Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gidroaerobika
Kallanetika — ayollar uchun mo‗ljallangan, chuqur joylashgan muskul
guruhlari faolligini ortirishga qaratilgan 30 ga yaqin izometrik jismoniy mashqlar to‗plami. Mashqlar to‗plamining ixtirochisi Amerikalik sportchi gimnast Kallane Pinkney. Mashqlarni sokinlikda, musiqalarsiz, tinch holatda bajarish tavsiya etilgan. Bu jihatlari bilan mashqlar yoga mashqlariga o‗xshab ketadi. Mashqlarni oynaga qarab bajarish maqsadga muvofiqligi ta‘kidlanadi. Mashqlar bir soat davomida bajariladi. Mashqlar takroriyligi haftasiga bir marta bo‗lishi mumkin. Mashqlar to‗plami to‗rt bo‗limdan iborat bo‗ladi: 1) Qizdirish mashqlari (6 ta mashq); 2) Kelishgan qomat mashqlari (4 ta mashq); oyoqlar uchun mashqlar (4 ta mashq); bel va son muskullari uchun mashqlar (5 ta mashq); 3) Muskullarni cho‗zish mashqlari (6 ta mashq); 4) Qorin muskullari uchun mashqlar (3 ta mashq); qo‗l muskullari uchun mashqlar (2 ta mashq). Bir soat davomida kallanetika mashqlarini bajarish 7 soat gimnastika, 24 soat aerobika mashqlarini bajarishga teng bo‗ladi deb ta‘kidlaydi ixtirochi. Organizmning muskul guruhlari va tayanch harakat apparati mashg‗ulotlarga moslashgandan so‗ng mashqlarni 15 daqiqa davomida har kuni bajarish mumkin. Mashqlarni bajarishda keskin harakatlar bajarish, muskullarni zo‗riqtirish 179 ta‘qiqlanadi. Egilish, bukilish va yozilish harakatlarini bajarish, yotgan holda muskullarni cho‗zish uchun qo‗l, oyoq va gavdani ko‗tarish harakatlari bajariladi. Gidroaerobika — suvda musiqa jo‗rligida bajariladigan mashqlar to‗plami bo‗lib, suzish harakatlarini gimnastika, streching, kuch mashqlar bilan birgalikda bajarishga asoslangan. Gidroaerobika mashqlari yurak qon tomir, nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilash, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, kelishgan qomatni shakllantirish, ishchanlik qobiliyatini ortirish, inson ruhiy holatini barqaror qilishga qaratilgan bo‗ladi. Suvning mexanik hamda harorati bilan ta‘sir etishi, organizm barcha tizim va funktsiyalarida ijobiy o‗zgarishlarni sodir qiladi, chiniqtirishni ta‘minlaydi. Suvdagi mashg‗ulotlar nafas olish muskullarini rivojlanishiga, ko‗krak qafasini kengayishiga va buning natijasida o‗pkaning tiriklik sig‗imini ortishiga olib keladi. Suvda tana haroratini boshqarish takomillashadi, modda almashinuvi kuchayadi. Natijada suv mashg‗ulotlarida ko‗plab quvvat sarf etiladi, yog‗ qatlamlarining kamayishi ta‘minlanadi. Inson suvda deyarli vaznsiz holatga tushib, muskullar va bo‗g‗imlarga jismoniy yuklamalarning ta‘siri kamayadi va natijada jarohatlanishlar sodir bo‗lmaydi. SHuning uchun gidroaerobika mashqlaridan jaraohatlardan tiklanish vositasi sifatida ham keng foydalaniladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling