Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Uzoq masofaga yugurishlar


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Uzoq masofaga yugurishlar: bunday yugurishlarga 3000, 5000, 10 000 m, 
15-20 km.,ga hamda marafon va o‗ta uzoq masofalarga vaqtga qarab yugurishlarni 
kiritish mumkin. Uzoq masofaga yugurishlar bilan shug‗ullanish uchun yaxshi 
jismoniy tayyorgarlikka ega hamda chidamlilik fazilati yuqori darajada bo‗lishi 
kerak. Dastlab - 5000-10 000 m., masofaga yugurishlardan boshlash mumkin. 
Uzoq masofaga yugurishlar malakasini takomillashtirish uchun stadionda, 


150 
avtomobil shosselarida hamda dala va o‗rmonlarda kross yugurishlari bilan 
shug‗ullaniladi.
Kross – yugurishlar tabiat qo‗ynida dala va dashtlar, o‗rmonlar va tog‗ 
yonbag‗irlarida hamda avtomobil shosselarida bajariladi. Bunda tabiiy to‗siqlar 
chuqurliklar, soy va anhorlar, irmoqlar, do‗ngliklar, daraxtzorlar, qumloq, toshloq 
va botqoq yo‗llar uchraydi. Kross yugurishlari mustaqil sport turi bo‗lishi bilan 
birga uzoq masofaga yuguruvchilarning umumiy va maxsus chidamliligini 
rivojlantirishga katta yordam berish vositasi bo‗lib hisoblanadi.
Estafeta yugurishlar stadionda aylana bo‗ylab yugurish bilan bajariladi. 
4x100, 4x200 m., masofalarga estafeta yugurishlari stadionning yugurish 
yo‗lkalarida o‗tkaziladi. Boshqa shakldagi estafetalar esa umumiy yo‗lkalarda 
o‗tkazish ham mumkin. Estafetaning birinchi bosqichda yugurish past startdan 
boshlanadi. YUguruvchi estafeta dastagini o‗ng qo‗lda tutib yuguradi. Navbatdagi 
bosqichda yuguruvchilar sherigini belgilangan joyda kutib oladilar. Estafeta 
dastagini berish yuqori tezlikda bo‗lishi kerak. Uni berish uchun 20 m.,li zona 
ajratilgan bo‗ladi. Bu zonaning 10 m birinchi bosqichining yakunida bo‗lsa, 10 m 
ikkinchi bosqichning dastlabki masofalarini o‗z ichiga oladi. Estafeta 
yugurishlarining asosiy vazifasi estafeta dastagini yugurish tezligini pasaytirmay 
sherigiga berishdan iborat, shuning uchun 20 m.,li zona ichida estafeta dastagini 
berish davrida yugurish tezligi pasaymasligiga erishish kerak. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling