Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Kasbiy kasalliklarning xususiyatlari


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Kasbiy kasalliklarning xususiyatlari. 
Kasbiy faoliyatda toliqishlar 
organizmni umumiy yoki ba‘zi funksional imkoniyatlarni qamrab olgan xususiy 
shaklda bo‗lishi mumkin. Kasbiy faoliyatda ishchanlikni ortirish umumiy va 
xususiy chidamlilikni rivojlantirish bilan amalga oshiriladi. Aqliy mexnat 
hodimlari uchun umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasi kasbiy faoliyatga ruhiy va 
jismoniy tayyorgarlikni ta‘minlay oladi. SHunga qaramay ularda boshni ko‗p egib 
o‗tirish, kam harakatlilik bosh aylanishi, umurtqa pag‗onasining osteoxondrozi 
kabi kasalliklarni ko‗p uchrashini ko‗rsatadi. Bunday holatlarni oldini olish uchun 
maxsus jismoniy mashqlar bilan shug‗ullanish tavsiya etiladi. 
Kasbiy faoliyatga ruhiy va jismoniy tayyorgarlik ko‗rish muhim ahamiyatga 
ega, shu bilan birga, ishchanlik qobiliyati kasbiy maxoratga, yosh 
ko‗rsatkichlariga, sog‗lik holatiga, turmush tarziga, mexnat sharoitlariga, xis 
tuyg‗ular, kayfiyat, ishonch va o‗z oldiga qo‗yilgan maqsadga bog‗liq bo‗ladi. 
KAJT vositalaridan foydalanish: KAJT vositalari quyidagi guruhlarga 
bo‗linadi:
 

Amaliy jismoniy mashqlar; 

Amaliy sport turlari; 

Tabiatning sog‗lomlashtiruvchi kuchlari; 

Gigienik omillar – shaxsiy va jamoat gigienasi talablari; 

Kun tartibiga rioya qilish; 

Qo‗shimcha vositalar. 
KAJT oliyt ta‘lim muassasida ta‘lim olish davrida boshlanib, mexnat faoliyati 
jarayonlarida davom ettiriladi. Talabalar kasbiy faoliyatlariga tayyorgarlik 
jarayonlarida KAJT vositalari, kasb xususiyatlari va bo‗lg‗usi mutaxassislarga 
qo‗yiladigan talablarga mos bo‗lishi kerak.
Amaliy jismoniy mashqlarKAJT asosiy vositalari sanaladi. Bu mashqlar 
gimnastika, sport o‗yinlari, sport turlari va davolash jismoniy mashqlari 
shakllarida bo‗ladi. SHu bilan birga kasbiy faoliyatga mos bo‗lgan harakatlarga 


169 
o‗xshash mashqlardan ham keng foydalaniladi. Amaliy jismoniy mashqlar 
mutaxasislar kasbiy 
tayyorgarliklarini 
rivojlantirish va 
takomillashtirish 
vazifalarini hal etishi kerak. Har bir mashqlarni bajarishda organizmda mashqlarga 
nisbatan ko‗nikma shakllanadi. Ba‘zi mashqlar kuch fazilatlarini namoyon qilishni 
talab etsa, ba‘zilari – tezkorlik, boshqalari – barcha fazilatlarni o‗zaro 
muvofiqlikda namoyon etishni talab etadi. Hamma holatda ham organizm morfo 
funksional imkoniyalari rivojlanishi va takomillashtirilishi ta‘minlanadi. Masalan: 
kuch mashqlar muskul hajmini ortishiga yordam bersa, egiluvchanlik mashqlari 
bo‗g‗imlar harakatchanligini ortishiga olib keladi. CHidamlilik mashqlari – yurak 
qon tomir va nafas olish tizimining faoliyatini kuchaytirsa, chaqqonlik mashqlari – 
vestibulyar apparat faoliyatini takomillashtiradi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling