Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Granata va to‘p uloqtirish
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saf mashqlari
Granata va to‘p uloqtirish: talabalar bilan asosan granata va to‗p uloqtirish
mashqlariga o‗rgatish tashkil etiladi. Uloqtirish harakatlari yugurib kelish, uloqtirish harakati va to‗xtash harakatlaridan iborat bo‗ladi. Granata dastagidan ushlashda katta barmoq yuqorida, kichik barmoq esa ostida bo‗ladi. Granata uloqtiruvchi qo‗l barmoqlari bilan o‗rtacha kuch bilan siqib ushlanadi. To‗pni ushlashda barcha barmoqlar to‗pni atrofini to‗liq o‗rab olib ushlanadi. Granata uloqtirishda dastlab qaychisimon yuguriladi. YUgurish uzunligi ixtiyoriy bo‗lib 5- 10 m atrofida bo‗lish mumkin. YUgurish harakati belgilangan chiziqqa qadar bo‗ladi. YUgurish davomida granata tutgan qo‗l orqadan ko‗tarilib elka darajada bo‗ladi. Oxirgi uch qadamda granata tugan qo‗l chig‗andan bukilib bosh ortidan ko‗tarilib siltash bilan uloqtiriladi. Bu vaqtda uloqtirish qo‗l tamondagi tayanch oyoq belgilangan chiziqqacha kelishi mumkin. Uloqtirish harakati tepaga va oldga bajariladi. To‗pni uzoqqa uloqtirishda ham uloqtirish harakati shunday bajariladi. 152 To‗pni nishonga uloqtirish esa joydan turib bajariladi. Bunda nishonni mo‗ljalga aniq olish imkoniyati bo‗ladi. Gimnastika mashqlari talabalarni sog‗lom va jismoniy rivojlangan qilib tarbiyalash bilan birga gimnastika mashqlari texnikasiga o‗rgatishni ta‘minlaydi. Gimnastika mashqlari harakat malaka va ko‗nikmalarini shakllantirishga, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga hamda talabalar axloqiy, ruhiy iroda sifatlarini tarbiyalashga katta yordam beradi. SHu bilan birga gimnastika mashqlari sog‗lomlashtirish va jismoniy rivojlantirish bilan hayotiy zarur harakatlar yugurish, yurish, uloqtirish, sakrash, tirmashib chiqish, oshib o‗tish, tayanish va osilish harakatlarini o‗rgatishga ham asos bo‗ladi. Gimnastika mashqlarini o‗rgatishda jixozlar, asboblar keng foydalaniladi. Saf mashqlari: saflanish, qatorlar, qismlar, bo‗limlarga saflanish, distantsiya, oraliq, boshlovchi, yakunlovchi vazifalaridan iborat bo‗ladi. Saflanishlarda ―saflan, tekislan, rostlan, erkin, hisob, qadam bos, joyda, to‗xta, bekor, tarqal, yozil, birlash‖ buyruqlarini bajarish o‗rgatiladi. Sanoq sanash, o‗nga va chapga, orqaga burilishlar, bir, ikki va ko‗p qatorlarga saflanishlar tashkil etiladi. Harakatlanishlar yurish va yugurish harakatlari, sanoq bilan yurish, keng qadam, kalta qadam, tez qadam, sekin qadam, yarim qadam, to‗liq qadam tashlash qoidalari o‗rgatiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling