Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

To‘pni to‘sish – darvozaga hujumchi tamonidan uloqtirilgan to‗pni to‗sish 
va yo‗nalishini o‗zgartish usullari bo‗lib hisoblanadi. Bu usul to‗pni uchish 
yo‗nalishiga muvofiq bir qo‗lda, ikki qo‗lda, gavda bilan, bir oyoqda va ikkala 
oyoqda to‗sish shakllarida bo‗ladi. Bel qismidan past darajada kelayotgan to‗plarni 
darvozabon oyoqlri bilan to‗sishi, gavda ro‗parasidan kelayotgan to‗plarni gavdasi 
bilan, boshqa yo‗nlashlarda kelayotgan to‗plarni esa qo‗llar bilan to‗sish mumkin. 
To‗g‗ridan pastdan kelayotgan to‗pni to‗sish uchun davozabon oyoqlarni juftlashi 
kerak. SHu bilan birga egilib qo‗llar bilan yon tamonlarni to‗sish kerak. CHunki 
ko‗p holda to‗p oyoqlardan qaytib qayrilib darvozaga kirib ketishi mumkin.
To‗pni bir oyoqda to‗sishda oyoqni bir tamonga keng tashlash, chuqur 
o‗tirish hamda oyoqlarni ikkala tamonga keng yozish bilan bajarish mumkin. 
Oyoqni yon tamonlarga keng tashlashda harakatlar son qismida boshlanib, 
boldirlar sal orqada bo‗ladi. To‗pni oyoq bilan to‗sishda oyoq siltab yon tamonga 
tashlashda to‗pni tovon yoki to‗piq qismiga kelib tegishini hisobga olish kerak. 
Past kelayotgan to‗pni to‗sishda bir tamonga tashlanib, chuqur o‗tirish bilan to‗pni 
to‗sish harakati qo‗llaniladi. To‗p yo‗nalishiga muvofiq darvozabon oyoqni yon 
tamonga tashlab chuqur o‗tirish harakati bajaradi. To‗pni tavon, to‗piq yoki 
tizzaning ichki qismi bilan to‗siladi. Gavdani tik holda tutib qolishga harakat 
qilinadi. Qo‗llar yon tamonga yozilgan bo‗lib, oyoqga urilib qaytgan to‗pni tutib 
qolish yoki urib yuborish ko‗zda tutiladi. Darvoza burchagiga yo‗naltirigan 


133 
to‗plarni asosan oyoqlarni yon tamonga keng yozib to‗sib qolinadi. To‗p oyoqning 
ichki tamonining barcha qismi bilan to‗silishi mumkin.
To‗pni ikki qo‗llab to‗sish harakati tepadan yoki pastdan amalga oshirilishi 
mumkin. Tepadan kelayotgan to‗pni darvozabon qo‗llarini baland ko‗tarib bilak, 
kaft va barmoqlari bilan to‗sishi mumkin. SHuningdek past kelayotgan to‗pni ham 
qo‗llarni to‗p yo‗nalish bo‗yicha pastga tushirib bilak, kaft va barmoqlari bilan 
to‗sishi mumkin. To‗pni to‗sishda kaftlar ochilgan va to‗p yo‗nalishiga qaratilgan 
bo‗lishi kerak. To‗pni bir qo‗llab to‗sish ham tepadan va pastdan amalga oshirilishi 
mumkin. Tepadan to‗sishda bir qo‗l ko‗tarilib to‗p qarshisiga chiqariladi, to‗p 
qo‗lning kaft va bilak qismi bilan to‗silishi mumkin. Pastdan to‗sishda ham bir 
qo‗l to‗p qarshisiga chiqariladi, bunda ham to‗pni qo‗lning barcha qismlari bilan 
to‗sish mumkin. To‗pni to‗sishda sakrash, tashlanish, qadamlash, yugurib chiqish 
harakatlarini bajariladi.
To‗pni to‗sishda darvozabon to‗pni keyingi harakatlarini ham hisobga olishi 
kerak. SHuning uchun to‗pni to‗sishda uning tezligini va kuchini sekinlashtirish 
maqsadga muvofiq bo‗ladi. To‗pni to‗sishda qaytgan to‗pni ushlab olish yoki 
darvoza ortiga yo‗naltirish hamda maydon chetiga chiqarib yuborishni ko‗zda 
tutish mumkin. Ko‗p holda to‗pni gavda bilan to‗sish amalga oshiriladi. Bunda 
gavda to‗p yo‗nalishi qarshisiga qo‗yilib, to‗p tezlanishini va kuchini 
sekinlashtirish uchun sal egiladi. To‗pni ko‗krak qismi bilan to‗sishda qaytga 
to‗pni ushlab olishga harakat qilinadi. Qorin qismida to‗sishda to‗p qo‗l yordamida 
ushlab olinadi. To‗pni ushlab olish harakati ikki qo‗lda bajarilishi kerak. Tepadan 
tashlangan to‗pni ham ushlab olish oson bo‗ladi. Tez va kuch bilan kelayotgan 
to‗pni to‗sishda esa boshqa usullarni qo‗llash mumkin. 
Futbol – qiziqarli va ommaviy sport o‗yinlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. 
Futbol – jamoaviy o‗yin bo‗lib, unda ikkita jamoa ishtirok etadi. Jamoada 
darvozabon bilan birga o‗n o‗yinchi, jami 11 bir ishitrokchi bo‗ladi. Futbol 
maydoni tabiiy yoki sun‘iy chim bilan qoplangan bo‗ladi. Maydon to‗g‗ri 
to‗rtburchak shaklida bo‗lib, min 45 m x 90 m max 90 m x 120 m. hajmda bo‗ladi. 
Xalqaro musobaqalar uchun maydonlar hajmi min 64 m x 100 m max 75 m x 110 


134 
m bo‗lishi mumkin. 
O‗yin maqsadi raqib darozasigi ko‗proq to‗p kiritish ya‘ni gol urish, 
o‗zining darvozasiga esa to‗p kiritmaslik bo‗lib hisoblanadi. Futbol o‗yining 
asosiy jahozi to‗p bo‗lib, teri yoki terini o‗rnini bosa oladigan maxsulotdan 
tayyorlanadi. Aylanasi 68-70 sm bo‗lib, og‗irligi 410-450 gr. bo‗ladi. Futbol o‗yini 
match deb yuritilib, 45 daqiqalik ikki taymdan iborat bo‗ladi. Asosiy o‗yin vaqtida 
hisob ochilmasi ikkita 15 daqiqalik ekstra taym belgilanadi. SHu holda ham hisob 
o‗zzgarmasa 11 metrli jarima to‗plari tepish – penal‘ti belgilanadi. 
Darvozalar maydon ikkala tamonining markazida joylashgan bo‗lib, 
ustunlari oraligi - 7,32 m, balandligi esa - 2,44 m. bo‗ladi. Darvoza ortiga to‗r 
ilingan bo‗lib, u yaxshi biriktirilgan bo‗lishi va darvozabonga xalqit bermasligi 
kerak. Darvoza ustunlari va to‗sini oq rangga bo‗yalgan bo‗ladi. 
Futbolchi maydon bo‗ylab harakatlanishda yurish, yugurish, sakrash, 
to‗xtash, qayrilish harakatlarini bajaradi. Bu harakatlar bilan o‗yinchi raqibining 
qo‗rig‗idan qochadi, hujum uyushtirish uchun qulay joyga o‗tadi, raqib 
darvozasiga hujumlar uyushtiradi va davrozaga to‗p tepadi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling