Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘pni olib qo‘yish
- To‘p tashlash
- Darvozabon texnikasi
Aldov harakatlari – Fintlar: futbolda raqibni chalg‗itish uchun aldov
harakatlari fintlar qo‗llaniladi. Fintlar raqibning qarishiligin engish, uni chalg‗itish va aldash, tezkor hjumlar uyushtirish maqsadida amalga oshiriladi. Fintlar qochib qolib fint qo‗llash, tashlanib fint qilish, oyoqni to‗p ustidan olib o‗tib fint qilish, to‗pni oldiga tashlab fint qilish, to‗pni bosh yoki ko‗krak bilan o‗ynab fint qilish, to‗pni soxta to‗xtatib fint qilish kabi usullardan iborat bo‗ladi. To‘pni olib qo‘yish – to‗pni raqib to‗pni qabul qilayotganda yoki raqib to‗pni olib yurganda olib qo‗yish mumkin. To‗p olib qo‗yish harakati to‗liq va to‗liqsiz to‗p olib qo‗yish harakatlariga bo‗linadi. To‗pni to‗liq olib qo‗yishda to‗pni olib qo‗yish harakati to‗liq amalga oshiriladi. To‗liqsiz olib qo‗yish harakati esa to‗pni maydon tashqariga chiqarib yuborish yoki sherigiga tepib yuborish bilan bajariladi. To‗pni olib qo‗yishda tashlanish va qadamlash harakatlari qo‗llanilishi mumkin. To‘p tashlash – o‗yinchilarning maydon yon chizig‗idan to‗pni o‗yinga kiritish harakati bo‗lib hisoblanadi. To‗pni maydonga tashlashda qo‗llar baland ko‗tarilib to‗p bilan siltanish harakatlari bajariladi. Dastlabki holat tik turiladi, oyoqlar elka kengligida yozilgan bo‗lib, tizza bo‗g‗imlarida bir oz bukilgan bo‗ladi. To‗p tashlashda oyoqlar to‗g‗rilanadi, gavda rostlanadi va qo‗llar bosh ortidan siltash harakati bajaradi. To‗p tashlashda asosiy talablardan biri oyoqlar 137 erdan uzilmasligi va to‗pni uloqtirish harakatida ikkala qo‗l teng ishtirok etishi kerak. Darvozabon texnikasi – o‗z maydonida to‗pni qo‗l bilan ushlash, qo‗l bilan urib yuborish, darvoza tamon yo‗naltirilgan barcha to‗plarni gavdanig barcha qismi bilan to‗sish harakatlaridan tashkil topadi. Darvozabonnig asosiy harakati to‗pni ushlash harakati bo‗lib, bu harakatlar to‗pni pastdan ushlash, to‗pni tepadan ushlash, to‗pni tashlanib yoki yiqilib ushlash shakllarida bo‗ladi. SHuningdek darvozabon to‗pni urib yuborish va to‗pni darvoza to‗sini ustidan o‗tkazib yuborish harakatini ham bajaradi. To‗pni urib yuborish va tepaga o‗tkazib yuborish bir qo‗lda ham ikki qo‗lda ham bajarilishi mumkin. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling