Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/120
Sana29.03.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1306224
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120
Bog'liq
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2

Mexnat sharoitlari – o‗quv va mexnat faoliyatining asosiy jarayonlari bo‗lib, 
KAJT tashkil etishining muhim mazmuni bo‗ladi. Faoliyat xonada yoki ochiq 
havoda, balandlikda yoki suv, er ostida, qanday iqlimda olib borilishi, mexnat 
jarayonida tana holatlari qanday bo‗lishi, kasbning zararli unsurlari, mexnat 
faoliyatining davomiyligi, mexnat jarayonida yaratilgan sharoitlar, yoritilganlik
havo harorati, shovqin, changlar kabi omillar ta‘siri hisobga olinadi. Masalan 
ochiq havoda mexnat jaranlarida havo haroratining keskin o‗zgarib turishi, 
umumiy chidamlilikni, yurak qon tomir tizimining yaxshi rivojlanganligini talab 
etadi. Tor joyda va bir hil holatda ishlash, tana qismlari elka kamari, gavda, tos son 
va qo‗l oyoq muskullarini statik zo‗riqishda bo‗lishiga olib keladi. Keng joyda va 
ko‗p harakatlanish bilan bajariladigan mexnat jarayonida esa umumiy 
chidamlilikni, to‗g‗ri harakatlanish va yurish tanyach harakat apparati, yurak qon 
tomir tizimi va nafas olish tizimini yaxshi rivojlangan bo‗lishini talab etadi.
Avtomatlashtirilgan mexanizmlarni va ishlab chiqarish jixozlarini boshqarish 
murakkab harakat reaksiyalari, kuzatuvchanlik, diqqat, tez fikrlash, xissiy 
barqarorlik kabi sifatlarni takomillashgan bo‗lishiga bog‗liq. Kompyuter 
texnologiyalarda ish olib borish, katta jamoalarda foliyat ko‗rsatish hodimlardan 
kirishuvchanlik, muloqat madaniyati va rahabarlarga esa tashkilotchilik, 
mas‘liyatlilik kabi axloqiy sifatlarni rivojlangan bo‗lishini talab etadi. 
Mexnat xususiyatlari. Bir jamoada faoliyat olib boruvchi mutaxassislarning 
kasbiy vazifalari o‗zaro farq qilsa, ularning mexnat xususiyatlari ham bir biridan 
farq qiladi. Jismoniy va asabiy zo‗riqishlar ta‘sirida bo‗ladigan mexnat faoliyatida 
organizm barcha zaxira quvvatlarini sarf qilinishini, funksional imkoniyatlarini 


168 
namoyon etilishini talab etadi. Bu bilan sog‗lik takomillashgan darajada bo‗lishi 
muhim ekanligi ko‗rsatiladi. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling