Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

YUgurishfutbolda harakatlanishning asosiy shakli bo‗lib hisoblanadi. 
YUgurish harakatlari sekin, o‗rtacha va tezkor bo‗lishi mumkin. Sekin va o‗rtacha 
yugurishlar himoya va hujum uyushtirishda, maydon bo‗ylab harakatlanishda 
amalga oshiriladi. Tezkor yugurishlar esa tezkor hujum uyushtirish va otilib 
chiqish harakatlarida qo‗llaniladi. 
Sakrash – o‗yinchilarning futboldagi harakatlarining bir ko‗rinishi bo‗lib, 
to‗pga oyoq va bosh bilan zarba berishda, to‗pni oyoq, ko‗krak va bosh bilan 
to‗xtatishda foydalaniladi. Sakrash harakatlari bir oyoqda sakrash, ikki oyoqda 
sakrash va yugurib kelib sakrash harakatlariga bo‗linadi. 
To‘xtash – harakat yo‗nalishini o‗zgartirishning asosiy ko‗rinishi bo‗lib 
hisoblanadi. Sakrab to‗xtash uchun pastroq sakraladi va tushishda oyoqlar bir oz 
bukiladi. Tashlanib sakrashda bir oyoq kengroq qilib oldga qo‗yiladi va 
sakragandan so‗ng chuqurroq o‗tiriladi. To‗xtashdan so‗ng harakat yo‗nalishi 
o‗zgartirilishi mumkin.


135 
Qayrilishlar – bu harakat yordamida futbolchi yugurish yo‗nalishini 
o‗zgartirish mumkin. Qayrilish harakatlari yugurib ham, joyda turib ham 
bajariladi. Ular sakrab qayrilish, qadamlab qayrilish, tayanch oyoqni uzmay 
qayrilish, yon tamonlarga qayrilish va orqaga qayrilish harakatlari shakllarida 
bo‗ladi.  
To‘pni boshqarish harakatlari – to‗pni boshqarish texnikasi to‗pga zarba 
berish, to‗pni olib yurish, to‗xtash, aldov harakatlari, to‗pni olib qo‗yish, to‗pni 
yon chiziqdan o‗yinga kiritish harakatlaridan iborat bo‗ladi. To‗pga asosan oyoq 
va bosh bilan zarba beriladi.
To‘pga oyoq bilan zarba berish usullari: oyoq ichki tamoni bilan zarba 
berish, tovon, oyoq uchi va oyoq ustining ichki, o‗rtasi va tashqi tamoni bilan 
zarba berish usullariga bo‗linadi. To‗pga joyidan turganda, yumalab kelayotgan 
to‗pga, uchib kelayotgan to‗pga va to‗pga aylanib zarba berish usullari ham 
mavjud. SHuningdek o‗zdan ortirib tepish, erdan sapchigan to‗pni tepish 
harakatlari ham farqlanadi. Joydan turgan to‗pga zarba berish jarima to‗plari tepish 
va burchak to‗pini tepish vaqtida amalga oshiriladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling