilari himoya zonalarida faol
va o‗zaro muvofiqlikda harakatlanishi, hujum jarayonlarida zich to‗siqlar amalga oshirish, davozabon va sheriklarini qo‗llab quvvatlash, raqibni to‗p uzutish va to‗pga zarba berish harakatlariga to‗sqinlik qilish kerak. Hujum jarayonlarida ular qulay joylarga ochilish, o‗z vaqtida va aniq to‗p uzatish, qanotlarda hujum uyushtirishda sheriklariga yordamga kelish. Markaziy himoyachilar bo‗ydor, to‗pga bo‗lgan kurashda baland sakrash bilan ustun kelish, hujumchilar harakatini nazorat qilish va ularga to‗sqinlik qilishi, dastlabki hujum harakatlarini boshlab berishlari kerak. O‗rta qator o‗yinchilari himoyadan hujumga o‗tish harakatlarini tashkil etish, maydon markazini nazorat qilish va markazda ustunlikka ega bo‗lish, hujumlarni yakunlashda samarali ishtirok etish, raqib tezkor hujumiga to‗sqinlik qilish, hujumchilarni nazorat qilish, ularning to‗p bilan harakatlariga, to‗p uzatishlari va olib yurishlariga to‗siqinlik qilishdan iborat bo‗ladi. Hujumchilarning vazifalari raqib darvozasi yaqinida hujum uyushtirish uchun qulay joylarni tanlash, markazdan otilib chiqib tezkor hujumlarni uyushtirish, hujum hurakatlarini tashkil etish va yakunlashda samarali ishtirok etishdan iborat bo‗ladi. Hujum va himoya taktikalari: Hujum harakatlarining asosiy vazifalari raqib darvozasini egallashga urinish. Hujum harakatlari shaxsiy hujum, guruh hujumi va 138 jamoaviy hujum harakatlaridan iborat bo‗ladi. SHuningdek himoya taktikalari ham shaxsiy himoya, guruh himoyasi va jamoaviy himoya harakatlaridan tashkil topadi. SHaxsiy hujum va himoya taktikalarida o‗yinchi raqib qo‗rig‗idan qochishi, ochilish va hujum uyushtirishga qulay bo‗lgan joylarga chiqishi kerak. To‗p olib yurishda raqiblarni aldash va fint qo‗llash harakatlarini bajarishi, tezkor hujum uyushtirishi va hujumni yakunlashi kerak. Guruh va jamoa taktik harakatlarida o‗yinchilar o‗zaro muvofiqlikda harakatlanishi, avvaldan tayyorgarlik ko‗rilgan taktik usullarni samarali qo‗llashlari kerak. Avvaldan tayyorgarlik ko‗rilgan taktik harakatlarga standart holatlardan erkin jarima to‗pi tepish, burchak to‗pi tepish harakatlarini ko‗zda tutish mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling