Lochinbekovich jismoniy tarbiya va sport
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
JISMONIY TARBIYA VA SPORT qollanma 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Burilishlar
Batterflyay (del’fin) – usulida suzish. Bu suzish usulining o‗ziga xos
xususiyatlari shundaki, qo‗llar teng holda quloch yozishni yakunlagandan so‗ng, suv ostida suvni surib, tayyorgarlik harakatini suv ustida bajaradi. Oyoqlar harakati esa del‘fin dumi singari tepadan pastga qarab suvni suradi. Oyolarni teng ikki marta suvni surish harakatiga qo‗lni bir marta quloch yozib suvni surish harakati to‗g‗ri keladi. Bunda qo‗llar va oyoqlar harakati simmetrik holda bir hil harakat bajarishlari kerak. Suzuvchi tanasi suvda ko‗krak bilan bo‗lib, bosh to‗g‗riga qaragan tana bir oz suvga botgan holda bo‗ladi. Qo‗llar bilan quloch yozganda bosh suvga qaragan holda bir oz botadi, quloch yozish tugaganda bosh ham ko‗tariladi. Qo‗llar yana suvga kirishi bilan bosh yana suvga botadi. Oyoqlar juft qilinib tizzalarda bir oz bukilib tepadan pastga suvni surib harakat qiladi. Oyoqlar harakati simmetrik va qo‗llar harakatiga muvofiq bajarilishi kerak. Suzish harakati davomida tana suvga bir oz botishi va ko‗tarilishi kuzatiladi. Start: Suzish usullarida start berish ikki hil usulda, suvdan va supachadan start berish usullari qo‗llaniladi. Suvdan start berish usuli faqat chalqancha suzish usulida qo‗llaniladi. Bunda suzuvchi start supachasi ostida joylashgan dastakdan ikki qo‗lda tutib turadi, oyoqlar esa suzish xavazasi devoriga tanyagan bo‗ladi. Start buyrug‗idan so‗ng oyoqlar bilan depsinib qo‗llar qo‗yib yuboriladi, tana havoda gorizantal holatda cho‗zilib suvga botadi va suv ositida bir necha metr masofa harakatlanib qo‗llar quloch yozishi boshlanadi. Suv ostida suzuvchining harakatlanishiga uning oyoqlar bilan shiddatli harakati yordam beradi. Supachadan start usuli chalqancha suzishdan boshqa barcha suzish usullarida 159 qo‗llaniladi. Suzuvchi start supachasiga chiqgandan so‗ng ikkila qo‗l oldga ba‘zan pastga uzutiladi. Marsh buyrug‗idan so‗ng oyoqlarga depsinib suzuvchi oldga tashlanadi. Tana havoda gorizontal holda bir necha metrga uchadi va suvga dastlab qo‗llar va so‗ng bosh bilan kirib suv ostida bir necha metr suzadi. Bunda ham suzuvchining suv ostida suzishi oyoqlarning shiddatli harakati bilan amalga oshiriladi. Sudan chiqish qo‗llarning quloch yozish harakati bilan boshlanadi. Burilishlar: sport suzish usullarida ikki hil shaklda burilish harakati amalga oshiriladi. Burilish harakati suzish xavzasi devoriga borib qaytishdagi harakat sanaladi. Burilishning depsinish bilan amalga oshirilishi suzish tezligini kamaymasligiga balki yanada ortishiga yordam beradi. Burilishlarning olddiy shaklida suzuvchi suv xavzasi devoriga etib kelgandan so‗ng qo‗lini tekizadi, so‗ng ikkala oyoqlarni suzish xavzasi devoriga tirab depsinish harakati bajariladi. Aylanib burilish shaklida suzuvchi suv xavzasi devoriga etib kelgandan so‗ng qo‗lini tekizadi va suv ostida aylanib oyoqlarni suzish xavzasi devoriga tirab depsinish harakati bajariladi. Aylanib burilish oddiy burilishga nisbatan murakkab harakat hisoblansada, burilishda yuqori tezlikka erishish ta‘minlanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling