132
yaqinlashgan o‗yinchi qulay vaqtdan foydalanib, to‗pni barmoqlar yoki kaft bilan
urib yuboradi. To‗pni musht bilan urib yuborish hamda o‗yinchi qo‗lidagi to‗pni
musht bilan urib yuborish taqiqlanadi.
To‘pni olib qo‘yish – to‗p uloqtirilgan vaqtda va to‗p o‗yinchi qo‗lida
bo‗lganda olib qo‗yish usuli qo‗llaniladi. Darvozabon qo‗lidan to‗p olib qo‗yish va
urib yuborish taqiqlanadi. To‗pni olib qo‗yish uchun baland uchayotgan to‗p
qarshisiga sakrab chiqish yoki o‗yinchi to‗pni to‗liq ushlab olmaganda tortib olish
harakatlarini bajarish mumkin.
Darvozabon asosiy harakatlari to‗pni darvozaga
kiritmaslik uchun uning
yo‗lini to‗sish harakatlaridan iborat bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: