Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
- Kasbiy kasalliklarga chidamlilikni ortiradi
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAJT vazifasi: - Maxsus jismoniy mashqlarni egallash va ulardan kasbiy tayyorgarlik jarayonlarida foydalanish;
-
Kasbiy kasalliklarga chidamlilikni ortiradi; - Ishlab chiqarishda jarohatlanishlarni oldi olinadi. Muntazam kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik mashg‗ulotlarida ishtirok etuvchi insonlarning mexnat samaradorligi va ishchanlik qobiliyati yuqori darajada bo‗ladi. Ular boshqalarga nisbatan chidamli va kam charchaydilar, muvaffaqiyatli faoliyat olib boradilar. KAJT vazifasi: - Maxsus jismoniy mashqlarni egallash va ulardan kasbiy tayyorgarlik jarayonlarida foydalanish; - Maxsus kasbiy jismoniy harakat malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish; - Kasbiy ruhiy va shaxs sifatlarini hamda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish; - Kasbiy faoliyatlarning qiyinchiliklari issiq va sovuq haroratlarga, gipoksiya va silkinishlar hamda boshqalarga chidamlilikni ortirish uchun maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Harakat malaka va ko‗nikmalarni shakllantirish va jismoniy fazilatlarni rivojlantirish jismoniy mashqlar va amaliy sport turlari – turizm, avto va 165 motosport, suv sporti turlari, yakkakurash turlari, ot sporti turlari bilan muntazam shug‗ullanish jarayonlarida amalga toshiriladi. Fikrlash, diqqat va xis tuyg‗ularni boshqarish kabi amaliy ruhiy va shaxs sifatlari o‗yinlarda, bellashuvlarda, otishmalarda va texnik sport turlarida ham rivojlantiriladi. Jismoniy tarbiya va sport mashg‗ulotlarida toliqishlarga qarshi turish, og‗riqlarga chidamlilik, qo‗rqinchni engish, jamoada hamkorlik bilan faoliyat olib borish shaxs sifatlaridan mexnatsevarlik, tirishqoqlik, sabrlilik, o‗z kuchiga ishonch, jasurlik va qat‘iyatlilik kabi xislatlarni shakllantirishga yordam beradi. Amaliy maxsus sifatlarni organizmni chiniqtirish, vestibulyar apparatni takomillashtirishga yordam beruvchi, akrobatika mashqlari, gipoksiyaga chidamlilikni ortirishda chidamlilik mashqlari bilan rivojlantirish mumkin. Maxsus sifatlarni rivojlantirishda maxsus mashqlar bilan birga amaliy sport turlari bilan shug‗ullanish ham mumkin. Mashg‗ulotlar natijasida organizm funksional, bioximik, morfologik imkoniyatlari takomillashib, jismoniy, ruhiy yuklamalar va tashqi ta‘sirlarga organizm chidamliligi ortib boradi. YAxshi jismonan rivojlangan va chiniqqan insonlar yangi hudud iqlim sharoitlariga tez moslashadi, yuqori va past haroratlarni ko‗tara oladi, yuqumli kasalliklarga va radiaktiv nurlarga chidamli bo‗ladi. Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlik vazifalari umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonlari bilan o‗zaro muvofiqlikda tashkil etilishi kerak. Kasbiy maxsus sifatlarni rivojlantirishda sog‗likni mustahkamlash, organizm barcha tizim va organlari faoliyatini takomillashtirish bilan amalga oshiriladi. Kasbiy amaliy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni tanlangan kasbiy faoliyat xususiyatlari bilan bir hil bo‗ladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling