Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHalqancha suzish
- Brass suzishi
Erkin suzish – ko‗krakda krol‘ suzish usuli deb ham ataladi. Bu eng tez
suzish usuli bo‗lib hisoblanadi. Bu suzish usulida barcha suzish usullari kabi tana suvda gorizontal holda bo‗ladi. Oyoqlar juft holda quloch ochuvchi qo‗l od tamonga uzatilgan, qarama qarshi qo‗l esa gavda yonidan orqaga uzatilgan bo‗ladi. 157 Bosh suvga qo‗yilgan va oldga qaragan bo‗ladi. Bosh suvdan ko‗tarilmasligi kerak, bunda suvning qarshiligini engish kuchi kamayib ketadi. Suzish harakatlari qo‗llar navbat bilan quloch yozib suvni orqaga surish harakati bilan boshlanadi. Bunda quloch yozuvchi qo‗l kafti suvga parallel bo‗lib barmoqlar juftlangan holda bo‗ladi. Orqadagi qo‗l tana yonida to‗g‗ri uzatilib, suvdan chiqishda qo‗l chig‗anda bir oz bukilib havoda bosh oldidan to‗g‗riga uzatiladi, qo‗l suvga chig‗anda yarim bukilgan holda kaftlar parallel holda kiritiladi. Bu harakat takror takror bajarilib boradi. Qo‗llar yordamida quloch yozishda gavda qo‗l harakatiga muvofiq bir oz yon tamonga buriladi. Suzishda oyoqlar harakati suvni pastdan tepaga urish bilan bo‗lib tizzalar bukilmaydi. Harakat fakat to‗piq qismida bajariladi. Har bir quloch yozish harakatiga 3-6 marta oyoq harakati mos kelishi kerak. Nafas olish harakati ham qo‗llar harakatiga mos bo‗ladi. Nafas olish faqat bir tamondan shu qo‗l orqaga tortilganda bosh elka tamonga burilib og‗iz suvdan ko‗tarilganda bajariladi. Nafas chiqarish esa qarama qarshi tamonga suvga chiqariladi. CHalqancha suzish – orqada krol‘ suzish usuli, ko‗krakda krol‘ suzish usuli kabi bo‗lib faqat harakatlar teskari yo‗nalishda bajariladi. Tana suvga orqa tamon bilan yotgan holda bo‗ladi. Suvga tana bir oz botib turgan bo‗lsada elkalar sal ko‗tarilgan holatda bo‗ladi. Quloch yozuvchi qo‗l to‗g‗rilanib quloq suprasiga tegar tegmay suvga kirib boradi. Qo‗l kafti suvga deyarli parallel holda bo‗lib, barmoqlar juft holda bo‗ladi. SHu vaqtda qarama qarshi qo‗l gavda yonidan belga tegar tegmay suvdan ko‗tariladi va quloch yozuvchi qo‗l harakatini takrorlaydi. Bosh suvga botib turishi suvning qarshiligini engishga yordam beradi. Har quloch yozishda gavda shu tamonga bir oz burilish harakatini bajaradi. Oyoqlar tizzada bir oz bukilib suvni pastdan tepaga-orqaga surish harakatini bajaradi. Nafas olish bir maromda erkin bajarilishi kerak. Brass suzishi – suzuvchi qo‗llar va oyoqlarning simmetrik harakatlari yordamida suzadi. Qo‗l va oyoqlarning suv ostidagi harakatlari suzuvchiga suvning katta qarshiligi ta‘sir etishi bilan bo‗lib, suzish bir oz sekinroq amalga oshadi. Brass suzishida suzuvchi suvga ko‗krak bilan yotib, elkalar suv ustida, 158 qo‗llar oldga chig‗anlarda, yarim bukilgan holda uzatilgan bo‗ladi. Kaftlar suv ichida gorizontal holatda barmoqlar esa juft holda bo‗ladi. Harakatlar ketma ketligida bosh va elka suv ustiga ko‗tarilganda qo‗llar yaqinlashib oldga uzatiladi. Bosh va elkalar suvga botirilganda qo‗llar quloch yozib suvni yon tamondan orqaga surish harakatlarini bajaradi. Bu harakatlarga muvofiq oyoqlar ham simmetrik shaklda tizzalardan bukilib suni orqaga tepadi ya‘ni suradi. Nafas olish harakati bosh suvdan ko‗tarilganda bajariladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling