Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masofa bo‘ylab yugurish.
- Marraga kelish.
Stardan chiqish. Birinchi qadamni tez va aniq qo‗yish, tanani startdan
depsinib olib chiqish tezligiga bog‗liq bo‗ladi. Birinchi qadam oyoq to‗liq yozilish bilan qadam tashlanadi. SHu vaqtda ikkinchi oyoq son bo‗g‗im qismi ko‗tarilishi amalga oshadi. Birinchi qadam katta tashlanishi bilan birga qattiq depsinish bilan tezlik ortiriladi. Bu harakatni tez va kuch bilan bajarish talab etiladi. Startdan chiqish tezligi 15-20 qadamlarda katta tezlikda bo‗lishi kerak. Startdan chiqishda qo‗llarni oldga-tepaga siltash harakatlari ham muhim bo‗ladi. Qo‗llarning bunday harakati masofa bo‗ylab yugurishda katta quloch bilan keng yozilishidan farq 148 qilinadi. Masofa bo‘ylab yugurish. Qadam tashlashlarga muvofiq gavda va qo‗llar harakati ta‘minlanadi. Qadamlar yo‗lkaga engil lekin qattiq depsinish bilan qo‗yiladi. Tanani havoda bir muddat uchishi ta‘minlanadi. Bu holat qattiq depsinish va oyoqni keng tashlash hisobiga amalga oshadi. Depsinish oyoq kaftining asosidan boshlansa qadam qo‗yish oyoq kaftining uchidan boshlanadi. YUgurishda qo‗llar chig‗anda bukilgan bo‗lib, old va orqaga oyoq harakatlari bilan monand harakatlantiriladi. Qo‗lning oldga chiqarilishida chig‗andan bukilishi orqaga uzatishga nisbatan katta bo‗ladi. Barmoqlar erkin holda bir oz bukilgan bo‗lishi mumkin. Ba‘zi yuguruvchilar barmoqlarni yozib ham yugurishadi. Marraga kelish. YUgurish yakuniga qadar tezlik kattaligini saqlab qolishga urinish kerak. SHunga qaramay ko‗p sportchilarda bu ko‗rsatkich pasayib ketadi. Faqat mohir sportchilargina yugurish yakunida ham tezlikni yuqori darajada bo‗lishiga erisha oladi. Marra chizig‗iga birinchi kirib kelgan yuguruvchi g‗olib bo‗lib hisoblanadi. Hozirgi kunda musobaqalarda marraga tananing har qaysi qismi bilan birinchi kirib kelgan sportchi g‗olib bo‗lishi belgilangan. Avvalda faqat ko‗krak qismidagi tasmaga birinchi bo‗lib teggan sportchi g‗olib hisoblanar edi. 200 va 400 m., masofaga yugurishlarning o‗ziga xos xususiyati bu yugurishlarda burilishlar borligida. Burilishda yuguruvchi tanasini bir oz chap tamonga og‗dirishi kerak. Bu holat yugurish tezligini pasayishiga olib keladi. Burilishga kirishda yuguruvchi tanasi chap tamonga sekin asta og‗ib borsa, burilishdan chiqishda ham tana holati sekin asta to‗g‗rilanish kerak. Burilish yo‗lkasini tana bir tamonga og‗gan holda bosib o‗tiladi. Bunda qadamni to‗g‗ri qo‗yish muhim. Har qadamdan oyoq ichga tamon burilishi kerak. O‗ng qo‗lni oldga, chap qo‗lni orqaga harakatlari kuchaytiriladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling