Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
V. Bob. Mustaqil ta‟lim va mustaqil mashg„ulotlar shakllari
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
V. Bob. Mustaqil ta‟lim va mustaqil mashg„ulotlar shakllari
Talabalarning mustaqil ta‘lim jarayonlari jismoniy tarbiya bo‗yicha maxsus vazifalarni hal etishga qaratilgan bo‗ladi. Mustaqil ta‘lim jarayonlarining asosiy maqsadi talabalarda mustaqillik sifatlarini tarbiyalashdan iborat. Mustaqil ta‘lim jarayonlari hech kimning ko‗magisiz tashkil etiladi, balki tavsiyalar berish mumkin xolos. Mustaqil ta‘lim jarayonlari talabalarning jismoniy tayyorgarliklari, jismoniy qobiliyatlari hamda shaxsiy qiziqishlari bilan birga jins turlariga muvofiq belgilanadi. Jismoniy tarbiya bo‗yicha mustaqil ta‘lim mashg‗ulotlari talabalarda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, harakat malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish bilan bir qatorda, jismoniy tarbiya va sportga oid bilimlar va internet ma‘lumotlarini o‗zlashtirishdan iborat bo‗ladi. SHu bilan birga mustaqil ta‘lim jarayonlarida talabalar jismoniy tarbiya va sport bo‗yicha mamlakatimizda bo‗layotgan islohatlar, mamlakatimiz prezidenti va vazirlar mahkamasining jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish bo‗yicha qaror va farmonlari o‗rganiladi va tahlil etiladi. Talabalarning jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy bilimlarini shakllanish darajalari ular qo‗l yozmalar, referatlar tayyorlashida aks etadi. Qo‗l yozma va referatlarni quyidagi mavzularda tayyorlash mumkin: 183 Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni shakllanishi va uning rivojlanishi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida islohatlar mazmuni. Mamlakatimizda milliy sport turlarini rivojlanishi va taraqqiy etishi. Mamlakatimiz sportchilarining xalqaro sport musobaqalarda erishayotgan muvaffaqiyatlarining omillari. Ta‘lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sport sog‗lomlashtirish mashg‗ulotlarining maqsad va vazifalari. Talabalar jismoniy tarbiya va sport sog‗lomlashtirish mashg‗ulotlarining shakllari, vositalari va uslublari. Organizmni tabiat omillari yordamida chiniqtirish tadbirlari. Jismoniy mashqlar va sport mashg‗ulotlarining organizmga sog‗lomlashtiruvchi ta‘sirlari. Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarida jarohatlanishlarning oldini olish. Jismonan zaif va nogiron talabalar bilan jismoniy tarbiya mashg‗ulotlari tashkil etish. Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlari jarayonlarida tibbiy nazoratlarni tashkil etish. Jismoniy mashqlar va sport turlari bilan mustaqil shug‗ullanish. Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik mashg‗ulotlarini tashkil etish jarayonlari. Sog‗lom turmush tarzi va uning qoidalariga rioya qilish. Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‗ullanishda shaxsiy va jamoat gigienasi talablariga rioya qilish. SHuningdek mustaqil ta‘lim jarayonlarida talabalar jismoniy mashqlar va sport bilan shug‗ullanishda organizmda bo‗layotgan ijobiy va salbiy o‗zgarishlarni nazorat qilish va ularni qayd etib borish bo‗yicha bilimlari shakllantiriladi. Mashg‗ulotlar jismoniy yuklamalarini me‘yorlash, iste‘mol qilayotgan ozuqa moddalarning me‘yori va kaloriyasini hisoblab borish, kun tartibi va mashg‗ulotlar shakllari hamda vositalarini ham qayd etib borish usullari o‗rgatiladi. 184 Talabalar jismoniy tarbiya bo‗yicha mustaqil mashg‗ulotlari jarayonlari esa talabalarning o‗qish va mexnat faoliyatidan bo‗sh vaqtlarda jismoniy mashqlar va sport turlari bilan faol shug‗ullanishni tashkil etadi. Mustaqil mashg‗ulotlar shug‗ullanuvchilar jismoniy va aqliy charchoqlarini barataraf qilishdan tortib, jismoniy fazilatlarni yuqori darajada takomillashtirish vazifalarini hal etadi. YUqorida ta‘kidlaginimizdek mustaqil mashg‗ulotlar shakllari ertalabki badan tarbiya mashqlari bilan shug‗ullanish, sport to‗garaklarida sport turlari bilan shug‗ullanish, tabiat omillari yordamida chiniqtirish muolajalari qabul qilish hamda sog‗lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya tadbirlaridan iborat bo‗lishi mumkin. Ertalabki badan tarbiya mashqlari shug‗ullanuvchilarni kun davomida bo‗ladigan jismoniy va aqliy yuklamalarga tayyorlash bilan birga ular organizmini sog‗lomlashtirish, jismoniy rivojlantirish vazifalarini ham amalga oshiradi. Sport to‗garaklardagi mashg‗ulotlar esa shug‗ullanuvchilarning sport turlari harakatlari texnikasi va taktikasini egallashga, jismoniy fazilatlardan kuch, chidamlilik, tezkorlik va chaqqonlik hamda egiluvchanlik sifatlarini rivojlantirishga katta yordam beradi. Toza havoda sayrlar, tabiat qo‗yniga qilinadigan sayohatlar davomida organizm tabiat omillari quyosh, havo va suv muolajalari ta‘sirida chiniqtiriladi, kasalliklarga chidamliligi ortadi. SHu bilan birga chiniqtirish muolajalarini uy sharoitida hamda sauna va hammomlarga tushish bilan ham tashkil etish mumkin. Tabiat qo‗yniga sayrlar va sayohatlar jarayonlarida organizm tabiat omillari yordamida chiniqib borishi bilan birga har hil shakldagi jismoniy harakatlar bajarish bilan harakat malaka va ko‗nikmalari takomillashadi, jismoniy sifatlar rivojlanib borishi ta‘minlanadi. Sayr va sayohatlarda axloqiy, ruhiy iroda va ma‘naviy ma‘rifiy fazilatlar, bilim va malakalar tarbiyalaydi hamda dunyoqarashlar kengayadi. Tashabbuskorlik, mustaqillik, qat‘iyatlilik, jasurlik, hamkorlik, mexnatsevarlik, o‗z aro hurmat va izzat kabi bir qator insoniy fazilatlar kamol topadi. 185 Talabalarning jismoniy rivojlanish ko‗rsatkchilari maxsus sinov testlar iorqali baholanib briladi. Olingan ko‗rsatkichlarga muvofiq ularning jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlaridaga jismoniy yuklamalar hajmi va ta‘sirlari rejalashtiriladi. SHuningdek talabalarning jismoniy rivojlanish darajalari ―Alpomish‖ va ―Barchinoy‖ sinov testlari orqali ham baholanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling