Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
- Kun tartibi, uyqu, ovqatlanish tartibi va sifati; -
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAJT qo‘shimcha vositalari
- Talabalar va mutaxassislar kasbiy faoliyati xususiyatlari
-
Kun tartibi, uyqu, ovqatlanish tartibi va sifati; - Zararli odatlarni tark etish; - Tanani parvarish qilish; - Ishchanlikni ortirish va tiklanishda qo‗shimcha vositalar – masaj, dush, sauna va hammomlardan foydalanish. KAJT qo‘shimcha vositalari sifatida jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan trenajerlar, mexnat faoliyatidagi harakatlarni takomillashtirishga yordam beruvchi moslama va jixozlardagi mashqlardan foydalanish mumkin. Qo‗shimcha vositalardan foydalanishda mahalliy shart sharoitlar, shug‗ullanuvchilar jismoniy tayyorgarlik darajasi va sog‗ligining holatini hisobga olish kerak. Mashg‗ulotlar jarayonlarida jismoniy yuklamalar hajmini ham hisobga olinadi. Engil hajmdagi jismoniy yuklamalar organizm jismoniy rivojlanishiga etarli darajada ta‘sir ko‗rsatmasligi mumkin bo‗lsa, me‘yordan ortiq darajadagi jismoniy yuklamalar esa asab va muskul zo‗riqishlariga olib kelib, tiklanish uchun ko‗p muddat va maxsus tiklanish vositalardan foydalanishni talab etiladi. SHunga qaramay dastlabki davrda jismoniy yuklamalar hajmi oz darajada bo‗lsada, shug‗ullanuvchilar jismoniy tayyorgarlik darajasiga muvofiq jismoniy yuklamalar muntazam ortib borilishi kerak. Talabalar va mutaxassislar kasbiy faoliyati xususiyatlari Talabalar o‗quv faoliyati va ko‗plab zamonaviy mutaxassislarning kasbiy faoliyati aqliy faoliyat bo‗lib, kamharakatliligi bilan ajralib turadi. Aqliy faoliyat jarayonilarida hodimlarning MNT yuqori darajada qo‗zg‗alishi bilan belgilanadi. 171 Talabalar o‗quv faoliyatida ham ruhiy aqliy zo‗riqishlar bo‗lib, axborotlarni tahlil qilish, diqqat, xotira, fikrlash, tasavvur qilish jarayonlari bo‗lib o‗tadi. Aqliy faoliyat hodimlarining mexnat jarayonlari dim, yaxshi shamollatilmagan xonalarda, ko‗plab kompyuterlar qurshovida bo‗ladi. Hamkasblar bilan doimo muloqatda bo‗lish hodimlardan sabrli, qat‘iy bo‗lishni, hamkasblarning xulq atvori va fe‘lini oldindan bilishni talab etadi. Aqliy mexnat hodimlari ko‗p vaqtlarini o‗tirib ishlash bilan o‗tkazadilar. O‗tirgan va oldga engashgan holda qon organlar va to‗qimalarga bir hilda taqsimlanmaydi. Oyoqlar tizza va tos son bo‗g‗imida bukilgan holda uzoq vaqt bo‗lib, hech qanday yuklamalar ta‘sirida bo‗lmaydi. Ko‗plab muskul guruhlari uzoq vaqt statik zo‗riqishda bo‗ladi. Bosh muskullari, bo‗yin, elka kamari va gavda muskullari shular jumlasidan. Bu bilan miyaning oziqlanishi buziladi, qorin bo‗shlig‗ida, tos sohasida dimlanish, qo‗l va oyoqlarda toliqishlar ro‗y beradi. Bundan tashqari kompyuterga uzoq vaqt tikilib ishlash, ko‗z soqqasi muskullarini zo‗riqishga olib keladi. Aqliy mexnat inson organizmiga salbiy ta‘sirlarga ega bo‗lmasada, mexnat jarayonlarida harakatlanmaslik, aqliy zo‗riqishlar, mas‘uliyatli vazifalar asab tizimini zo‗riqishiga va muskul tonusini ortib ketishiga, gipodinamiyani shakllanishiga, ichki a‘zolar va LOR organlarning surunkali kasalliklarini vujudga kelishiga olib keladi. Jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanmaydigan talabalar va aqliy mexnat hodimlarida nafas olish hajmi, o‗pkaning tiriklik sig‗imi kamayadi, qomat tuzilishi buziladi, ko‗rish yomonlashadi, moddalar almashinuvi pasayadi. Tadqiqotlar shuni ko‗rsatadiki aqliy mexnat hodimlari o‗zlarining salbiy xis tuyg‗ulari – qaxr, qo‗rqinch, alamlarni jismoniy mexnat hodimlariga nisbatan boshqara olmaydilar. Ular o‗zlarini alkogol ichimliklar ichish, sigareta chekish bilan tinchlantiradi. Aslida jismoniy mashqlar, sport mashg‗ulotlari yoki oddiygina piyoda sayrlar ham salbiy xis tuyg‗ularni bartaraf etishga samarali ta‘sir eta oladi. Bizga ma‘lumki bosh miyaning to‗laqonli faoliyat olib borishida uni kislorod bilan muntazam ta‘minlanishi muhim bo‗lib hisoblanadi. SHuningdek muskullardan 172 kelayotgan nerv impulslari ham ijobiy xis tuyg‗ularni shakllanishiga yordam beradi. Har bir insonda ishchanlik qobiliyati va mexnat samaradorligi har hil darajada bo‗ladi. Bu jarayonlar mexnat shart sharoitlari va kasbiy faoliyat turlariga bog‗liq bo‗ladi. Uzoq vaqt mexnat qilish natijasida charchashlar vujudga keladi. CHarchoqning dastlabki belgilari diqqatni jamlay olmaslik, mexnat qilish holatini tez tez o‗zgartirish bo‗lishi mumkin. SHunga qaramay inson iroda kuchi hisobiga, mexnat natijalariga qiziqish bo‗lganda hamda yaxshi kayfiyatlarda uzoq vaqt ishni davom ettirishi mumkin. Bu holat mexnat jarayonlarini davom etishini ta‘minlasada charchoqlarni bartaraf eta olmaydi. SHuning uchun o‗ta toliqishdan saqlanish kerak. Ayniqsa aqliy mexnat hodimlari toliqishlari tez shakllana boradi. Aqliy mexnat hodimlarining ish faoliyatining xususiyatlari shundaki, ish vaqti tugagandan so‗ng ham bosh miyada qo‗zg‗alishlar saqlanib qoladi. Bu charchashlarni surunkali holatga o‗tishiga olib keladi. Bunday holatni oldini olish uchun mexnat va ish faoliyatida dam olishni tashkil etish, bo‗sh vaqtlarda dam olish shaklini tez tez o‗zgartirib turish kerak. Aqliy mexnat faoliyatini samarali tashkil etish uchun yaxshi rivojlangan aqliy qobiliyat bilan birga jismoniy tayyorgarlik ham zarurat bo‗lib hisoblanadi. Aqliy mexnat jarayonlaridan avval jismoniy mashqlar bajarish, mexnat faoliyati va dam olish jarayonlarida jismoniy mashqlar bajarish hamda ishdan keyin sog‗lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar va sport mashg‗ulotlari bilan shug‗ullanish, ishchanlikni ortirish, charchoqlarni barataraf etish bilan birga kasbiy kasalliklar va jarohatlanishlarni oldini olishga katta yordam beradi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling