Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

SHeyping  — inlizcha shaping — shaklga solish ma‘nosida bo‗lib, ayollarning 
qomat tuzilishini kuch mashqlari yordamida kelishgan qilib shakllantirish 
mashg‗ulotlari hisoblanadi. SHu bilan birga mashg‗ulotlar jarayonida organizm 
tizimlari 
va 
funktsiyalari 
takommillashtirilishi 
hamda 
organizmning 
sog‗lomlashtirilishi ta‘minlanadi. SHeyping mashg‗ulotlarining asosini aerobika va 
atletik gimnastika mashqlarini hamkorlikda bajarish tashkil etadi. SHeyping 
mashg‗ulotlarida aerobika mashqlarini qo‗llash: musiqa va jo‗shqin harakatlar 
yordamida yurak qon tomir tizimini tikomillashtirish, otiqcha vaznni kamaytirishga 
erishilsa: atletik gimnastika mashqlari yordamida esa muskul guruhlari kuchini va 
chidamliligini ortirish ta‘minlanadi. 
SHeyping bilan shug‗ullanishda jismoniy yuklamalar shug‗ullanuvchilar 
shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rejalashtiriladi va boshqariladi. Mashg‗ulotlardan 
oldin shug‗ullanuvchilar sog‗ligining holati, jismoniy tayyorgarlik darajasi, qomat 


178 
tuzilishidagi kamchiliklar, organizm morfo funktsional imkoniyatlari hamda nerv 
tizimining tiplari maxsus test sinovlari orqali aniqlanadi. Natijalar asosida har bir 
shug‗ullanuvchi uchun maxsus xususiy rejalar ishlab chiqiladi.
Mashg‗ulot ritmik gimnastika mashqlari bilan boshlanadi. Bu mashqlar 
organizmni qizdirish va mashg‗ulotning asosiy qismiga tayyorlashni ta‘minlaydi. 
SHundan so‗ng mashg‗ulot trenajerlarda mashqlar yoki og‗irliklar, gantellar, 
espanderlar bilan mashqlar bilan davom ettiriladi. Mashqlarni bajarishni nazorat 
qilish, musiqa jo‗rligini tashkil etishda DVD va VSD magnitofonlar hamda katta 
oynalardan foydalaniladi. Haftalik mashg‗ulotlar yakunida organizmda 
bo‗layotgan ijobiy o‗zgarishlar qayd etib, baholanib boriladi. Natijalar 
mashg‗ulotlar yuklamalarini o‗zgartirishga va qayta rejalashtirishga asos bo‗ladi.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling