151
harakatni davom ettirib, palanka ustidan o‗tadi va sakrash harakatini yakunlaydi.
Sakrashda qo‗lning siltash harakati va gavdani oldga olib o‗tish hamda tos bel
qismini baland ko‗tarishga yordam beradi.
YUgurib kelib uzunlikka sakrash: talabalar bilan jismoniy tarbiya
darslarida asosan yugurib kelib uzunlikka sakrashning
oyoqlarni bukib sakrash
usuli keng qo‗llaniladi. YUgurib kelib uzunlikka sakrashning asosiy talablari katta
tezlikda yugrib kelish, belgilangan joyga depsinish oyog‗ini to‗g‗ri qo‗yish hamda
kuch bilan depsinish, uchish jarayonlarida oyoqlarni baland ko‗tarish va oldga
engashgan holda qo‗nish hisoblanadi. YUgurib kelish boshlang‗ich
tezlanishni
olish va depsinish joyiga katta tezlikda kelib tayanch oyoqni belgilangan joyga
to‗g‗ri qo‗yishdan iborat. Depsinishda qadam to‗liq bosiladi yoki tovondan
depsinish boshlanadi. Tayanch oyoq bilan depsinilgandan so‗ng navbatdagi oyoq
keng yozilib oldga balandga tashlanadi. Bunda qo‗llar
siltanish va keng quloch
yozish bilan yordam beradi. Uchish jarayonida depsinish oyoq tashlangan oyoq
darajasida baland ko‗tariladi. Gavda bir oz oldga egilib tana og‗irligi oldga
yo‗naltiriladi. Qo‗nishda gavda oldga yo‗naltiriladi, qo‗llar
esa bu harakatga
ko‗maklashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: