Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


O‘rta masofalarga yugurish


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

O‘rta masofalarga yugurish: o‗rta masofalarga yugurish qadamlarning 
kichikroq bo‗lishi, gavdani tik tutilishi, oyoqlarni baland ko‗tarmaslik, qo‗llarning 
siltash harakati kam bo‗lishi va nafas olishning bir maromda bo‗lishi bilan 
farqlanadi. 


149 
Start va startdan chiqish. «Startga!» buyrug‗i bilan tayanch oyoq start 
chizig‗i oldiga qo‗yiladi, depsinish oyog‗i esa orqada bo‗ladi. Gavda bir oz 
egilgan, bir qo‗l quloch yozish uchun pastga uzatilgan, ikkinchi qo‗l orqaga bir oz 
ko‗tarilgan bo‗ladi. Pastga uzatilgan qo‗l tayanch oyoqqa qarama qarshi qo‗l 
bo‗lishi kerak. SHuningdek uzatilgan qo‗lga tayanishga ruxsat beriladi. «Marsh!» 
buyrug‗idan so‗ng yuguruvchi startdan chiqib bir necha metr masofadan so‗ng 
yugurish yo‗lkasining eng chet qismini egallashga harakat qilishi kerak. Startdan 
chiqishda gavda bir oz egilgan, qadamlar katta tashlangan va qo‗llar shiddat bilan 
quloch yozish harakatlarini bajaradi. 20-30 m. tezlanish olingandan so‗ng oddiy 
yugurishga o‗tiladi.
Masofa bo‗ylab yugurish bir hil qadamlarni tez tez tashlash bilan bajariladi. 
Gavdaning oldga bir oz egilishi, elkalar keng yozilgan, bel qismi tos son qismini 
oldga chiqarish uchun egilgan, bosh to‗g‗ri tutilgan, qo‗llar bir maromda 
haraktlanishi o‗rta masofaga yugurishning asosiy texnikasi bo‗lib hisoblanadi. 
Oyoqlar harakati oldga qattiq depsinish va tana harakati bilan muvofiqlikda 
bajarilishi kerak. Depsinish va qadam tashlash hisobiga tana havoda bir oz uchishi 
ta‘minlanadi. Qo‗llar oyoqlar harakati bilan monand bajariladi. Qo‗llar chig‗anda 
bukilgan barmoqlar esa musht qilib tugilgan bo‗ladi. Qo‗llar harakati sekin va 
tekis bo‗lib, elka darajasiga qadar ko‗tariladi. YUgurish tezligiga muvofiq qo‗llar 
harakati ham tezlashib boradi. Nafas olish chastotasi va chuqurligi yugurish tezligi 
bilan muvofiq bo‗lishi kerak. Marraga kirib borishda qadamlar katta tashlangan, 
qo‗llar harakati shiddatli bo‗lishi va gavda oldga bir oz egilgan bo‗lishi kerak. 
YUguruvchi marra chizig‗idan o‗tgach yugurishni sekinlatib so‗ngri yurishga 
o‗tadi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling